Tabiiy fanlar fakulteti


DARSLIKDA UCHRAYDIGAN AYRIM SO’ZLARNING



Yüklə 456,93 Kb.
səhifə51/59
tarix24.12.2023
ölçüsü456,93 Kb.
#160436
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   59
A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika-fayllar.org

DARSLIKDA UCHRAYDIGAN AYRIM SO’ZLARNING

IZOHLI LO’G’ATI
Abissal (tubsiz)-dengiz tubining 3000-6000 m chuqurligiga to`g’ri keladigan qismi.

Avtotomiya (kesib tashlash)-bir qancha hayvonlarda kuchli qo`zg’alish ta`sirida masalan, yirtqich hayvon changaliga tushib qolganda oyoqlari, dumi yoki tanasining bir qismini beixtiyor uzib tashlashi. Kaltakesaklarda avtotomiya dumining ko`ndalang tog’ay qismidagi muskullarning kuchli va tez qisqarishi natijasida uzib tashlanadi. Avtotomiyada tananing uzib tashlangan qismi qayta tiklanadi.

Agamalar-kichik va o`rtacha kattalikdagi kaltakesaklar kenja turkumining oilasi.

Adaptatsiya (moslashuv)-organizmning evolyutsiya jarayonida turli yashash sharoitlariga moslanishi.

Aklimatizatsiya-iqlimga moslashish, organizmning yangi yashash sharoitiga moslashishi.

Akkomodatsiya (moslashuv)-ko`zning turli masofadagi narsalarni ochiq-ravshan ko`rishga maslashuvi.

Allantois(embrion qovug’i)-sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilar, ya`ni amniotalarning embrion pardalaridan biri.

Alveolalar (pufakcha, xaltacha)-o`pka bronxlarining oxirgi qismi.Ular nafas olganda kengayib, nafas chiqarganda torayib havo almashinuvini ta`minlaydi.

Amnion (qog’onoq)-yuksak umurtqalilar(sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilar)ning murtak pardasi.

Amniotalar-embrioni atrofida murtak parda, shu jumladan amnion hosil qiladigan yuksak tuzilishga ega bo`lgan umurtqali hayvonlar (sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilar).

Amfibiyalar-suvda hamda quruqlikda yashovchilar, umurtqali hayvonlar kenja tipining sinfi .

Amfisbenlar(halqali kaltakesaklar)-kaltakesaklar kenja turkumining bir oilasi.Tropik Amerika va Afrikada tarqalgan.

Anabioz-hayotiy jarayonlari keskin sekinlashgan organizm holati, yashash sharoiti juda yomonlashganda (harorat o`ta yuqori yoki past bo`lganda) hayvonlarda bu holat kuzatiladi.


Yüklə 456,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə