Tabiiy fanlar 6 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik Yangi nashr



Yüklə 16,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/133
tarix08.10.2023
ölçüsü16,16 Mb.
#126305
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   133
6 Tabiiy fan Darslik (6 sinf) 15.06.22 180622121301

8-MAVZU. 
SUYUQLIKLAR
Agar suyuqlik stakandan kolbaga, so‘ng menzurkaga quyilsa, uning shakli qan
-
day o‘zgaradi? Uning hajmi o‘zgaradimi?
Yer yuzasining katta qismini suyuqliklar egallagan. Hozirgi kunda sayyoramiz olimlari 
suyuq suvga ega bo‘lgan boshqa sayyoralarni qidirmoqdalar. Ammo sayyoralar biz bilgan 
suvga ega bo‘lishlari uchun ularda yetarlicha aniq shart-sharoitlar mavjud bo‘lishi kerak.
Suyuqlik biror idishga quyilsa, o‘sha idish shaklini egallaydi. Suyuqlik 
o‘z xususiy hajmiga ega. Shuning uchun suyuqlikni siqish qiyin. Suyuq
-
liklar bir-biriga yaqin joylashgan juda kichik zarralardan iborat, lekin ular 
qattiq moddalar kabi zich emas. Moddaning zarralari qattiq jismga qara
-
ganda ko‘proq harakatlanadi. 
Suyuqliklarning xususiyatlari:
1) suyuqliklarning og‘irligini aniqlash uchun ularni tortish mumkin;
2) moddaning shakli sifatida suyuqliklar ham qattiq moddalar kabi 
bo‘shliqni egallaydi;
3) suyuqliklar qattiq shaklga ega emas, lekin ular hajmga ega;
4) suyuqliklar idishga solinganda shu idish shaklini oladi va o‘z hajmini 
o‘zgartirmaydi.
Suyuqliklarning turlari 
Suv butun dunyo okeanlarida mavjud bo‘lgan suyuqlikdir. Ammo u tabiatda qattiq 
modda holatida ham uchraydi. Masalan, sovuq kundagi qor yoki Shimoliy qutbdagi 
doimiy muz kabi.


22
23
2-bob. MODDA VA UNING XOSSALARI
2-bob. MODDA VA UNING XOSSALARI
Bizning tanamiz juda ko‘p qattiq moddalardan iborat
ammo ichimizdagi asosiy suyuqliklardan biri qondir. Har bir 
odamda o‘rtacha taxminan 5 litr qon mavjud.
Asal – shirin va siropli, asalarilar tomonidan ularning uyalari 
ichida to‘planadigan suyuqlik.
Barcha suyuqliklar suvdan iboratmi?
Barcha suyuqliklarning tarkibini suv tashkil qilavermaydi. Masalan, 
neft va simob tarkibida suv yo‘q, lekin ular suyuqliklardir. Sirtni namlash 
uchun suyuqlik suv bo‘lishi shart emas. Masalan, qog‘oz qopdagi yog‘li 
qovurilgan ovqat qog‘ozni namlaydi. 
Qum va kukun suyuqliklarmi?
Qum va kukunlar idishning shaklini oladi, lekin ular suyuqlik 
emas. Masalan, qopchalarga qum va kukunni solsangiz, ular 
qop shaklini oladi. Agar ularni qopdan to‘kib tashlasangiz, 
suyuqlik kabi oqadi. Lekin har bir qum va kukun zarrasi – 
qattiq modda.
Loy va mayonez suyuqliklarmi?
Ba‘zi moddalarni suyuq yoki qattiq moddalar sifatida tasniflash 
mumkin. Ularda moddaning ikkala holat-xususiyatlari ham aks etadi. 
Masalan, loy va mayonez – suyuqliklar, lekin qattiq modda namu
-
nasi ham bo‘lishi mumkin. 
1. Suv, sut va yogʻ – hammasi suyuqlik. Yana qanday suyuqliklar nomlarini keltira 
olasiz?
2. Yoqib qoʻyilgan sham suyuq holatga oʻtadi va ma’lum vaqtdan soʻng qotadi. Buni 
nima bilan izohlay olasiz?

Yüklə 16,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə