50
Biroq, ko‘pchilik holatlarda yuqori malakali mutaxassislar,
maxsus hisoblash
texnikasi, keng miqyosli so‘rovlar o‘tkazishni talab qiladigan yirik tadqiqot o‘tkazish
hatto yirik korxonalarga ham og‘irlik qiladi. Murakkab marketing tadqiqotlarini
tijorat asosida ishlayotgan maxsus marketing yoki konsalting
firmalari yordamida
amalga oshirish maqsadga muvofiq (ba’zida ayrim firmalar mustaqil ravishda yoki
o‘rindoshlik asosida reklama faoliyati bilan shug‘ullanadi).
Bundan tashqari,
marketing tadqiqotlari o‘tkazishga ilmiy muassasalarni,
shuningdek, o‘rta-maxsus va
oliy o‘quv yurtlarini jalb qilish mumkin. Marketing tadqiqotlari bilan, shuningdek,
ayrim davlat va jamoat tashkilotlari ham shug‘ullanadi. Bundan tashqari,
firmalar
uchun zarur bo‘lgan bozor xaqida mikro va makro axborotni ayrim davlat
organlaridan va xususiy kompaniyalardan sotib olish mumkin.
Marketing tadqiqoti funksiyalarini ixtisoslashgan
firmalarga berishning
afzalligi quyidagilardan iborat:
➢
birinchidan, axborot to‘plash, ekonometrik va statistik tahlil usullariga ega
bo‘lgan ko‘p sonli mutaxassislar
jamoasini shakllantirish, ularni zarur asbob-
uskunalar, jumladan, murakkab kompyuter texnikasi bilan ta’minlash zarurati;
➢
ikkinchidan,
ixtisoslashgan
firmalar
marketing
muayyan
sohasida
tadqiqotchilik faoliyati tajribasiga, zarur aloqalarga ega;
➢
uchinchidan, ko‘plab bunday firmalar maxsus tanlanma tadqiqotlar o‘tkazish
uchun panellarga, shuningdek, mutaxassis-intervyuyerlar, bank dasturlari (modellari)
va hokazolarga ega bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: