Oziq moddalar organizm hujayralari
uchun qurilish materiali va energiya
manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Hujayralar
-
da oziq moddalar parchalanganda ener-
giyadan tashqari, qoldiq moddalar ham
hosil bo‘ladi. Agar bu moddalar uzoq vaqt
davomida hujayralarda to‘planib qolsa,
organizm o‘z-o‘zini zaharlaydi. Shu tufay
-
li organizm ulardan tezroq xalos bo‘lish
-
ga harakat qiladi.
Moddalar almashinuvi jarayonida ho
-
sil bo‘ladigan qoldiq moddalarning orga
-
nizmdan tashqariga chiqarib yuborilishi
ayirish
deb ataladi.
Odam va hayvonlarda moddalar al
-
mashinuvi
natijasida ammiak, mochevi
-
na, siydik kislota kabi zaharli moddalar
hosil bo‘ladi. Bu mahsulotlar va ortiqcha
suv buyraklar (siydik bilan) va teri (ter bi
-
lan) orqali tashqi muhitga chiqariladi.
Odam organizmining har bir hujay
-
dasida hosil bo‘lgan qoldiq moddalar qon
orqali buyraklarga boradi Buyraklar qon
-
ni filtrlab,
ortiqcha suv, mineral tuzlarni
hamda mochevina kabi zararli moddalar
-
ni siydik yo‘llari, qovuq va siydik chiqa
-
rish kanali orqali organizmimizdan tash
-
qi muhitga chiqarib yuboradi. Shuning
uchun bu organlar ayirish sistemasini hosil qiladi. Bundan tashqari odam terlaganda teri
orqali ham oz miqdorda suv va mineral tuzlar ter ko‘rinishida ajraladi.
Hujayralarda oziq moddalarning parchalanishi tufayli karbonat angidrid gazi ham ho
-
sil bo‘ladi. U nafas olish organlari orqali tashqi muhitga ajratiladi. Shunday qilib, odam
va hayvonlar qoldiq moddalardan buyraklar, teri va nafas olish organlari yordamida xoli
bo‘ladilar.
O‘simliklar ham nafas olganda tashqi muhitdan kislorod qabul qiladi. O‘simlik hujayralari
-
da kislorod oziq moddalarning parchalanishi va energiya hosil bo‘lishiga sarf bo‘ladi. Odam
va hayvonlar kabi bu jarayonda ham karbonat angidrid hosil bo‘ladi va atmosferaga chiqa
-
riladi. O‘simlik organizmidagi ortiqcha suv esa barg og‘izchalari orqali bug‘latish jarayoni
-
da tashqariga chiqarib yuboriladi. O‘simliklarda boradigan fotosintez jarayonida yashil bar
-
Odam organizmida mod
-
dalar transportini qon ayla
-
nish sistemasi ta’minlaydi.
Qon
aylanish sistemasi
yurak va qon tomirlaridan
iborat. Odam yuragi to‘rt
kamerali: ikkita qorincha va
ikkita bo‘lmachadan iborat.
Yurakdan qon olib ketuvchi
qon tomirlar arteriya tomir
-
lari, yurakka qon olib keluv
-
chi qon tomirlar vena tomir
-
lari deb ataladi.
Odamda katta va kichik
qon aylanish doirasi mav
-
jud. Katta qon aylanish
doirasi barcha organlarni kislorod va oziq bilan ta’minlaydi.
Kichik qon aylanish doirasi
o‘pkalarga karbonat angidridni olib borib, ulardan kislorodni yurakka olib keladi.
O‘pka va organlardagi kapillyarlarda gazlar almashinuvi sodir bo‘ladi. Gazlar almashinuvi
diffuziya hodisasiga ko‘ra amalga oshadi.
Ko‘pchilik hayvonlarda ham qon aylanish sistemasi rivojlangan. Sutemizuvchi
va qushlarning qon aylanish sistemasi odamniki kabi tuzilgan. Amfibiyalar va sudralib
yuruvchilarning yuragi uch kamerali, baliqlarning yuragi esa ikki kamerali bo‘ladi.
Odam yuragining qanday ishlashini pulsni sanash orqali tekshirish mumkin. Puls
yurak qisqarganda undagi qon tomirlarning tebranishidan hosil bo‘ladi.
Yurak minuti
-
ga necha marta qisqarsa, puls soni ham shuncha bo‘ladi. Odam jismoniy mashq bilan
shug‘ullanganda nafas olish va yurak urishi tezlashadi. Pulsni qo‘l kaftining ichki yuzasida
barmoq orqali o‘lchash mumkin.
Dostları ilə paylaş: