Tabiiy fanlar 6 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik Yangi nashr



Yüklə 16,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/133
tarix08.10.2023
ölçüsü16,16 Mb.
#126305
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   133
6 Tabiiy fan Darslik (6 sinf) 15.06.22 180622121301

26-MAVZU.
 TIRIK ORGANIZMLARDA
OZIQ MODDALAR TRANSPORTI
O‘simlik ildizlari orqali suv qanday qilib poya va barglarga yetkaziladi? 
Tirik organizmlarda suv va moddalar transport 
sistemasi orqali kerakli qismga yetkazib beriladi. 
O‘simliklar ildizlari orqali tuproqdan suv va miner
-
al moddalarni shimib oladi. Tuproqdan ildiz tukcha-
lariga o‘tgan suv va mineral tuzlar o‘simlikning trans
-
port sistemasi, ya’ni o‘tkazuvchi to‘qima hujayralari 
orqali o‘simlikning barcha organlariga yetkaziladi.
Poyada transport vazifasini ksilema va floema 
amalga oshiradi. Ksilemaning o‘tkazuvchi nay hu
-
jayralari orqali ildizdan o‘simlikning barcha organlari
-
ga suv va mineral moddalar yetkazib beriladi.
Floemaning elaksimon nay hujayralari orqali 
barg larda hosil bo‘lgan organik moddalar o‘simli
-
kning barcha organlariga yetkaziladi. 
Poyadan bargga ko‘tarilgan suv barg og‘izchalari 
orqali bug‘latiladi. O‘simlik bargining suv bug‘latishi
 
transpiratsiya
deyiladi. Transpiratsiya tufayli suv 
doimiy ravishda tuproqdan ildizga, undan esa poya 
va barglarga o‘tadi. 
Suv va 
minerallar-
ning ksilema 
orqali 
harakat 
yo‘nalishi
Organik 
moddalarning 
floema orqali 
harakat 
yo‘nalishi
Barg 
Barg 
tomiri 
Poya 
Ksilema 
Ksilema 
Suv osmos yo‘li bilan 
tuproqdan ildizga o‘tadi
Poyaning ksilemasi orqali suv 
yuqoriga ko‘tariladi.
Suv ildizdan barglarga 
uzluksiz ko‘tariladi.
Barg og‘izchalari
orqali suv bug‘lanadi.
Barg eti hu-
jayralaridan 
tashqariga 
chiqadi
Suv barg tomirlaridan barg
eti hujayralariga o‘tadi
Bu esa o‘z navbatida suvni 
barg tomirlariga tortadi
Suv
Suv
Suv
Suv osmos yo‘li bilan ksilemaga o‘tadi
Atmosferadan
havoning
o‘pkaga kirishi
O‘pkadagi
havoning
qonga o‘tishi
Qondagi 
kislorodning
hujayraga o‘tishi
58
59
4-bob. TIRIK ORGANIZMLARNING TUZILISHI
4-bob. TIRIK ORGANIZMLARNING TUZILISHI


Oziq moddalar organizm hujayralari 
uchun qurilish materiali va energiya 
manbai bo‘lib xizmat qiladi. Hujayralar
-
da oziq moddalar parchalanganda ener-
giyadan tashqari, qoldiq moddalar ham 
hosil bo‘ladi. Agar bu moddalar uzoq vaqt 
davomida hujayralarda to‘planib qolsa, 
organizm o‘z-o‘zini zaharlaydi. Shu tufay
-
li organizm ulardan tezroq xalos bo‘lish
-
ga harakat qiladi. 
Moddalar almashinuvi jarayonida ho
-
sil bo‘ladigan qoldiq moddalarning orga
-
nizmdan tashqariga chiqarib yuborilishi 
ayirish
deb ataladi. 
Odam va hayvonlarda moddalar al
-
mashinuvi natijasida ammiak, mochevi
-
na, siydik kislota kabi zaharli moddalar 
hosil bo‘ladi. Bu mahsulotlar va ortiqcha 
suv buyraklar (siydik bilan) va teri (ter bi
-
lan) orqali tashqi muhitga chiqariladi. 
Odam organizmining har bir hujay
-
dasida hosil bo‘lgan qoldiq moddalar qon 
orqali buyraklarga boradi Buyraklar qon
-
ni filtrlab, ortiqcha suv, mineral tuzlarni 
hamda mochevina kabi zararli moddalar
-
ni siydik yo‘llari, qovuq va siydik chiqa
-
rish kanali orqali organizmimizdan tash
-
qi muhitga chiqarib yuboradi. Shuning 
uchun bu organlar ayirish sistemasini hosil qiladi. Bundan tashqari odam terlaganda teri 
orqali ham oz miqdorda suv va mineral tuzlar ter ko‘rinishida ajraladi. 
Hujayralarda oziq moddalarning parchalanishi tufayli karbonat angidrid gazi ham ho
-
sil bo‘ladi. U nafas olish organlari orqali tashqi muhitga ajratiladi. Shunday qilib, odam 
va hayvonlar qoldiq moddalardan buyraklar, teri va nafas olish organlari yordamida xoli 
bo‘ladilar. 
O‘simliklar ham nafas olganda tashqi muhitdan kislorod qabul qiladi. O‘simlik hujayralari
-
da kislorod oziq moddalarning parchalanishi va energiya hosil bo‘lishiga sarf bo‘ladi. Odam 
va hayvonlar kabi bu jarayonda ham karbonat angidrid hosil bo‘ladi va atmosferaga chiqa
-
riladi. O‘simlik organizmidagi ortiqcha suv esa barg og‘izchalari orqali bug‘latish jarayoni
-
da tashqariga chiqarib yuboriladi. O‘simliklarda boradigan fotosintez jarayonida yashil bar
-
Odam organizmida mod
-
dalar transportini qon ayla
-
nish sistemasi ta’minlaydi. 
Qon aylanish sistemasi 
yurak va qon tomirlaridan 
iborat. Odam yuragi to‘rt 
kamerali: ikkita qorincha va 
ikkita bo‘lmachadan iborat. 
Yurakdan qon olib ketuvchi 
qon tomirlar arteriya tomir
-
lari, yurakka qon olib keluv
-
chi qon tomirlar vena tomir
-
lari deb ataladi. 
Odamda katta va kichik 
qon aylanish doirasi mav
-
jud. Katta qon aylanish 
doirasi barcha organlarni kislorod va oziq bilan ta’minlaydi. Kichik qon aylanish doirasi 
o‘pkalarga karbonat angidridni olib borib, ulardan kislorodni yurakka olib keladi. 
O‘pka va organlardagi kapillyarlarda gazlar almashinuvi sodir bo‘ladi. Gazlar almashinuvi 
diffuziya hodisasiga ko‘ra amalga oshadi.
Ko‘pchilik hayvonlarda ham qon aylanish sistemasi rivojlangan. Sutemizuvchi 
va qushlarning qon aylanish sistemasi odamniki kabi tuzilgan. Amfibiyalar va sudralib 
yuruvchilarning yuragi uch kamerali, baliqlarning yuragi esa ikki kamerali bo‘ladi. 
Odam yuragining qanday ishlashini pulsni sanash orqali tekshirish mumkin. Puls 
yurak qisqarganda undagi qon tomirlarning tebranishidan hosil bo‘ladi. Yurak minuti
-
ga necha marta qisqarsa, puls soni ham shuncha bo‘ladi. Odam jismoniy mashq bilan 
shug‘ullanganda nafas olish va yurak urishi tezlashadi. Pulsni qo‘l kaftining ichki yuzasida 
barmoq orqali o‘lchash mumkin.

Yüklə 16,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə