Tabiiy fanlar fakulteti


Koala-Sharqiy Avstraliya o`rmonlarida tarqalgan xaltalilar turkumiga mansub xaltali ayiq. Koatalar (o`rgimchaksimon qora maymunlar)-



Yüklə 456,93 Kb.
səhifə55/59
tarix24.12.2023
ölçüsü456,93 Kb.
#160436
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika-fayllar.org

Koala-Sharqiy Avstraliya o`rmonlarida tarqalgan xaltalilar turkumiga mansub xaltali ayiq.

Koatalar (o`rgimchaksimon qora maymunlar)-gajak dumli maymunlar oilasiga mansub maymunlar avlodi. Janubiy va Markaziy Amerikadagi tropik o`rmonlarda yashaydi.

Konkurentsiya-ozuqa resurslari yoki hayot maskanlarida sodir bo`ladigan ziddiyat, raqobat, musobaqa, bir yoki bir nechta turlarning vakillari orasidagi antogonistik munosabatlar. Hayot uchun kurashning bir shakli hisoblanadi.

Kosmopolit-yer yuzining hayot mavjud bo`lgan katta qismida uchraydigan o`simlik va hayvonlar turi yoki boshqa taksonlari. Kosmopolit hayvonlarga shahar chumchug’i, qirg’q qaldirg’ochi, skopa, kulrang kalamush, suvaraklar va boshqalarni ko`rsatish mumkin.

Qo`lqanotlilar-sutemizuvchilar sinfi turkumi.

Qo`sh nafas olish-qushlar uchayotganda bir marta olingan havodan ikki marotaba nafas oladi. Uchish vaqtida havo xaltachalarining nasos organi sifatidagi ahamiyati nihoyatda katta. Qanotlar ko`tarilganda havo xaltachalari kengayadi va havo katta kuch bilan avval o`pkaga, keyin o`pka orqali havo xaltachalariga o`tadi. Qanotlar tushirilganda havo xaltachalari siqiladi va o`pkaga yana toza havo kiradi. Havo xaltachalarida gazlar almashinmaydi. Bu holat qo`sh nafas olish deb ataladi.

Kyuvye nayi-lantsetnik va umurtqali hayvonlarning qon tomiri. Kyuvye nayi oldingi va keyingi kardinal venalarning qo`shilishidan hosil bo`ladi hamda vena sinusi yoki bevosita yurak bo`lmasiga kelib quyiladi.

Lantsetniklar-boshskeletsizlar kenja tipining xordaboshlilar sinfiga mansub oila.

Latimeriya-Komor orollari yaqinida suv tubida bir necha yuz metr chuqurlikda yashaydigan panjaqanotlilar kenja sinfiga mansub baliq turi.

Lichinka xordalilar-xordalilar tipining kenja tipi, qobiqlilar ham deyiladi. Rivojlanishining lichinkalik davrida xordalilarga xos bo`lgan belgilar bo`ladi.


Yüklə 456,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə