Tabiiy fanlar 6 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik Yangi nashr



Yüklə 16,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/133
tarix08.10.2023
ölçüsü16,16 Mb.
#126305
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   133
6 Tabiiy fan Darslik (6 sinf) 15.06.22 180622121301

Tadqiqot rejasi 
Tabiatni kuzatish uchun qanday 
asbob-uskunalar zarur?
O‘lchovlar o‘tkazish.
Tajriba va kuzatishlar davomi
-
da turli o‘lchovlar o‘tkaziladi. Eng oddiy o‘lchov vosita
-
si – chizg‘ich yordamida obyektlarning uzunligi, kengligi 
va balandligini o‘lchash mumkin. Jismlarning massasini 
o‘lchash uchun tarozilar, haroratni o‘lchash uchun esa 
termometrlardan foydalaniladi. Siz vaqtni o‘lchash asbo
-
bi – soatni yaxshi bilasiz. Murakkab o‘lchovlarni amalga 
oshirish uchun maxsus qurilmalar, masalan, qon bosimi
-
ni aniqlash uchun elektron tonometr, atmosfera bosimini 
aniqlovchi barometrlar ishlab chiqilgan.
Tabiatni o‘rganishning turli metodlari mavjud: 
1) Kuzatish va tavsiflash;
2) O‘lchovlar o‘tkazish;
3) Tajribalar o‘tkazish;
4) Taqqoslash;
5) Modellashtirish.
Yuqoridagi kabi savollar barchamizni qiziqtirishi 
tabiiy. 
Muammoning yechimini biz tayyor shaklda 
o‘zlashtirishimiz yoki mustaqil tadqiq etishimiz 
mumkin. Tadqiqot yangi bilimlarni kashf etish, ya’ni 
ilmiy bilish jarayonidir. Masalan, astronom-olimlar 
olib borgan tadqiqotlar natijasida yulduzlar yorugʻlik 
va issiqlik hosil qiluvchi ulkan samoviy jismlar ekan
-
ligi aniqlangan. 
Olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar 
natijasida rentgen va ultratovush apparatlari, univer
-
sal lazer sistemalari yaratilgan. 
Tadqiqot olib borish uchun bajariladigan ishlar 
rejasi tuziladi. Tadqiqot rejasi tadqiqotchining o‘z 
oldiga qo‘ygan maqsadiga erishishga yordam be
-
radigan faoliyat izchilligini aks ettiradi, shuningdek, 
muam molarni hal qilish usullarini ham ko‘rsatadi. 
Yulduzlar nima
uchun nur sochadi?
Zebralarga 
yo‘l-yo‘l 
chiziqlarning 
qanday 
ahamiyati bor? 
Zilzila 
qanday 
sodir 
bo‘ladi? 
1) tadqiqot mavzusini tanlash;
2) tadqiqot maqsadi va vazifalarini aniqlash: tadqiqot maqsadi; tadqiqotchi 
oʻz ishi yakunida erishishi zarur bo‘lgan natijadir; tadqiqot vazifalari 
maqsadga erishish yoʻllari va usullarini belgilashdir;
3) tadqiqot obyekti va predmetini belgilash;
4) tadqiqot metodlarini belgilash: tadqiqotni olib 
borish, qoʻyilgan vazifalarni hal etish usullari
ya’ni tadqiqot metodlarini aniqlab olish zarur;
5) ma’lumotlar toʻplash, kuzatish, tajribalar oʻtka
-
zish;
6) tadqiqotdan kutilgan natijalarni baholash, 
xulosa qilish. 
Tadqiqotning aniq rejasini tuzib olish sizga 
tabiatni o‘rganishning ilmiy usullarini amal
-
da qo‘llash, ma’lumotlar to‘plash, tadqiqot yu
-
zasidan xulosalar chiqarishga yordam beradi.


10
11
1-bob. TABIATNI O‘RGANISH
1-bob. TABIATNI O‘RGANISH
Modellashtirish
ob’ekt yoki hodisani ularning modellari yordamida o‘rganishdir. 
Model nima? Siz modellarni ko‘p uchratgansiz. Masalan, globus – Yerning modeli
akvarium – suv havzasining modeli. 
Quyidagi modellar haqida fikr yuriting. 
Modellashtirish – bu tadqiqotchiga ma’lumotlarga asoslanib, tabiiy jarayonlarni bashorat 
qilish imkonini beradigan usul. Masalan, quyonchilik fermer xo‘jaligidan bir yil davomida
qancha miqdorda go‘sht mahsuloti olishni modellashtirish mumkin. Quyonlarning ko‘pay
-
ish tezligi, ularning sonini bilgan holda, ular bir haftada iste’mol qiladigan oziq miqdorini 
aniqlash orqali quyonchilikdan yiliga taxminan qancha foyda ko‘rishni hisoblash mumkin. 

Yüklə 16,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə