Tadbirkorlik


 . 0 ‘ZBEKIST0NDA TADBIRKORLIKNING



Yüklə 9,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/236
tarix23.05.2023
ölçüsü9,01 Mb.
#112330
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   236
Tadbirkorlik asoslari. Hamroyev H

3.1 . 0 ‘ZBEKIST0NDA TADBIRKORLIKNING
RIVOJLANISH ASOSLARI VA XUSUSIYATLARI
Tadbirkorlik o‘tgan ikki asr davomida rivojlanib, turli davrlar va 
bosqichlarni bosib o‘tdi. Har bir davr va bosqichda tadbirkorlik oldida 
o‘ziga xos vazifalar turadi. Masalan, AQShda tadbirkorlikning rivoj- 
lanishi quyidagi besh davrga ajratiladi.1
1. Ilk texnikaviy qurollanish davri. Bu davrda (1820 - 1900- yillar) 
sanoatda, ayniqsa, p o‘lat eritish, paxta tozalash, to ‘qimachilik, avtomo- 
bilsozlik sohalarida texnika va inqilobiy o ‘zgarishlarga asoslangan in­
dustrial ishlab chiqarish yaratiladi. Mazkur bosqichda tadbirkorlikning 
asosiy vazifasi-ishlab chiqarishni yangi texnika vositalari asosida qayta 
qurish va rivojlantirishdir.
2. Ommaviy ishlab chiqarish davri. Bu davrda (XX asr boshidan 
30-yillarigacha) konveyer va mehnatni ilmiy tashkil etishni joriy qi­
lish asosida ommaviy ishlab chiqarishga o‘tish va mahsulot tannarx- 
ini kamaytirish, raqobatning yuzaga kelishiga erishiladi. Bu bosqichda 
tadbirkorlik oldida turgan asosiy vazifa mahsulotni ommaviy miqyosda 
ishlab chiqarish va tannarxini pasaytirish hisoblanadi.
3. Ommaviy ayirboshlash davri. Bu davrda (XX asming 30 - 50 
yillari) asosiy e ’tibor ishlab chiqarishdan bozorga, ayirboshlash orqali 
iste’molchilar ehtiyojlarini qondirishga ko‘chadi. Shakllanayotgan ta­
labni sezish, aniqlash va ishlab chiqarishni uni qondirishga yo‘naltirib 
tashkil etish tadbirkorlikning asosiy vazifasi b o iad i. Shu paytda mar­
keting nazariyasi amaliyotda keng qo’llanila boshlaydi.
4. Yuqori industrlashgan davr (XX asming 50 - 70- yillari). Bu 
davrda tadbirkorlik sohalari va rivojlanishining kengayishi, ishlab 
chiqarishni industrial qayta qurish va texnologiyaning muhim raqobat
!NasritdinovaM. A., Ahmedov О. M. Biznes strategiyasi. - Т., Sharq, 1996. - 12 - 13 
betlar.
42


vositasiga aylanishi, boshqarishda biznes muhitini hisobga olish yuz 
beradi. Bu bosqichda tadbirkorlikning asosiy vazifasi ishlab chiqarish­
ni davomiy texnik qayta qurollantirish, texnologiya, talab, mahsulotni 
o‘zaro muvofiqlashtirish va bozor sharoitlariga moslashish hisoblanadi.
5. 
Zamonaviy tadbirkorlik davri. (XX asrning 70 va undan keyingi 
yillar) Bu davrda biznes xalqaro tus oladi, boshqaruv va rivojlantirishda 
muqobil variantlar qo‘llanila boshlaydi, ishlab chiqarish va sotishda di- 
versifikatsiya kirib keladi, jamiyatning tadbirkorlikka talablari, ijtimoiy 
mas'uliyat mezonlari kuchaydi, strategik rejalashtirishning yangi usul­
lari va jihatlari shakllanadi. Bunda asosiy vazifa intematsionallashirish 
yo‘lidan borib, milliy doiradan tashqaridagi bozorlarni o'zlashtirish 
hamda talab, texnologiya, mahsulot hayotiy davrlarini uzaytirishga in- 
tilish hisoblanadi.
Rivojlangan mamlakatlarda XX asrning 70- yillari o‘rtalaridan 
boshlab iqtisodiy tanglik davrida iqtisodiyot yangi modeli - innovatsion 
yoki axborot-industrial modeli shakllana boshladi. Bu davrda firmalar- 
da ishlab chiqarish va boshqarish bozor konyunkturasi va marketing 
konsepsiyasiga asoslana borishi xo‘jalik yuritish tarzida o ‘zgarishlarga 
olib keldi. 0 ‘sha iqtisodiy sharoitda bozorda muvaffaqiyat qozonishni 
ta’minlaydigan hujumkor xatti-harakat tarzi yuzaga chiqa boshlaydi. 
Bunda marketing vositalari va usullari asosiy o‘rin egallaydi va nati- 
jada jamoatchilik ayrim qatlamlari orasida marketingga nisbatan salbiy 
munosabat shakllanadi. Aynan shu davrda tadbirkorlik alohida faoliyat 
sifatida yangi bosqichga o ‘tib, o‘zini o‘zi tartibga solib turuvchi tizim 
darajasiga ko‘tarialadi, ayniqsa, xususiy biznes tez rivojlana boshlaydi. 
Shundan keyingi 20 yil ichida har yili AQSh va Italiyada 300 mingdan, 
Yaponiyada 200 mingdan yangi korxona pay do bo‘ladi. Shu davrda 
tadbirkor jamiyatda ijtimoiy muhim o‘rin egallay boshlaydi, turli xil 
m a’muriy-huquqiy cheklovlar bekor qilinib, tadbirkorlikning xo‘ja!ik 
erkinligi keskin kengaytiriladi, biznes inkubatorlar, innovatsion park- 
lar rivojlanib, axborot ta ’minoti yaxshilanib, fuqarolaming biznes bi­
lan shug‘ullanish imkoniyatlari kengayadi. 0 ‘tgan asrning oxiri, joriy 
asrning boshlarida iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda tadbirkorlik, 
biznesning holatini 3. 1- jadvalda keltirilgan m a’lumotlardan ko‘rish 
mumkin.
(Manba: Russkiy ekonomicheskiy jurnal, 1998.)
43


3.1- jadval
Kichik biznesning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘mi

Yüklə 9,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə