Yillarda Eronning ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy ahvoli Reja



Yüklə 53,45 Kb.
tarix24.02.2018
ölçüsü53,45 Kb.

Aim.uz

1918- 1945 yillarda Eronning ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy ahvoli

Reja :

1.Eronga ingliz okkupatsiyasi. Milliy ozodlik, demokratik harakatini boshlanishi.

2. Milliy ozodlik harakatini mag‘lubiyatga uchrashi va uning ahamiyati.

3. Rizoshoh paxlaviy hukumatining ichki va tashqi siyosati

4. Muhammad Rizo davrida Eron.

1. Eronning ijtimoiy – iqtisodiy ahvoli.

Eron 1917 yilga kelganda qoloq agrar mamlakat Angliya va podsho Rossiyaning yarim mustamlakasi bo‘lib qolmoqda edi. Eron hududining bir qismida urush harakatlarini xo‘jayinligi, moliya tizimining izdan chiqishi mamlakat iqtisodini xarob holatga keltirgan edi. Ichki, tashqi savdo, ekin maydonlari, chorva mollari qisqarib ketgandi. Non va oziq – ovqat mahsulotlarini narxi keskin ko‘tarilib ketadi. Chayqovchilik avj olib, ocharchiliklar tif va boshqa epidemiyalar yoyilgan edi.

10-12 mln. aholidan yarmidan ko‘pi o‘troq dehqonlardan iborat edi, aholining to‘rtdan biri ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi qabilalar (kurdlar, lurlar, bulujlar, turkmanlar, arablar va boshqalar) edi. 20 foiz atrofida aholi shaharlarda yashardi.

Eron qishloqlarida feodal munosabatlar hukumronligi davom etib kelardi. Ko‘pchilik yerdan ajragan dehqonlar og‘ir shartlar asosida pomeshchiklar yerida ishladilar. Ular siyosiy huquqsiz bo‘lib, qishloqlarda mahalliy ma’murlar va pomeshchiklarni o‘zboshimchaligi hukumronlik qilardi. Dehqonlarning asosiy qismi yersiz ijarachilar va batraklar edi.

Shaharlarda xunarmandchilik keng yoyilgan, fabrika, zavod sanoati deyarli yo‘q edi. Mamlakat janubi – g‘arbida neft sanoati, baliqchilik chet el korxonalaridan boshqa Eron burjuaziyasiga qarashli kichik elektrostansiyalar, to‘qimachilik, teri va boshqa korxonalargina bor edi.

Yirik savdogar kompradorlar, yirik yer egalari chet el kapitali bilan bog‘langan bo‘lib ularni manfaatlari shahar mayda burjuaziyasi, sekin o‘sib borayotgan milliy burjuaziya manfaatlaridan keskin farq qilardi.

Eronda 1906- 1907 yildagi Konstitutsiya bilan cheklangan Xojarlar feodal dinastiyasi boshchiligidagi Monarxiya tuzumi mavjud edi. Davlat hokimiyati, feodal xonlar va komprvdor burjuaziya qo‘lida edi. Urushning oxirgi yillarida Eronda amalda hokimiyat Angliya va Rossiya generallari tasarufida edi. Rossiyada fevral inqilobidan keyin Angliya mavqei yanada mustahkamlanib eron deyarli angliyaning mustamlakasiga aylantirildi.

Ingliz qo‘shinlarni Eronni okkupatsiya qilishi.1919 yilgi asoratga soluvchi ingliz – eron bitimi.

Boshlangan milliy ozodlik harakatini bostirish, uni Hindistonga yoyilishiga yo‘l quymaslik va shuningdek, Eronni to‘la – asoratga solish sobiq sovet Rossiyaga qarshi qurolli intervensiya uchun pladsdarmga aylantirish maыsadida inglizlar 1918 yil boshlarida Eronni okkupatsiya qilishni boshladilar.

1918 yil avgustida Texronda angliyaparast Vosug‘ – ud – davla hukumati tuzildi. 1919 yil 9 avgustda Konstitutsiyaga xilof ravishda majlis roziligini olmay Vosug‘ – ud – Davla ingliz – eron bitimini imzoladilar. Bitim ingliz maslahatchilari va instruktorlariga Eron armiyasi , moliya yo‘l qurilishi, tashqi savdo va Eronni ijtimoiy – iqtisodiy hayotinni boshqa sohalarini nazorat qilish huquqini berdi.

Inglizlar tezda amalga oshirishga kirishdilar. Eron moliyasi ingliz moliya maslahatchisiga bo‘ysindirildi. Ingliz ofitser va instruktorlari Eron Qurolli kuchlari ustidan nazorat o‘rnatdilar. Eron tashqi savdosida angliya monopolyasi o‘rnatildi. Inglizlar milliy ozodlik harakatini bostirishga intildilar, ularning Erondan don olib ketishlari , oziq – ovqat narxlarini yanada oshirib yubordi. Mamlakatda ochlik , epidemiyalar boshlandi.



Milliy ozodlik harakatini ko‘tarilishi.

Eron xalq ommasi angliya okkupatsiyasiga antiimperialistik harakat bilan javob berdi. Harakat ayniqsa shimolda avj oldi.

1920 yil 7 aprelda Tabrizda shoxning reaksion ma’murlari va imperialistlarga qarshi ozarbayjon demokratlari partiyasi lideri Muhammad Xiyoboniy (shayx) boshchiligida qurolli qo‘zg‘alon boshlandi. Qo‘zg‘alonda ishchilar, hunarmandlar, mayda burjuaziya, miliy savdo burjuaziyasi, ziyolilar qatnashdilar. Ozarbayjon demokratlari 1919 yilgi eron – ingliz asoratli bitimiga qarshi chiqdilar. Ular Eronni respublika deb e’lon qilinishini, milliy mustaqillikni , demokratik islohatlar o‘tkazishni va Ozarbayjonga avtonomiya berishni talab etdilar. Tabrizdan shox gubernatori va reaksion amaldorlar xaydab yuborildi. Demokratlar Tabriz va Ozarbayjonning boshqa shahar va rayonlarida ham hokimiyatni qo‘lga oldilar.

Ocharchilik vaziyatida demokratlar chayqovchilikka qarshi kurashdilar. Oziq – ovqat mahsulotlari narxlarini tushirdilar. Maorif, sog‘liqni saqlashni rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar ko‘rdilar. Agrar masalani inqilobiy hal qilishga qarshi chiqdilar. Ayni vaqtda ular Tabrizga reaksiya va imperialistlar tarafdorlarini qurolsizlantirishga va shaharni mustahkamlashga doir chora – tadbirlar ko‘rmadilar. Demokratlar passiv , mudofaa taktikasini qo‘lladilar. 1920 yil avgustda Tabrizga inglizlar tomonidan yaxshi qurollantirilgan yirik shox qo‘shinlari keltirildi. Inglizlar rahbarligida Tabrizda inqilobiy fitna uyushtirildi. Sentyabr oyida qattiq janglardan so‘ng ingliz, shoh qo‘shinlari va mahalliy reaksionerlarning birlashgan qo‘shinlari qo‘zg‘aloni bostirdi. Xiyoboniy va uning tarafdorlari o‘ldirildi.

1920 yili milliy – ozodlik harakati Eronning boshqa shimoliy viloyatli G‘ilonda ham avj oldi. 1920 yili mayda jengilichitun )ilon viloyatini egallaydi. 1920 yil 5 iyunda Kuchekxon raisligidagi Muvaqqat hukumati boshchiligida G‘ilon respublikasi tuzilganligi e’lon qilindi. Hukumat sostaviga yagona front asosida savdo burjuaziyasi va pomeshchiklarning vakillari (ularni lideri kuchekxon edi.) Exsonnulaxon boshchiligidagi mayda burjuaziya ziyolilari vakillari va qishloq xo‘jalik kurd batraklarini , (Xalu Qurbon boshchiligida) eron kommunistlarini vakillari kirdilar. Lekin front tarkibidagi siyosiy kuchlar o‘rtasida kelishmovchiliklarni boshlanishi 1920 yil iyulida G‘ilonda yagona frontni bo‘linishiga olib keladi.

Savol : Qanday sabablar Eronda milliy ozodlik demokratik harakatini avj olishiga olib kelgandi ?

Ozodlik harakatini Texrondagi vaziyatga ta’siri 1921 yil 21 fevraldagi davlat to‘ntarishi.

Eron Ozarbayjonn va G‘ilondagi milliy ozodlik harakati Tehronda va mamlakatni boshqa viloyatlarida antiimperialistik va demokratik harakatini o‘sishiga turtki bo‘ldi. 1919 yilgi eron – ingliz bo‘limiga qarshi qat’iy norozilik kuchaydi. Bular 1920 yil iyunda Vosug‘ – ud – Davla hukumatini iste’fo berishga olib keldi. Keyingi hukumatlar angliya bilan tuzilgan asoratli bitimni tan olmadilar. 1920 yilning kuzida Rossiya- Eron shartnomasini tuzish to‘g‘risida muzokaralar boshlandi. Tehronda inglizlar bilan alofada bo‘lgan said Ziyoviddin tabatabai boshchiligida fitnatayyorlandi. Fitnaga podpolkovnik Rizoxon va fors kazak qismlarini boshqa zobitlari jalb qilinadi.

1921 yil 21 fevralda Rizoxon boshchiligidagi fors kazaklari Tehronda davlat to‘ntarishini amalga oshirdilar. Eronda “Qora mahkama” deb atalgan Said Ziyoviddin boshchiligidagi yangi hukumat tuzildi. Rizoxon fors kazaklari diviziyasi komandiri keyin esa harbiy ministr etib tayinlandi.

Bundan keyin miliy ozodlik harakatining o‘sishini oldini olish maqsadida hukumat “Aristokratlarga qarshi kurash” va ishchi - dehqonlarni ahvolini yaxshilash haqida dekloratsiyani matbuotda e’lon qiladi. Dekloratsiyada mustaqil tashqi siyosat 1919 yilgi ingliz – eron bitimini bekor qilinishi haqida tantanali e’lon qilingan edi. Amalda esa “Qora mahkama” hech qanday islohatlarni o‘tkazmadi. Hukumatning quruq va’davozlik siyosati ommaviy qat’iy noroziliklarga olib keldi. Natijada 1921 yil mayda Said Ziyoviddin iste’foga chiqishga majbur bo‘ladi va Erondan qochib ketadi.

Bosh ministr etib G‘ilonlik feodal – reaksioner Qovam As – Saltana tayinlanadi. Qovam va harbiy ministr bo‘lgan Rizoxon barcha kuchlarini milliy ozodlik harakatiga qarshi yo‘naltiradi.



2. Inqilobiy harakatning mag‘lubiyatga uchrashi .

1921 yil mayida G‘ilonda yana janglichilar , komunistlar , Exsonulla guruhini yagona fronti tiklanadi va kuchekxon boshchiligida yangi hukumat (inqilobiy komitet) tuziladi. Lekin bu gal ham yagona front mustahkam bo‘lib chiqmadi. Inqilobiy komitet qaroriga qaramay Exsonulla 1921 yil iyunda o‘zboshimchalik bilan Tehronga yurish boshlaydi va bu yurishda u mag‘lubiyatga uchraydi. Kuchekxon bilan kommunostlar rahbari o‘rtasida kelishmovchiliklar boshlanadi. Bu vaqtda G‘ilonda kommunistlar ta’siri oshib boratgan edi. Bundan cho‘chigan Kuchekxon Xaydar Amu o‘g‘lini o‘ldirtiradi. Kuchekxonni xoinona xarakatlari G‘ilonda milliy ozodlik harakati kuchlarini parchalab yuboradi.

1921 yil oxirida fors kazaklari qismlari inglizlar yordamida G‘ilonda milliy ozodlik harakatini bostirdilar. Lekin G‘ilonda yana bir necha yillar davomida dehqonlar g‘alayonlari, chiqishlari davom etdi.

1921 yil yozida Xurosonda imperialistlar va reaksion feodallarga qarshi qo‘zg‘alon ko‘tarildi.

Aholini noroziliklari harbiy jandarm qismlaridagi kayfiyati ham aks etdi. Hukumatdan norozi kuchlarga polkovnik Tog‘ixon rahbarlik qildi.

1921 yili yozda Tehronda Qovam hukumati tuzilganda Muhammad Tohi xon Qovamni ajnabiylar ayg‘oqchisi deb hisoblab, uni buyruqlarini bajarishdan bosh tortdi. Mashxadda milliy burjuaziya, milliy ziyolilar, mayda shahar burjuaziyasi manfaatlarini ifodolovchi Milliy komitet Eronni inglizlar zulmidan ozod qilishni , mamlakat mustaqilligini mustahkamlashni, majlis chaqirilishini, so‘z va boshqa demokratik erkinliklarni , maorifni rivojlantirishini talab qiladilar. Muhammad Tog‘i xon va uning tarafdorlari agrar masala buyicha hech bir talablarni ilgari surmadilar. Lekin mashhaddagi Qovam hukumatiga qarshi chiqishlardan so‘ng Xurosonning turli rayonlarida dehqonlarni harakati stixiyali ravishda ko‘tarila bordi. Dehqonlar soliqlarni to‘lashdan va feodal majburiyatlarni bajarishdan bosh tortidilar, pomeshchik yerlarini, chorva mollarini, oziq – ovqat zaxiralarini tortib ola boshladilar.

Qovam tomonidan gij – gijlangan kurd qabilalari xonlari o‘z qurolli to‘dalari bilan Muhammad Tog‘i xonga qarshi chiqdilar. Xuroson qo‘zg‘alonini bostirish uchun Tehrondan hukumat qo‘shinlari ham yuborildi. 1921 yil oktyabrida Muhammad Tog‘i xon o‘ldirildi, shundan keyin mashxadda Qovam hukumatini xokimiyati o‘rnatildi. Garchi 1921 yil oxiriga kelib Ozarbayjon , G‘ilon, Xurosondagi harakatlari bostirilgan bo‘lsada, imperialistlar va reaksiya antiimperialistik va demokratik harakatni batamom bo‘g‘ib tashlashga muvofiq bo‘la olmadilar. Tehron , Enzelidagi ingliz neft kompaniyasi korxonalarida ishchi va xizmatchilarni iqtisodiy va siyosiy ish tashlashlari ro‘y berdi. 1922 yil fevralida Tabrizda Xiyoboniy tarafdorlarining ofitser Loxuti boshchiligidagi yangi qo‘zg‘aloni ko‘tarildi. Qo‘zg‘alonchilar Eron milliy mustaqilligini mustahkamlashni . demokratik islohatlar o‘tkazishni, Rizoxonni ishdan chetlatishni talab qildilar. Lohuti qo‘zg‘aloni to‘plardan o‘qqa tutishdan so‘ng bostiriladi.

1920-1922 yilllardagi milliy ozodlik harakatini mag‘lubiyatga uchrashining asosiy sababi antiimperialistik lagerda birlikni yo‘qligi, endi tug‘ilib kelayotgan ishchi sinfini kuchsizligi, dehqonlar asosiy ommasini kurashga yetarli jalb qilinmaganligi, Kuchekxon boshchiligidagi Eron burjuaziyasining qat’iyatsizligi va xoinligi hamda harakatni hududiy cheklanganlik xarakterda bo‘lishi va shuningdek Eron reaksiyasiga ingliz imperializmi tomonidan yordam ko‘rsatilishi edi.

1920-1922 yilllardagi milliy ozodlik harakati Eronni imperialistik zulmidan xolos bo‘lishiga , xojalar dinastiyasini va feodal tartiblarni tugatilishiga olib kelganiga qaramay Eron tarixida katta ahamiyatga ega edi. Xojalar boshchiligidagi feodal reaksiyasiga yangi qattiq zarba berildi. Ingliz imperialistlarini Eronni o‘zini to‘la mustamlakasiga aylantirish rejalari buzib yuborildi. 1921 yili Rossiya hukumatini qat’iy talabi bilan inglizlar o‘z qo‘shinlarini Eron hududidan olib chiqib ketishga majbur bo‘ldilar. Ingliz ofitser – instruktorlari Eron harbiy qismlaridan chiqarib yuborildi. Ingliz moliya maslahatchilarining ham Erondan chiqib ketishlariga to‘g‘ri keldi. Lekin inglizlar ingliz – eron neft kompaniyasini, Shaxanshox banki, taslimchilik rejimini saqlab qoldilar, ularga tayangan xolda ko‘p yillar davomida Eronga kuchli tazyiq o‘tkaza oldilar.

Savol : 1920-1922 yilllardagi milliy ozodlik harakatini yengilish sabalari va uning ahamiyati nimadan iborat ?



Ingliz va Amerika monopoliyalari o‘rtasida Eron nefti uchun kurash.

Angliyaning Eronni butunlay asoratga solish redalarini muvaffaqiyatsizlikka uchraganligidan AQSH foydalanib qilishga intildi, u birinchi navbatda eron neftini qo‘lga kiritishga harakat qildi. Rossiya – Eron shartnomasiga xilof ravishda Klvam hukumati 1921 yil oxirida AQSHning “Standart oyl” neft kompaniyasiga shimoliy beshta viloyatda neft olishga konsessiya1 berdi.

1923 yili Qovam boshqa amerika neft kompaniyasi “Sinkler” ga Shimoldagi Eron neftini qazib olishga yangi konsessiyani berdi. Bu ikkala konsessiyalar Rossiya hukumatini qat’iy talabi va inglizlarni qarshilik ko‘rsatishi bilan bekor qilindi.

1922 yili qovam hukumatini takliflariga binoan Eronga A. Milspo boshchiligida Amerika moliya maslahatchilari keladilar, Milspo butun moliya ustidan nazorat qilish huquqini oladi. AQSH Milspo missiyasi orqali AQSH sarmoyasini Eronga keng ravishda kirib kelishi va xususan Eron neftini qo‘lga kiritishi uchun sharoit yaratishga harakat qildi. Milspo Rossiyaga nisbatan dushmanlik siyosatini yuritdi.



Mamlakatni markazlashtirish siyosati, demokratik harakatni bostirilishi. Rizoxon hokimiyatining mustahkamlanishi.

Burjuaziya va feodal aristikrotiyasi tarkibiga kirmagan tashqi savdo va bozor bilan bog‘langan pomeshchiklar nafaqat iqtisodni ko‘tarilishidan, shuningdek, markaziy hokimiyatni mustahkamlanishidan manfaatdor edilar. Bu ijtimoiy sinflar manfaatlariga 1922 yildan keyin olib borilgan mamlakatni markazlashtirish va feodal xonlar separatizmiga qarshi kurash siyosati mos tushadi.

1922 yili boshida hukumat turli harbiy qismlarni yagona markazlashgan armiya qilib qayta tashkil qilishga kirishdi. 1922- 1923 yillarda Shimoliy Eron, Luriston xonlari buysindirildi.

Ayni vaqtda Texron hukumati demokratik harakat qatnashchilarini jazolash yo‘lini tutdi. Ishchilar harakati taqib ostiga olindi.

Feodal xonlarni bo‘ysundirish va demokratik harakatni bostirish Rizoxon boshchiligidagi harbiy qismlar tomonidan amalga oshirildi. Bular esa Rizoxonni asosiy ijtimoiy tayanchi bo‘lgan burjuaziya – pomeshchiklar orasida obro‘sini oshirdi.

1923 yil oktyabrida Rizoxon bosh ministr etib tayinlandi. Beshinchi majlisga armiya va politsiyani tazyiqi bilan o‘tkazilgan saylovlarda Rizoxon tarafdorlari ko‘p ovozga ega bo‘ldi. Xojalar mavqesini sindirish maqsadida rizoxon 1923 yil oxiridan boshlangan respublikachilar harakatidan foydalanishga intildi. Lekin 1924 yil martida o‘z hokimiyatini mustahkamlashning “respublika rejasi” dan voz kechadi, shundan keyin respublikachilarga nisbatan qatag‘onlar boshlanadi. 1924 yil oxirida Rizoxonga qarshi chiqqan Ahmad shoh Xojar bilan bog‘langan yirik feodal shayx Xazal mag‘lubiyatiga uchradi.

1925 yil fevralida Majlis qo‘shinlari tazyiqida Rizoxonni cheklanmagan vakolatlar bilan oliy bosh qo‘mondon etib tayinlandi. 1925 yil oktyabrida majlis Xojalar dinastiyasini taxtdan tushirish va muvaqqat hokimiyatini Rizoxonga topshirish haqida qaror qabul qildi.

Shundan keyin 12 dekabrda Rizoxon tarafdorlaridan iborat bo‘lgan Ta’sis majlisi Rizoxonni Rizoshoh Paxlaviy nomi bilan Eronning merosxo‘r shoxi deb e’lon qildi. Eronda pomeshchik – burjua diktaturasi rejimi o‘rnatildi. Burjua – pomeshchiklar mulklarini mustahkamlash va himoya qilish maqsadida majlis bir qancha qonun va qarorlar qabul qildi: Jinoyat kodeksi (1927 y) fuqarolik kodeksi (1929 y) “yerlarni kuch bilan egallab olinishiga qarshi qonun”, “agrar banditizmga qarshi” ya’ni dehqonlar harakatiga qarshi qonunlar qabul qilindi. Ekin ekiladigan yerlarning asosiy qismi (qariyib 80%) pomeshchikar va ko‘chmanchi qabilalar xonlari qo‘lida to‘plandi. Rizoxonning o‘zi yirik yer egasiga aylandi, u bir necha ming qishloqlarga egalik qilardi. Qo‘plab uning yaqin odamlari ham yirik yer egalariga aylandilar. Feodal aristokratiyasidan bo‘lmagan pomeshchiklar soni sezilarli o‘sdi. Davlat va diniy mahkamalar yirik yer mulklari dehqonlarga qarao‘li edi.

Qishloqlarda amalda feodal munosabatlar saqlanib qolindi. Yerni asosan yog‘och so‘qa bilan ishlanardi. Qishloq xo‘jalik mashinalari yo‘q edi. Dehqonlar ilgarigidek juda qashshoqlikda kun kechirardi.

Dehqonlarning 1926 yildagi G‘ilon, Ozarbayjon, xurosondagi, 1929-1930 yillardagi Xuroson, Eron janubidagi qo‘zg‘alonlarni ayovsiz bostirildi.

Qishloqda feodal munosabatlar saqlanganiga qaramay Eronda asta – sekin burjua munosabatlari o‘sib rivojlanib bordi. Shaharlarda kapitalistik sanoat vujudga keldi. Qishloq xo‘jaligida birinchi galda mamlkat shimolida yollanma mehnatdan foydalanadigan yirik xo‘jaliklar paydo bo‘ldi.

20- yillarda burjua – pomeshchiklar manfaatlarini ko‘zlab chet elliklar imtiyozlarini birmuncha cheklovchi, Eron mustaqilligini mustahkamlovchi tadbirlar amalga oshirildi.

Bu yillarda Eron milliy manfaatlar uchun foydali bo‘lgan sobiq SSSR bilan normal iqtisodiy va siyosiy munosabatlarni rivojlantirish siyosatini olib bordi. 1927 yili Eron sobiq SSSR bilan o‘zaro manfaatli shartnoma tuzdi.

1928 yili Eron taslimchilik rejimini bekor qildi. Shu yili Eron Milliy bankiga asos solindi. Bir qator proteksionistik1 qonunlar qabul qilindi.

1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy krizisi Eron iqtisodiyotiga ohir zarba berdi. Eron eksportni keskin qisqarib ketishi qishloq xo‘jaligida krizisni keltirib chiqardi. Chet el tovarlarini keltirish Eron sanoati va hunarmandchiligini xonavayron qildi. Savdo balansida muvozanatga erishish va Eron pulini qadrini oshirish maqsadida 1931 yili tashqi savdo ustidan monopoliya o‘rnatildi.

Hukumatni xomiylik tadbirlari Eron milliy sanoatini rivoji uchun muayyan sharoitlarni yaratdi. Eronda xususiy korxonalar bilan bir fatorda davlat korxonalari ham qurila bordi. Birinchi galda to‘qimachilik sanoati va qishloq xo‘jalik xom ashyosini qayta ishlovchi sanoat rivojlandi. 1940 yilga kelib Eronda 25 ta gazlama fabrikasi, 8 ta jun fabrikasi, 8 ta qand zavodi, Tehronda tamaki fabrikasi, teri, guruch korxonalari, sement, glitserin zavodlari, o‘nlab yegirmonlar, shuruch va paxta tozolovchi zavodlar bor edi. Elburs tog‘larida tosh ko‘mir qazib chiqarilardi. 1940 yilga kelib sanoat mahsulotlari yalpi mahsulotlarning 18 % ni tashkil etdi. Hukumat shuningdek, temir va shoseye yo‘llar qurishga ham e’tibor berdi. 1928- 1938 yillarda Trans – eron temir yo‘li va 20 ming. Km masofada shoseye yo‘li qurildi.



Savol : Rizoxon pahlaviy davrida iqtisodiy siyosatning mohiyati nimadan iborat ?

Ishchilar sinfining ahvoli va harakati.

1940 yilga kelib Eronda ishchilarning umumiy soni 100 mingi sanoat ishchilari edi. Ishchilar ahvoli esa favqulotda og‘ir bo‘lib, mehnat haqida mehnat muhofazasi , ijtimoiy sug‘urta haqida qonunchilik yo‘q edi. Ish kuni 10-14 soatga yetardi. Ishchilar juda arzimagan ish haqi olar edilar. Ayol ishchilar erkak ishchilarga nisbatan 2 marta kam haq olardilar. Jahon iqtisodiy krizisi yillarida ishchilarni ahvoli yanada yomnlashdi. Shu munosabat bilan mamlakatda namoyishlar to‘lqini yoyila bordi. 1929 yili Angliya – Eron neft kompaniyasi korxonalarida , 1930 yili Mozandaronda temir yo‘l qurilishida , 1931 yili Isfaxonda “Vatan” to‘qimachilik fabrikasida ish tashlash xarakatiga podpolyeda bo‘lgan kasaba uyushmalari va kommunistlari boshchilik qildilar. Ishchilar harakatini yuzlab ishtirokchilari qamoqqa olindilar va surgun qilindilar. 1931 yil kommunistlarga qarshi maxsus qonun qabul qilindi. Kasaba uyushmalari taqiqlandi. Ilg‘or madaniyat arboblari ta’qib qilindi. Ma’murlar kam sonli millatlar huquqini tan olmadilar va Eron buyuk davlatchilik shovinizm1 siyosatini olib bordilar. Barcha muxolifatchi partiyalar va konstitutsion erkinliklar yo‘qotildi.

20-30 yillarda madaniyat sohasida ma’lum darajada islohatlar o‘tkazildi. Dunyoviy maktablar, kam bo‘lsada xotin – qizlar maktablari tashkil qilindi. 1934 yili Tehron universitetiga, pedagogika instituti va qishloq xo‘jalik institutiga asos solindi. 1935 yili majburiy ravishda chodirni tashlash to‘g‘risida dekret chiqdi. Hukumat islom ruhoniylarni mamlakat ijtimoiy – siyosiy hayotiga ta’sirini cheklab qo‘ydi. 1935 yili til va adabiyot akademiyasiga asos solindi. Oy kalendari o‘rniga quyosh kalendari joriy qilinadi.



Eronni 30 - yilalarida va ikinchi jahon urushi boshlarida tashqi siyosati .

30- yillarda Rizoshoh imperialistik mamlakatlarga birmuncha yon berib, ularga yaqinlashish yo‘lini tutdi.

1933 yili angliya – Eron neft kompaniyasi bilan yangi ahdnoma tuzildi. Eron xazinasiga tushadigan badalni ozgina oshishi evaziga Angliya – Eron neft kompaniyasi konsessiyasi muddati 1993 yilgacha uzaytirildi.

Rizoshohning bu vaqtdagi tashqi siyosati sobiq SSSR ga nisbatan teskarilik ruhida bo‘ldi.

1938 yilda Rizoshoh sobiq SSSR bilan yangi savdo shartnomasini tuzishdan bosh tortdi. Ayniqsa ikkinchi jahon urushi arafasi yillarida Rizoshoh sobiq SSSR ga qarshi siyosat yuritib fashistlar Germaniyasi bilan yaqinlashish yo‘lini tutdi. .

Germaniya Eron territoriyasidan o‘zining bosqinchilik rejalarini amalga oshirishda platsdarm sifatida foydalanmoqchi edi. Urush arafasida Eronning tashqi savdosini40-45 % Germaniya hissasiga to‘g‘ri kelardi. Germaniya Eronga temir yo‘l, sanoat asbob uskunalarini yetkazib berishni monopoliyalashtirdi. Nemislar Eronda aerodromlar qurishdi, qurol – yarog‘lar keltirishdi. Harbiy zavodlar va boshqa korxona , muassasalarni nazoratga olishdi.

Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan Eron hukumati bu urushda o‘zining neytralitetini e’lon qildi. Lekin amalda Rizoshoh va uning hukumati yordami bilan Eron gitlerchilarning yaqin sharqdagi asosiy bazasiga aylandi. Minglab shpionlar texnik mutaxassis va maslahatchilar qiyofasida yurib Eronda uning manfaatlariga zid, sobiq SSSR ga nisbatan fashistik tashviqot va qo‘poruvchilik ishini olib bordilar, mamlakatni sobiq SSSR ga qarshi platsdarmga aylantirdilar

Gitlerchilar Germaniyaga Eron aerodromlarini topshirishni talab qildilar. Ular agar Eronni sobiq SSSR ga qarshi urushga torta olmay taqdirda Eronda harbiy to‘ntarish qilmoqchi edilar.



Ittifoqchi qo‘shinlarni Eronga kiritilishi. Rizoshohni taxtdan ketishi.

1941 yil 25 avgustda 1921 yilgi Rossiya – eron shartnomasini 6- moddasiga asoslanib sobiq SSSR hukumati Eronga o‘z qo‘shinlarini kiritdi.

Ayni vaqtda Eronga ingliz qo‘shinlari ham kirdi. 27 avgustda eronni yangi hukumati tuzilib , u sobiq SSSR va ingliz qo‘shinlariga qarshilik ko‘rsatishni to‘xtatishga buyruq berdi va Erondan germaniya va uning ittifoqchilarini diplomatik vakillarini va Germaniya agentlarini chiqarib yuborishga va’da berdi.

Rizoshoh qabul qilingan majburiyatlarni amalga oshirishni izdan chiqarishga intildi. Ko‘p nesim agentlari berkinib olib o‘zlarini qo‘poruvchilik faoliyatlarini davom ettirdi. Germaniya va uning ittifoqchilari rasmiy vakillari Eronda qolaverdilar. Rizoshohning bunday fashistparast siyosati Eronda qat’iy norozilik namoyishlarini keltirib chiqardi. O‘z siyosatini mag‘lubiyatga uchrashi natijasida rizoshox taxtdan voz kechishga majbur bo‘ldi va Erondan chiqib ketdi. Uning o‘g‘li Muhammad Rizo shoh deb e’lon qilinadi. Gitler Germaniyasi va uning ittifoqchilari vakillari va ularning ko‘plab agentlari Erondan chiqarilib yuborildi yoki qamoqqa olindilar.

Savol : rizoshox tashqi siyosatini asosiy mohiyati va uning taxtdan ketishi sababi haqida o‘ylab ko‘ring.

1942 yilgi Angliya – sovet – Eron shartnomasi.

1942 yil 29 yanvarda Tehronda sobiq SSSR, Angliya va Eron o‘rtasida ittifoq to‘g‘risida shartnoma imzolandi.

Shartnoma Eronni ittifoqchilar tomonidan hududiy yaxlitligini, suverenitetini hurmat qilishni va Germaniya yoki boshqa yirik davlatlar tomonidan bo‘ladigan agressiyadan himoya qilishni ko‘zda tutardi. Buning uchun Angliya va sobiq SSSR urush tugashidan olti oy o‘tgunga qadar Eronda o‘z qurolli kuchlarini ushlab turish huquqini oldilar. Eron tomoni ittifoqchilar bilan qo‘lidan keladigan barcha vositalar bilan hamkorlik qilish majburiyatini oldi, xususan ularga Eron hududidagi barcha kommunikatsiya vositalaridan foydalanish va ularni nazorat etish huquqini berdi .

Ittifoqchi qo‘shinlarni Eronga kiritilishi va 1942 yilgi shartnomani tuzilishi Eronni fashistlar Germaniyasi tomonidan asoratga solinishidan qutqarib qoldi, Eronni urush harakatlari maydoniga aylanishini oldini oldi. Angliya – Sovet – Eron shartnomasiga asosan Eron orqali sobiq SSSR ga harbiy anjom va materiallari tashib keltirish tashkil qilindi.

1943 yil 9 sentyabrida Eron rasman Germaniyaga qarshi urush e’lon qildi. Lekin Eron qo‘shinlari harbiy harakatlarda ishtirok etmadilar.

Eronning ittifoqchilarga ko‘rsatayotgan yordami 1943 yil 1 dekabrida uch ittifoqchi davlat boshliqlarining Tehron konferensiyasida qabul qilingan Deklaratsiyasida e’tirof etildi va ular deklaratsiyada Eronga iqtisodiy yordam ko‘rsatishga o‘z roziliklarini bildirdi.

Demokratik kuchlar bilan reaksiya o‘rtasida kurashning keskinlashuvi.

1941 yildagi voqealar Eron ijtimoiy – siyosiy hayotiga katta ta’sir qildi. 1941 yil oktyabrida ishchilar keng qatlamlari, ziyolilar va boshqa progressiv kuchlarni birlashtirgan milliy partiya tuzildi. Milliy partiya demokratik erkinliklar berilishini , Eron mustaqilligini mustahkamlashni , ittifoqchilarni hammasi bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatilishini, mehnat va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risida qonunlar qabul qilinishini talab qildi. Demokratik kasaba uyushmalari tiklandi. Qishloqlarda xalq partiyasi rahbarligida dehqon ittifoqlari tuzildi. Demokratik gazetalar chiqa boshladi. Xalq partiyasi mamlakatdagi eng katta ommaviy partiyaga aylandi.

Lekin o‘z qo‘lida davlat apparatini saqlab turgan reaksion elementlar (yirik pomishchiklar va komprador burjuaziya ilgari fashistlar Germaniyasi bilan aloqada bo‘lgan bo‘lsalar endi Angliya va AQSH ning imperialistik kuchlariga yaqinlashib Eronni sobiq SSSR ga chqinlashishiga va demokratik harakatni o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslikka intildi).

1943 yil kuzida ilgaridan imperialistlar bilan aloqada bo‘lgan Said Ziyoviddin Eronga qaytib kelib o‘z partiyasini tuzadi va antidemokratik va sobiq SSR ga qarshi faoliyatini avj oldiradi. 1944 yil oxiridan Eron hukumati ham antidemokratik siyosatni olib boradi. Eron ma’murlari 1944 yil oxiri 1945 yilda keng avj olgan demokratik harakatni bostirishga intildi. 1945 yil boshida reaksion to‘dalar politsiya 1rdamida Iezd va Isfaxonda xalq partiyasi va kasaba uyushmalari komitetlarini tor mor qildilar. Shundan keyin antidemokratik qirg‘inlar butun mamlakatni qamrab oldi.



AQSH ekspansiyasi. Milsponing ikkinchi missiyasi.

Erondan nemislar chiqarib yuborishlardan foydalanib AQSH Erondagi o‘z mavqeini mustahkamlashga intildi. Bunda 1942 yil avgustdan 1943 yil fevraligacha bosh vazir bo‘lgan Qovam katta rol o‘ynadi. 1943 yil aprelida Qovam tomonidan tayyorlangan Eron – Amerika savdo shartnomasi imzolandi. Shartnoma Amerika tovarlarini Eronga kelishi uchun qulay sharoit yaratadi.

1942 yil oxirida AQSH harbiy (tranzit) yuklarini o‘tishni ta’minlash bahonasida Eronga o‘z qo‘shinlarini kiritdi va bir necha port, Trans – Eron temir yo‘lini janubiy qismi ustidan o‘z nazoratini o‘rnatdi.

Qovam AQSH dan Eron armiyasi, politsiyasi, sog‘liqni saqlash vazirligi uchun maslahatchilar shuningdek, iqtisod maslahatchilarini taklif qildi.

1943 yil yanvarda Eronga Amerika iqtisod maslahatchilari rahbari etib tayinlangan Milspo keldi.

Milspo talabiga binoan 1943 yil 4 mayda Eron majlisi unga favqulodda vakolatlar berdi. Jumladan ichki va tashqi savdo ustidan, sanoat, oziq – ovqat mahsulotlarini saqlash va taqsimlash, transport, davlat fabrika – zavodlari, narxla, ish haqi va boshqalar ustidan nazorat vakolatlarini berdi. Milspo faoliyati Eron iqtisodi va moliyasini xarob qildi. Davlat daromadlari tushumi qisqardi, byudjet defitsiti oshdi. Eronda Milspo bo‘lgan davrda (1943-1945 yil boshi) muomaladagi pul miqdori ikki martadan ortiq narx – navo darajasi uch martadan oshiq ko‘tarildi.

Milspo Eron iqtisodiyotini, Eronni AQSH imperialistlari tomonidan asoratga solish uchun zamin hozirlash uchun xarob xolatga keltirdi. Milspo Amerika neft kompaniyalariga konsepsiyalar berilishiga erishishga intildi. U Eronni siyosiy ishlariga aralashib reaksion guruhlarini qo‘llab quvvatladi.

Milspo faoliyati umumiy qat’iy noroziliklarni keltirib chiqardi. Natijada Eron hukumati 1945 yil yanvarida Milsponi iste’foga chiqardi va u Erondan chiqib ketishga majbur bo‘ldi.

1 Konsessiya – yer , kon, korxonalardan foydalanish haqida davlat bilan ayrim sarmoyador yoki firma o‘rtasida tuziladigan shartnoma.

1 Proteksionistizm- biror davlatni o‘z milliy iqtisodiyotini chet el raqobatidan himoya qilishga qaratilgan iqtisodiy siyosat



1 Shovinizm – ashaddiy burjua millatchiligi siyosati


Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə