Tabiiy fanlar 6 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik Yangi nashr



Yüklə 16,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/133
tarix08.10.2023
ölçüsü16,16 Mb.
#126305
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   133
6 Tabiiy fan Darslik (6 sinf) 15.06.22 180622121301

markaziy nerv sistemasi
deyiladi. Markaziy nerv sistemasi 
barcha organlar bilan 
nervlar
orqali tutashgan.
Sezuvchi nervlar orqali sezgi organlaridan markaziy nerv 
sistemasiga elektr impulslari ko‘rinishida axborotlar kelib turadi. 
Bu axborotlar bosh va orqa miyada qayta ishlanadi, ya’ni 
tahlil qilinadi: avval olingan axborotlar bilan taqqoslanadi, xoti
-
raga saqlanadi, ko‘rsatma qabul qilinadi. Harakatlantiruvchi 
nervlar esa bu ko‘rsatmani nerv impulslari tarzida organlar va 
muskullarga yetkazadi. Natijada muskullar qisqaradi. Misol uchun, svetoforning qizil chirog‘i
yonganini ko‘rganingiz zahoti miya harakatni to‘xtatish haqida oyoq mushaklariga impuls 
jo‘natadi. Beixtiyor issiq jismga tegib ketsangiz, og‘riqni sezgan zahoti darhol qo‘lingizni 
tortib olasiz. Xo‘sh, shu qisqa vaqt ichida nima sodir bo‘ldi? Teridagi sezuvchi nervlar 
orqali og‘riq haqida markaziy nerv sistemasiga impuls yetkaziladi va shu zahoti qo‘lni 
tortib olish haqidagi ko‘rsatma harakatlantiruvchi nervlar orqali muskullarga yetib keladi. 
Natijada muskullar qisqarib, siz qo‘lingizni issiq 
jismdan tortib olasiz. Bu organizmning ta’sirotga 
nisbatan javob reaksiyasi, ya’ni refleksdir. 
O‘simliklarning ta’sirlanishi.
O‘simliklarda 
sezgi organlari va nerv sistemasi mavjud emas. 
Shunga qaramay, ular ta’sirlanish xususiyati
-
ni namoyon qiladilar. Turli ta’sirotlarga javoban 
o‘simlik organlari (ildiz, poya, barglar) o‘sish 
yo‘nalishini o‘zgartirishi mumkin. O‘simliklarda 
ta’sirlanishning bu turi 
tropizm
deyiladi. Masa-
lan, novda yorug‘lik tomonga o‘sadi. Novdaning 
bu xususiyati fototropizm (yunoncha 
photos
– 
“yorug‘lik”) deyiladi. 
O‘simliklar hayotida qanday ta’sirlovchilar muhim ahamiyatga ega? Xona o‘simli -
gini deraza oldiga joylashtiring. O‘n kun davomida o‘simlikda fototropizm hodisasini 
kuzating. O‘simliklarda nastiya hodisasi haqida ma’lumot izlang. Ma’lumotlaringizni 
guruhda muhokama qiling. 
Novdaning fototropizm xususiyatini 
namoyon qilishi

Yüklə 16,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə