Tabiiy fanlar 6 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik Yangi nashr



Yüklə 16,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/133
tarix08.10.2023
ölçüsü16,16 Mb.
#126305
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   133
6 Tabiiy fan Darslik (6 sinf) 15.06.22 180622121301

32-MAVZU. 
IQLIM O

ZGARISHINING 
YER TABIATIGA TA’SIRI
1. Iqlim o‘zgarishining inson xo‘jalik faoliyatiga ta’sirini siz qanday baholaysiz?
2. Nima uchun iqlim o‘zgarishi global muammo hisoblanadi?
So‘nggi yillarda Yer yuzidagi iqlim o‘zga-
rib bormoqda. Buning sababi shundaki, ovqat 
pishirish uchun gazdan, transport vositalari
harakatlanishi uchun suyuq yoqilg‘i (benzin, 
kero sin va h.k.) dan, elektr energiyasini ish
-
lab chiqarish uchun ko‘mirdan foydalaniladi. 
Yoqilg‘i yonganda karbonat angidrid gazi ajra
-
lib chiqadi. Atmosferadagi ortiqcha karbonat 
angidrid gazi issiqlikni keltirib chiqaradi.
Issiqlik iqlim o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Ayrim hududlarda g‘ayritabiiy issiq kuzati
-
layotgan bo‘lsa, ba’zi hududlarda havo sovib 
bormoqda. Iqlim o‘zgarishi Yer yuzasi tabiati 
va inson xo‘jalik faoliyatiga o‘z ta’sirini o‘tkaz-
moqda. 
Iqlim o‘zgarishi natijasida global mua
-
mmolar vujudga kelmoqda. Iqlim o‘zgarishini iqlimshunos-olimlar o‘rganadi. Baland tog‘lar 
va qutblardagi muzliklarning erishi, Afrikadagi qurg‘oqchilik va ocharchiliklar, Janubiy 
Osiyoda ob-havoning isib ketishi, Shimoliy Amerika va Avstraliyadagi o‘rmon yong‘inlari, 
suv toshqinlari va bo‘ronlar buning yaqqol misolidir. 


72
73
5-bob. EKOLOGIYA VA BARQAROR RIVOJLANISH
5-bob. EKOLOGIYA VA BARQAROR RIVOJLANISH
Iqlim o‘zgarishi turli xil ta’sirlarga ega bo‘lib, ularga quyidagilarni misol keltirish mumkin:
Iqlim o‘zgarishining ekotizimlarga ta’siri
Iqlim o‘zgarishi ekotizimlarga 
ham ta’sir qiladi. Biologik xilma-xil
-
likning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. 
Ba’zi o‘simlik va hayvon turlarining 
yashashini qiyinlashtiradi, ba’zilari-
ning yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladi. 
Ekotizimlarning chegaralari o‘zgarib 
turadi.

Yüklə 16,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə