Tadbirkorlik va boshqaruv


-jadval. Iqtisodiy resurslar va uning turlari



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/18
tarix10.07.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#119474
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
 
1-jadval. Iqtisodiy resurslar va uning turlari
1.2.Ishlab chiqarish omillari 
Кishilar o’zaro doimo iqtisodiy faoliyatga kirishadilar. Bu faoliyatni o’rganish 
oson bo’lishi uchun uni to’rt turga ajratadilar: 
-
ishlab chiqarish;
 
-
 
taqsimlash;
 
-
ayirboshlash;
 
-
iste’mol sohasidagi faoliyatlar.
 
Ishlab chiqarish
– deganda moddiy ne’matlar tayyorlash jarayoni tushuniladi. 
Iqtisodda ishlab chiqarish keng ma’noga ega. Кishilar ehtiyojini qondirishga 
qaratilgan faoliyat ishlab chiqarish hisoblanadi. Ishlab chiqarishga moddiy ne’matlar 
yaratish bilan birga xizmat ko’rsatish ham kiradi. Кishilar faoliyat ko’rsatadigan 
chakana savdo, banklar, sug’urta, buxgalteriya, yurisprudensiya, ta’lim va sog’liqni 
saqlashdagi kishilarning mehnati ham unumli mehnatdir. Hozirgi davrda zavod


10 
shaxta, elektrostansiyadagi ishlab chiqarish faoliyatini xizmat ko’rsatish sohasisiz 
tasavvur qilish mumkin emas. 
Umuman ishlab chiqarish
— bu uning o’ziga xos ijtimoiy shakllariga bog’liq 
bo’lmagan asosiy umumiy belgilarning yig’indisidan iborat ilmiy abstraksiyadir. 
Ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonining taraqqiyoti insoniyat madaniyati olg’a 
qarab rivojlanishining moddiy asosidir. Ishlab chiqarish bir yo’la bo’ladigan harakat 
emas, ishlab chiqarish uzluksiz jarayondir. Doimo takrorlanib va tiklanib turadigan 
bu jarayon 
takror ishlab chiqarish 
deyiladi. 
Takror ishlab chiqarish ikki turga bo’linadi: oddiy takror ishlab chiqarish
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish. Oddiy takror ishlab chiqarish deb ishlab 
chiqarish hajmining bir miqdorda takrorlanishiga aytiladi. Кengaytirilgan takror 
ishlab chiqarish deb ishlab chiqarish jarayonining doimiy ravishda o’sib borishiga 
aytiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning 
manbai bo’lib korxonalarning sof daromadlari, turli shakllardagi investisiyalar, 
olingan 
kreditlar 
va 
ammortizasiya 
mablag’lari 
hisoblanadi. 
Ishlab chiqarish jarayonida tovarlar hajmi ham uning qiymati ham oshib 
boradi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan jamiyat o’z oldiga qo’ygan maqsadni 
amalga oshiradi, majud muammolarni hal qiladi. Ishlab chiqarish jarayonida moddiy 
ne’matlarning yaratilishi nomoddiy sohalarning ham rivojlanishiga ta’sir o’tkazadi. 
Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda umumiy iqtisodiy rivojlanishda, moddiy 
sohaning 
ulush 
kamayadi 
va 
nomoddiy 
ulush 
oshib 
boradi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə