Tabiiy fanlar 6 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik Yangi nashr



Yüklə 16,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/133
tarix08.10.2023
ölçüsü16,16 Mb.
#126305
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   133
6 Tabiiy fan Darslik (6 sinf) 15.06.22 180622121301

Kichik tadqiqot
Kerakli jihozlar
Ishning bajarilish tartibi 
Sekundomer
1.
Nafas oling va nafas chiqaring.
2.
Qo‘lingizni ko‘kragingizga qo‘ying. nafas olganda va nafas chiqarganda 
qanday o‘zgarish ro‘y berdi? 
3.
Tinch turgan holatda 1 daqiqada necha marta nafas olishingizni hisoblang 
va daftaringizga yozing. 
4.
5 marta o‘tirib turing va yana 1 daqiqada necha marta nafas oli shingizni 
hisoblang va daftaringizga yozing.
5.
10 marta o‘tirib turing va 1 daqiqada necha marta nafas olishingizni 
hisoblang va daftaringizga yozing.
6.
2 daqiqa dam oling va 1 daqiqada necha marta nafas olishingizni 
hisoblang va daftaringizga yozing.
7.
4 daqiqa dam olib sanashni takrorlang.
8.
Olgan ma’lumotlaringizni grafik ko‘rinishida tasvirlang.
Odamlarda nafas olish organlari or
-
ganizmga kislorodni yetkazib berish va 
karbonat angidridni organizmdan chiqrib 
yuborish funksiyasini bajaradi.
Odamning nafas olish sistemasi na
-
fas olish yo‘llari (burun bo'shlig'i, halqum, 
traxeya, bronxlar) va o'pkalardan ibo
-
rat. Odam nafas olganda havo burun 
bo‘shlig‘i, halqum, traxeya orqali bronx
-
larga, ulardan esa o‘pkalarga o‘tadi. 
Nafas olganda ko‘krak qafasi ken
-
gayadi va kislorodga boy havo o‘pkalar
-
ni to'ldiradi. Nafas chiqarganda ko‘krak 
qafasi torayadi va karbonat angidridga 
to‘yingan havo o‘pkalardan tashqi muhit
-
ga chiqariladi.
Burun bo‘shlig‘ida havo 
tozalanadi, namlanadi, iliydi.
Hiqildoqda ovoz 
paylari joylashgan. 
Kekirdak havoni bronxlarga
o‘tishini ta’minlaydi.
Bronxlar orqali havo 
o‘pkaga o‘tadi.
O‘pkalarda esa gazlar almashinuvi bo‘ladi. O‘pkalar­
dagi kislorod qonga, qondagi karbonat angidrid esa 
o‘pkaga o‘tib, keyin tashqi muhitga chiqariladi

Yüklə 16,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə