Tabiiy fanlar 6 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik Yangi nashr



Yüklə 16,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/133
tarix08.10.2023
ölçüsü16,16 Mb.
#126305
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   133
6 Tabiiy fan Darslik (6 sinf) 15.06.22 180622121301

Ratsional ovqatlanish goidalari
 
1. Organizmda bir sutkalik ovqatdan hosil 
bo‘ladigan energiya miqdori sarflanadigan 
ener giya miqdoriga teng bo‘lishi kerak.
2. Bir sutkalik ovqat tarkibida
-
gi oqsillar, yog‘lar va uglevodlar, 
mineral tuzlar, suv, vitaminlarning 
miqdori odam organizmining shu 
moddalarga bo‘lgan ehtiyojiga mos 
kelishi kerak. 
3. 
Ovqatlanish rejimiga rioya qilish, ya’ni bi
r sutkalik 
ovqat miqdori to‘rt qismga bo‘lingan holda iste’mol qilinishi kerak. Masalan, o‘quvchining 
ovqatlanish rejimi quyidagicha tashkil etilishi mumkin:
ertalabki nonushta –
sutkalik ovqat kaloriyasining 25–30 % ini tashkil etadi;
tushki ovqat 
– sutkalik ovqat kaloriyasining 35–40 % ini tashkil etishi kerak;
kechki ovqat – 
sutkalik ovqat kaloriyasining 15–20 % ini tashkil etadi;
qo‘shimcha ovqatlanish
– sutkalik ovqatning 10–15 % ini tashkil etadi, ya’ni maktabda 
tanaffus vaqtida ovqatlanish.
Ratsional
(
lotincha
“oqilona”) ovqatlanish sog‘lom turmush tarzining eng muhim omili 
hisoblanadi. Ovqatlanishni to‘g‘ri tashkil etish sog‘lom va normal rivojlanishga yordam 
beradi.
1. Oqsil va uglevodga boy mahsulotlarni ayting.
2. Ratsional ovqatlanishning qanday ahamiyati bor?
3. Nima uchun ovqatlanish rejimiga rioya qilish kerak?
4. Ovqat zararli bo‘lishi mumkinmi? Nima uchun?
25-MAVZU. 
TIRIK ORGANIZMLARNING 
NAFAS OLISHI
1. Tirik organizmlar nima uchun nafas oladilar? 
2. O‘simlik va hayvonlarning nafas olishida qanday farq bor? 
Sizga ma’lumki, odam nafas olganda havodan kislorod o‘zlashtiradi va karbonat angidrid 
ajratadi. O‘ylab ko‘ring-chi, kislorod nima uchun zarur? Nafas chiqarganda ajraladigan kar
-
bonat angidrid qanday jarayonlar tufayli hosil bo‘ladi? 
Barcha tirik organizmlar kabi odamning oʻsishi, rivojlanishi, harakatlanishi uchun energi
-
ya zarur. Biz energiyani har kuni iste’mol qiladigan oziq-ovqatdan olamiz. Ovqat tarkibidagi 
oqsil, yog‘, uglevodlar parchalanganda energiya hosil bo‘ladi. Bu moddalarning parchala
-
nishi uchun kislorod zarur. Demak, tirik organizmlar nafas olganda qabul qilinadigan kislo
-
rod oziq moddalarning parchalanishi va 
energiya hosil qilish uchun zarur. Oziq 
moddalar parchalanganda esa karbonat 
angidrid ajraladi.
O‘simliklar barcha organlari bilan na
-
fas oladi. O‘simlikning poyasi, bargi va 
guli kislorodni atmosferadan, ildizi esa 
tuproq orasidagi havodan oladi. Shu-
ning uchun ildizlar ko‘proq kislorod olishi 
uchun tuproqni yumshatib turish muhim.
O‘simliklarning nafas olish organ
-
larini oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi. 
Mikroskop yordamida o‘simlik barglari 
va poyalarida og‘izchalarini ko›rish mumkin. Barg og‘izchalari orqali o‘simlik kislorodni 
o‘zlashtiradi va karbonat angidridni havoga ajratadi. 
O‘simliklar kislorod bilan nafas olishini tajribada isbotlash mumkin.
Birinchi idishga undirilgan urug‘larni yoki o‘simlikning yashil novdasini 
joylashtiramiz, ikkinchi idishni bo‘sh holda ustini mahkam yopib issiq 
joyda qoldiramiz. Bir necha kundan so‘ng yonib turgan sham yordami
-
da har bir idishda kislorod bor-yo‘qligini tekshiramiz. Agar idishda kis
-
lorod mavjud bo‘lsa, sham yonishda davom etadi. 
Nima uchun bo‘sh idishda sham yonishda davom etadi, urug‘ solingan idishdagi 
sham esa o‘chadi? 
Kislorod
Kislorod
Karbonat 
angidrid
Karbonat 
angidrid
Barg og‘izchasi
Unayotgan
urug‘lar
Unayotgan
urug‘lar
Havo
Havo
Bir sutkadan so‘ng
56
57
4-bob. TIRIK ORGANIZMLARNING TUZILISHI
4-bob. TIRIK ORGANIZMLARNING TUZILISHI


Hayvonlarda kislorod va karbonat angidrid gazlari almashinuvini ta’minlaydigan nafas 
olish organlari mavjud. Masalan, mollyuskalar, baliqlar jabralari orqali, sudralib yuruvchilar, 
qushlar, sutemizuvchilar esa o‘pkalari orqali nafas oladi. Nafas olish organlari orqali qabul 
qilingan kislorod oziq moddalarning parchalanishiga sarflanadi va bu jarayonda karbonat 
angidrid ajraladi. 
Odam ko‘p to‘planadigan xonada nafas olish qiyin, chunki havoda kislorod kam 
bo‘ladi. Shunung uchun xonalarni tez-tez shamollatishni unutmang. Uxlashdan av
-
val yotoqxona derazalarini ochishni unutmang.Toza havoda uxlash salomatlik uchun 
foydalidir. Ochq havoda, ya’ni o‘rmon, dala, o‘tloq, bog‘larda ko‘proq sayr qiling. Havo
-
da har doim chang bo‘ladi. Bemorlar gapirganda, yo‘talganda va aksirganda, havoga 
ko‘plab mikroblar chiqadi. Inson tomonidan yutilgan chang yo‘talni keltirib chiqaradi, 
mikroblar kasallikka olib kelishi mumkin.

Yüklə 16,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə