Tabiiy fanlar 6 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik Yangi nashr



Yüklə 16,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/133
tarix08.10.2023
ölçüsü16,16 Mb.
#126305
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   133
6 Tabiiy fan Darslik (6 sinf) 15.06.22 180622121301

Asosiy iqlim mintaqalari
Ekvatorial
Yil bo‘yi issiq va seryomg‘ir yoz, 
harorat +24 – +26 °C atrofida saqlanadi.
Shimoliy va janubiy tropik
Yoz issiq, quruq; qish iliq, quruq. Yog‘in kam yog‘adi.
Shimoliy va janubiy mo‘tadil
To‘rtta fasl aniq namoyon bo‘ladi.
Qutbiy (arktika va antarktika) Yil bo‘yi sovuq, yog‘in kam yog‘adi. Yer qor va muzlik bilan qoplangan.
Oraliq iqlim mintaqalari
Shimoliy va janubiy 
subekvatorial
Yoz issiq, seryomg‘ir; qish iliq, quruq.
Shimoliy va janubiy subtropik
Yoz issiq, quruq; qish iliq, yog‘inli (yomg‘ir, ba’zan qor).
Subarktika va subantarktika
Yoz biroz iliq, yog‘inli; qish sovuq, quruq.
1. Nima sababdan ekvatordan qutblarga tomon issiqlik kamayib boradi?
2. Nima uchun yilning turli fasllarida quyosh nurlari yer yuzasiga har xil burchak ostida 
tushadi?
3. Dengiz iqlimi kontinental iqlimdan nimasi bilan farq qiladi?
31-MAVZU. 
IQLIMGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
1. Iqlimga ta’sir etuvchi omillar hamma joyga bir xil ta’sir etadimi?
2. Qayerlarda iqlim sovuq bo‘ladi – tog‘lardami yoki tekisliklarda? Nima deb o‘ylaysiz? 
Iqlim hosil bo‘lishiga bir qancha omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bular quyidagilar:
1
6
A
7
B
7
A
6
B
2
3
5
5
4
4
3
1
1


70
71
5-bob. EKOLOGIYA VA BARQAROR RIVOJLANISH
5-bob. EKOLOGIYA VA BARQAROR RIVOJLANISH
Iqlimiy o‘zgarishlar
Yer iqlimi birdaniga hozirgi holatga kelib qolmagan. U o‘tmishda turli xil holatlarda bo‘lgan. 
Yer iqlimining o‘tmishdagi holati va uning o‘zgarishi geologik davrlarda o‘z aksini topgan.
Arxey
Bu erada dastlab materik platformalari tashkil topgan. Butun yer yuzi sayoz 
okean bilan qoplangan. Vulqonlar otilishi juda tez kuzatilgan. Quyosh 
radiatsiyasi esa hozirgidan katta bo‘lgan. Yer shari iqlimi issiq va sernam 
bo‘lib, issiqlik va namlik yuqori bo‘lgan. 

Yüklə 16,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə