Tabiiy fanlar 6 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik Yangi nashr



Yüklə 16,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/133
tarix08.10.2023
ölçüsü16,16 Mb.
#126305
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   133
6 Tabiiy fan Darslik (6 sinf) 15.06.22 180622121301

10-MAVZU. 
QATTIQ MODDALAR
Plastilin qattiq jismlar turiga kirsa-da, osongina shaklini o‘zgartiradi. Buning sababi 
nima deb o‘ylaysiz? 
Qattiq jism ma’lum bir shakl va hajmga ega boʻladi. Qattiq jismlardagi zarralar 
moddaning boshqa holatlariga qaraganda bir-biriga juda yaqin joylashgan. Qattiq 
jismlar zarralari turgan joyida faqat tebranma harakat qiladi. Shu bois bu zarralar 
jismni tark etmaydi.
Qattiq jismlarga parta, qalam, ruchka va hokazolar misol bo‘ladi. Ularning 
barchasi o‘z shakliga ega. 
Qattiq jismlar kundalik hayotimizda
Ba’zi qattiq jismlar
 
tashqi kuch ta’sirida o‘z shakli
-
ni o‘zgartiradi. Masalan, plastilin, xamir, loy va hoka
-
zolar. 
Kundalik turmushimizda qattiq jism
-
lardan yasalgan ko‘plab oshxona 
jihoz va anjomlaridan foy
-
dalanamiz. Masalan, qo
-
zon, choynak, piyola, kosa, 
qoshiq kabilar. Bu buyumlar 
issiqlikda ham o‘zining shaklini
va hajmini o‘zgartirmaydi.
Uy qurilishida qanday jihozlar ishlatiladi? 
Qadimiy Samarqand shahrining qoq markazida Registon maydoni bor. Maydonda 
uchta madrasa mavjud: Ulug‘bek, Sher-dor va Tilla-qori madrasalari. Bu maskan sharq 
meʼmorchilik obidasi sanaladi. Binolarning boy dekoratsiyasi alohida e’tiborga loyiqdir. 
Binolarning devorlari qattiq yaltiroq g‘ishtlardan ishlangan.


26
27
2-bob. MODDA VA UNING XOSSALARI
2-bob. MODDA VA UNING XOSSALARI
Qattiq jismlar qurilishda
Shahar va qishloqlarda ko‘p qavatli uylar, turli xil madaniyat va sport saroylari, ko‘priklar 
va yo‘llar qurilmoqda. Bu inshootlarni qurishda g‘isht, sement, qum, yog‘och, temir, 
marmar va ohaktosh kabi qattiq jismlardan foydalaniladi. 
Sopol idishlar
Qadimgi sivilizatsiyalardan topilgan koʻplab buyumlarni kulol
-
chilik buyumlari tashkil etishini bilasizmi? 
Sopol idishlar qattiq moddaning ajoyib namunalaridir. Sopol 
idishlar odatda yumshoq loydan tayyorlanadi va maxsus 
pech ichida qizdiriladi. Pechdan olinib, asta-sekin sovitiladi.
Quyida berilgan moddalarni qattiq va suyuq holatlariga ajrating: soda, sharbat,
tuz, shampun, sovun, sochiq, atir, poʻkak, zira, asal, qaymoq, pishloq, shisha, 
parafin. 

Yüklə 16,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə