|
![](/i/favi32.png) Tabiiy fanlar 6 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik Yangi nashrOvqat bilan qabul qilingan moddalarning hazm siste-6 Tabiiy fan Darslik (6 sinf) 15.06.22 180622121301Ovqat bilan qabul qilingan moddalarning hazm siste-
masi organlarida parchalanib qonga so‘rilishi hazm qilish deyiladi.
Ovqat hazm qilish sistemasiga ovqat hazm qilish yo‘llari va ovqat
hazm qilish bezlari kiradi. Ovqat hazm qilish yo‘li og‘iz bo‘shlig‘i, halqum,
qizilo‘ngach, oshqozon, ingichka ichak, yo‘g‘on ichakdan iborat. Ovqat
hazm qilish bezlariga so‘lak bezlari, oshqozon bezlari, ichak bezlari, os
-
hqozon osti bezi, jigar kiradi.
▸
Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida qanday moddalar mavjud?
▸
Tirik organizmlar nima uchun oziqlanadilar?
▸
O‘simlik va hayvonlarning oziqlanish jarayonlarini taqqoslang.
Ovqat hazm qilish og‘izdan
boshlanadi. Og‘izda til,
tishlar, so‘lak bezlari
joylashgan. Tishlar
oziqni maydalaydi.
Til esa ovqatni
aralashtiradi va
halqum tomonga
itaradi.
Oziqning hazm
bo‘lmagan qismi
yo‘g‘on ichakka
o‘tib, tashqi muhitga
chiqarib yuboriladi.
Ovqat og‘iz
bo‘shlig‘idan
halqum-
ga, undan
qizilo‘ngachga
o‘tadi va oshqo
-
zonga tushadi.
So‘lak bezlari og‘iz bo‘shlig‘iga
so‘lak ajratadi. So‘lak ovqatni
namlaydi, bu esa ovqatning oson
yutilishini ta’minlaydi. Undan
tashqari, so‘lak tarkibida bak
-
teriyalarni zararsizlantiruvchi
moddalar bor.
Oshqozon devoridagi juda
ko‘p mayda bezchalar hazm
shirasi ishlab chiqaradi.
Osh qozonda ovqat bir
necha soat davomida hazm
shirasi ishtirokida parchala-
nadi, ya’ni hazm bo‘ladi.
Ovqat zarrachalari oshqo-
zondan ingichka ichakka
o‘tadi. Ingichka ichak hazm
sistemasining eng uzun qis-
midir. Bu yerda oziq moddalar
to‘liq parchalanib, qonga so‘riladi.
Bu jarayon hazm bo‘lish deb ataladi.
A M A L I Y M A S H G ‘ U L O T
Dostları ilə paylaş: |
|
|