|
![](/i/favi32.png) Tabiiy fanlar 6 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik Yangi nashr6 Tabiiy fan Darslik (6 sinf) 15.06.22 180622121301Kichik tadqiqot
Kerakli jihozlar
Ishning bajarilish tartibi
Sekundomer
1.
Nafas oling va nafas chiqaring.
2.
Qo‘lingizni ko‘kragingizga qo‘ying. nafas olganda va nafas chiqarganda
qanday o‘zgarish ro‘y berdi?
3.
Tinch turgan holatda 1 daqiqada necha marta nafas olishingizni hisoblang
va daftaringizga yozing.
4.
5 marta o‘tirib turing va yana 1 daqiqada necha marta nafas oli shingizni
hisoblang va daftaringizga yozing.
5.
10 marta o‘tirib turing va 1 daqiqada necha marta nafas olishingizni
hisoblang va daftaringizga yozing.
6.
2 daqiqa dam oling va 1 daqiqada necha marta nafas olishingizni
hisoblang va daftaringizga yozing.
7.
4 daqiqa dam olib sanashni takrorlang.
8.
Olgan ma’lumotlaringizni grafik ko‘rinishida tasvirlang.
Odamlarda nafas olish organlari or
-
ganizmga kislorodni yetkazib berish va
karbonat angidridni organizmdan chiqrib
yuborish funksiyasini bajaradi.
Odamning nafas olish sistemasi na
-
fas olish yo‘llari (burun bo'shlig'i, halqum,
traxeya, bronxlar) va o'pkalardan ibo
-
rat. Odam nafas olganda havo burun
bo‘shlig‘i, halqum, traxeya orqali bronx
-
larga, ulardan esa o‘pkalarga o‘tadi.
Nafas olganda ko‘krak qafasi ken
-
gayadi va kislorodga boy havo o‘pkalar
-
ni to'ldiradi. Nafas chiqarganda ko‘krak
qafasi torayadi va karbonat angidridga
to‘yingan havo o‘pkalardan tashqi muhit
-
ga chiqariladi.
Burun bo‘shlig‘ida havo
tozalanadi, namlanadi, iliydi.
Hiqildoqda ovoz
paylari joylashgan.
Kekirdak havoni bronxlarga
o‘tishini ta’minlaydi.
Bronxlar orqali havo
o‘pkaga o‘tadi.
O‘pkalarda esa gazlar almashinuvi bo‘ladi. O‘pkalar
dagi kislorod qonga, qondagi karbonat angidrid esa
o‘pkaga o‘tib, keyin tashqi muhitga chiqariladi
Dostları ilə paylaş: |
|
|