Tabiiy fanlar 6 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik Yangi nashr



Yüklə 16,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/133
tarix08.10.2023
ölçüsü16,16 Mb.
#126305
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   133
6 Tabiiy fan Darslik (6 sinf) 15.06.22 180622121301

klassifikatsiya
deyiladi. 
Klassifikatsiya Yer yuzida mavjud turlarning 
xilma-xilligini tushunishga yordam beradi. 
Sistematika
– tirik organizmlarni tavsiflash 
va klassifikatsiya qilish bilan shug‘ullanadigan 
fan. 
Sistematik olimlar o‘simliklarni tavsi
-
flaydilar, ularning boshqa o‘simliklar bilan 
o‘xshashligi va qarindoshligini aniqlaydilar, 
ularga nom beradilar.
Balandligi 40 m ga yetadigan, shox-shab
-
basi piramida shaklidagi daraxtni ko‘p uchrat
-
gansiz. Bu – ko‘k terak. Uni maktab hovlisida, 
yo‘l bo‘yida uchratamiz. Tabiatda tuzilish ji
-
hatdan o‘xshash bo‘lgan ko‘plab ko‘k teraklar 
o‘sadi. 
Siz qancha o‘simlik turini bilasiz? Sizga 
ma’lum hayvon turlari nomlarini aytib bering. 
Yer yuzida tirik organizmlarning qancha turi 
mavjud? Tirik organizmlar sonini hisoblang. 
Tirik organizm turlari soni
Bakteriyalar 
3000 dan ortiq
Zamburug‘lar
100 000 ga yaqin
Hayvonlar 1 500 000 dan ortiq
Protistalar
110 000 ga yaqin
O‘simliklar 
400 000 ga yaqin


38
39
3-bob. TIRIK ORGANIZMLAR XILMA-XILLIGI
3-bob. TIRIK ORGANIZMLAR XILMA-XILLIGI
Tashqi va ichki tuzilishi o‘xshash 
bunday organizmlar guruhi 
tur
deb 
ataladi. 
Yo‘lingizda shox-shabbasi yoy
-
ilib o‘sadigan tol daraxtini ham 
uchratgansiz. Bog‘larda o‘rik, 
shaftoli, nok kabi ko‘plab mevali 
daraxtlar o‘sadi. Terak, tol, o‘rik, 
shaftoli, nok har xil turga mansub 
o‘simliklardir. 
Hayvonot dunyosi ham xilma-xil: 
hasharotlar, o‘rgimchaklar, baliqlar, 
sudralib yuruvchilar, qushlar, sut-
emizuvchilar va boshqalar.
Bir turga mansub organizm
-
lar tashqi va ichki tuzilishi, ya
-
shash joyi va muhiti bilan o‘zaro 
o‘xshash. Kelib chiqishi jihatidan 
bir-biriga yaqin o‘simlik turlari tur
-
kumlarga, hayvon turlari urug‘larga 
birlashtiriladi. 
Markaziy Osiyo tog‘larida o‘suv-
chi, targ‘il lola, qizil lola va bosh
-
qa lola turlari lola turkumiga bir
-
lashtiriladi. Oq ayiq, qo‘ng‘ir ayiq va 
boshqa ayiq turlari ayiqlar urug‘iga 
mansub. 
Fanda har bir tur ikki nom bilan 
nomlanadi, bu 

Yüklə 16,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə