Tadbirkorlik va boshqaruv



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/18
tarix10.07.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#119474
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Taqsimlash 
— bu ishlab chiqarish jarayonida vujudga keltirilgan moddiy 
boyliklar jamiyat a’zolarini ijtimoiy mehnat faoliyatlarida qatnashish darajalariga 
qarab o’z hissalariga yarasha ish haqi ko’rinishidagi ne’matlarga ega bo’lishdir. 
Ayirboshlash 
— jamiyat a’zolarining ijtimoiy ravnaqlari uchun turli xil 
moddiy boyliklar zarur bo’ladi. Shuning uchun ham ular orasida ayirboshlash 
jarayoni amalga oshadi. Ayirboshlash ishlab chiqarish bilan iste’molni bir-biriga 
bog’lab turadi. 
Iste’mol
— jamiyat a’zolari ishlab chiqarish jarayonida doimiy takroriy 
ravishda qatnashishlari uchun, o’zlarining fiziologik mehnat qilish qobiliyatlarini 


tiklash 
uchun 
yaratilgan 
moddiy 
boyliklarning 
iste’mol qilinishidir. 
Jamiyatning taraqqiyoti ishlab chiqarish jarayoni bilan uzviy bog’liqdir. 
Ishlab chiqarish jarayoni insonlarning mehnat qilish jarayoni bilan bog’liq bo’lib, 
ular o’z ehtiyojlarini to’liq qondirish uchun mehnat qiladilar. Ishlab chiqarish 
jarayonida insonlar mehnatlari orqali yashash va taraqqiy etish uchun zarur bo’lgan 
moddiy ne’matlarni yaratibgina qolmay, ongli ravishda mehnat qiladilar va o’z 
malakalarini doimiy ravishda oshirib boradilar. Ishlab chiqarish jarayonining asosiy 
omillari quyidagilar: 
Inson omili
— deb ishchi kuchining aqliy va jismoniy mehnat qobiliyatini 
o’zida ifodalashiga aytiladi. Ya’ni mehnat qobiliyatiga ega bo’lgan insongina ishchi 
kuchi qobiliyatiga ega bo’ladi. Insonlar mehnat qilish jarayonida tabiatning 
o’zgarishiga ta’sir etishi bilan birga o’zining bilim doiralarini ham kengaytirib 
boradilar. 
Mehnat resurslarining o’rtacha ish bilan bandligi soni 2007 yilda 2006 
yildagiga nisbatan 2.6 foizga o’sgan va 10735,4 ming kishini tashkil etgan. Iqtisodda 
band bo’lganlarning 2006 yilda 22,1 foizi davlat muassasalarida va 77,9 foizi 
nodavlat tashkilotlarida band bo’lganlar. 2007 yilda ishlab chiqarishda band bo’lgan 
aholining o’sishi asosan nomoddiy sohalarda 3,0 foizga va moddiy ishlab chiqarish 
tarmoqlarida 2,4 foizga ko’paygan. 2007 yilda mehnat bilan ta’minlash bo’yicha 
557,4 ming kishi ishga joylashtirish tashkilotlariga murojaat qilganlar. Bu 
ko’rsatkich 2006 yilga nisbatan 42,4 foizga ko’paygan. Ishga joylashtirish bo’yicha 
murojaat 
qilganlarni 
74,5 
foizi 
qishloq 
aholisi 
tashkil 
etgan
10

Mehnat omillari
deb inson o’z ta’sirini o’tkazadigan tabiat boyliklariga 
aytiladi. Mehnat omillari xom ashyo holatida va tayyor mahsulot ko’rinishida 
bo’lishi mumkin. Masalan, g’isht ishlab chiqarish sanoati uchun tuproq xom ashyo 
sifatida foydalaniladi. U ishlab chiqargan tayyor mahsulot g’isht, tovar bo’lib 
iste’molchi 
quruvchilar 
uchun 
xom 
ashyo 
bo’lib 
hisoblanadi. 
Fan va texnika taraqqiyoti yangi "mehnat omillarini ishlab chiqarishga olib 
kelsada tabiiy, mehnat omillari asosiy omil sifatida o’z mavqeini hech qachon 
yo’qotmaydi. Buyuk iqtisodchi olim U. Pettining «Mehnat boylikning otasi va faol 


12 
prinsipidir, er esa uning onasi» degan iborasi o’z qiymatini shu kunda ham to’la 
saqlab qolgan. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə