Tabiiy fanlar 6 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik Yangi nashr



Yüklə 16,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/133
tarix08.10.2023
ölçüsü16,16 Mb.
#126305
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   133
6 Tabiiy fan Darslik (6 sinf) 15.06.22 180622121301

Proterozoy
Bu erada quruqlik maydoni kengayib, dastlabki “materik” (orollar) iqlimlari 
tarkib topgan. Shamollar kuchaygan, atmosfera aylanma harakati va 
siklonlar vujudga kelgan. Natijada muzliklar paydo bo‘la boshlagan.
Paleozoy
Bu eraning kembriy davrida iqlim zonalari vujudga kelgan. Silur va Ordovik 
davrlarida esa dastlabki bosim markazlari paydo bo‘lgan hamda iqlim 
quruqlasha borgan. Devon davrida iqlimning quruqligi yanada ortgan, 
toshko‘mir davrida yil fasllari vujudga kelgan. Permda iqlimning kontinentalligi 
birmuncha kuchaygan, troposfera frontlari tashkil topgan, atmosfera 
sirkulyatsiyasi kuchayib, deyarli hozirgiga o‘xshash holatga kelgan. 
Mezozoy
Bu erada iqlim zonalari va mahalliy tafovutlar tobora orta borgan. Sovuq 
qutbiy iqlimlar hosil bo‘lgan. Mezozoyda sutemizuvchilar paydo bo‘lgan.
Kaynozoy
u erada ham iqlim birmuncha o‘zgargan: issiq iqlim juda sovib ketgan. 
Natijada Yer shari iqlimi sovib, muzliklar orta borgan. Materiklarning o‘rtacha 
geografik kenglikdagi qismlarida qoplama muzliklar paydo bo‘lgan.
Mezozoy erasidan kaynozoy erasigacha bo‘lgan iqlim o‘zgarishlari turli xil sutemi-
zuvchilar turlarining yashash joyiga qanday ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin?
Iqlimlarning o‘zgarish sabablari to‘liq 
o‘rganilmagan. Iqlim o‘zgarishiga Quy
-
oshning faolligi va quyosh tizimining 
harakati, Yerdagi omillar sabab bo‘ladi.
Ba’zi olimlar iqlimning geologik davr
-
lar davomidagi hududiy o‘zgarishlarini 
materiklarning gorizontal harakati bi
-
lan bog‘laydilar. Masalan, bu gipoteza
-
ga ko‘ra, paleozoyda Antarktida bilan 
Avstraliya Janubiy Osiyoga tutashgan 
va, tabiiyki, uning iqlimi hozirgidan 
boshqacha bo‘lgan. 
1. Joyning relyefi iqlim tarkib topishiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
2. Hozirgi iqlim kelajakda yana kuchli o‘zgarishga uchrashi mumkinmi?

Yüklə 16,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə