Tabiiy fanlar 6 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik Yangi nashr



Yüklə 16,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/133
tarix08.10.2023
ölçüsü16,16 Mb.
#126305
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   133
6 Tabiiy fan Darslik (6 sinf) 15.06.22 180622121301

Iqlim o‘zgarishining inson
xo‘jalik faoliyatiga ta’siri
Iqlim o‘zgarishi natijasida qishloq 
xo‘jaligida foydalaniladigan yerlar 
yaroqsiz holatga kelishi, ekinlar ziyon 
ko‘rishi, chorva mollariga zarar yetishi mumkin. 
Sanoatda esa energiya olish, ishlab chiqarish, ta
-
biiy resurslardan foydalanadigan tarmoqlarga ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Iqlim o‘zgarishining inson salomatligiga ta’siri
Iqlim o‘zgarishi nafaqat tabiatga, balki inson 
salomatligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, 
insonlarda ich ketishi, vabo, qon bosimining ko‘tari-
lishi, ko‘p terlash kabilar iqlim o‘zgarishi bilan bevosita 
bog‘liq.
Iqlim o‘zgarishidagi isishni qanday to‘xtatish mumkin deb o‘ylaysiz?
Iqlim o‘zgarishidan keladigan talafotlarni kamaytirishda ayniqsa sog‘liqni saqlash, qish
-
loq xo‘jaligi va boshqa ko‘plab sohalarda rejali ishlar olib borilishi lozim. Shu bilan bir
-
galikda, atmosferaga chiqayotgan zararli moddalar (ko‘mir, neft yoki gazni yoqish orqali 
emas) miqdorini cheklash hamda elektr energiyasi ishlab chiqarishda atmosfera uchun 
zararsiz energiya manbalari (suv, shamol, quyosh va h.k.) dan tejamkorlik bilan foydalanish 
lozim.
Siz o‘zingizni issiqlikdan qanday himoya qilasiz?
1. Yashash hududingizda iqlim o‘zgarishi inson salomatligiga qanday ta’sir ko‘rsati
-
shi mumkin?
2. Iqlim o‘zgarishidagi isish grafigini tahlil qiling. 
33-MAVZU.
 EKOSISTEMALARDAGI
O

ZARO MUNOSABATLAR
Tirik organizmlar va tashqi muhit omillari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar qanday 
amalga oshadi? 
Tirik organizmlar va atrof-muhit bir-biri bi
-
lan uzviy bog‘liq, o‘zaro munosabatda bo‘lib, 
ekosistemalarni hosil qiladi. Ekosistema ikkita 
tarkibiy qism – muhit omillari (ekotop ) va har 
xil populyatsiyalar (biotsenoz) ga mansub orga
-
nizmlar yig‘indisidan tashkil topgan. Ekosiste
-
maning tarkibiy qismlari doim bir-biriga ta’sir 
ko‘rsatadi. Barcha xususiyatlari bilan bir-biriga 
o‘xshash organizmlar yig‘indisi 

Yüklə 16,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə