Hayvonlarda kislorod va karbonat angidrid gazlari almashinuvini ta’minlaydigan nafas
olish organlari mavjud. Masalan, mollyuskalar, baliqlar jabralari orqali, sudralib yuruvchilar,
qushlar, sutemizuvchilar esa o‘pkalari orqali nafas oladi. Nafas olish organlari orqali qabul
qilingan kislorod oziq moddalarning parchalanishiga sarflanadi va bu jarayonda karbonat
angidrid ajraladi.
Odam ko‘p to‘planadigan xonada nafas olish qiyin, chunki havoda kislorod kam
bo‘ladi. Shunung uchun xonalarni tez-tez shamollatishni unutmang. Uxlashdan av
-
val yotoqxona derazalarini ochishni unutmang.Toza havoda
uxlash salomatlik uchun
foydalidir. Ochq havoda, ya’ni o‘rmon, dala, o‘tloq, bog‘larda ko‘proq sayr qiling. Havo
-
da har doim chang bo‘ladi. Bemorlar gapirganda, yo‘talganda va aksirganda,
havoga
ko‘plab mikroblar chiqadi. Inson tomonidan yutilgan chang yo‘talni keltirib chiqaradi,
mikroblar kasallikka olib kelishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: