Tabiiy fanlar 6 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik Yangi nashr


Tirik organizmlarning xususiyatlar



Yüklə 16,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/133
tarix08.10.2023
ölçüsü16,16 Mb.
#126305
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   133
6 Tabiiy fan Darslik (6 sinf) 15.06.22 180622121301

Tirik organizmlarning xususiyatlar 
Hujayraviy tuzilish.
Barcha tirik organizmlar hujayradan 
tuzilgan. Hujayra tiriklikning tuzilish, funksional birligi hisoblanadi. 
Moddalar almashinuvi.
Tirik orga-
nizmlar tashqi muhitdan o‘zi uchun zarur 
moddalarni qabul qiladi. 
B
u moddalar 
parchalanadi, hujayrada boshqa mod
-
dalarga aylantiriladi. 
B
u jarayonlarda hosil 
bo‘ladigan organizm uchun keraksiz qoldiq 
moddalar tashqi muhitga ajratiladi.
Oziqlanish.
Har bir tirik organizm 
harakatlanish, oʻsish va rivojlanish uchun 
oziqlanishi kerak. Oziq tarkibidagi organik 
va mineral moddalar organizmni energiya 
va qurilish materiallari bilan ta’minlaydi.
Nafas olish
. Oziqlanish jarayonida oziq sifatida qa
-
bul qilingan moddalarning bir qismi hujayralarda parcha
-
lanadi, natijada energiya ajraladi. Ko‘pchilik organizmlar mod
-
dalarni parchalash uchun kisloroddan foydalanadilar. 
O‘sish
. Ko‘p hujayrali organizmlarning hujayralari 
bo‘linib ko‘payish hisobiga o‘sadi. Masalan, 
urug‘dan unib chiqqan yosh nihol o‘sib katta 
daraxtga aylanadi. Odam va hayvonlar ham o‘sadi. 
Rivojlanish
. Organizmning o‘sishi rivojlanish bilan bo‘ladi. 
Rivojlanish jarayonida organizmlarda yangi belgilar va 
xususiyatlar paydo bo‘ladi. Masalan, rivojlanish jarayonida qurt 
rivojlanib kapalakka, itbaliq esa voyaga yetgan baqaga aylanadi. 
Ta’sirlanish.
Har bir tirik organizm turli ta’sirlarga 
nisbatan javob beradi. Masalan, o‘simlik gullari 
quyosh chiqqanda ochiladi va botganda yopiladi. 
Issiq jismga tegib ketsak, qo‘limizni tortib olamiz. 
Ko‘payish.
Tirik organizmlar jinssiz va jinsiy 
usulda ko‘payadi. Ko‘payish orqali tirik organizmlar 
o‘z belgi va xususiyatlarini nasldan-naslga o‘tka-
zadilar.

Yüklə 16,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə