49
2.3-rasm. Marketing tadqiqotini tashkil qilish tipologiyasi
Qattiq turdagi struktura xodimlarining majburiyatlar doirasi shartnoma bilan
qat’iy belgilab qo‘yiladi, yumshoq strukturalarda
xodimlarning majburiyatlari
taxminan belgilanadi va sharoitga bo‘ysunadi. Mos ravishda marketing tadqiqot
faoliyati ham tashkil qilinadi.
Ba’zida marketing tadqiqotlari firma apparatining umumiy sa’y-harakatlari
bilan amalga oshiriladi, bunda tadqiqot dasturlari
marketing xizmatining turli
bo‘limlari – sotuv bo‘limi, transport bo‘limi, moliya bo‘limi, buxgalteriya bo‘limi va
h.k. bo‘yicha taqsimlanadi. Marketing tadqiqotlari bo‘limi bu ishlarni tadqiqot
faoliyatiga tegishli doirada umumlashtirish va muvofiqlashtirishi lozim.
Keng mahsulot assortimentiga, ta’minotchlar,
savdo vositachilari, mijozlar va
moliyaviy muassasalar bilan ko‘p sonli aloqalarga ega bo‘lgan yirik korxonalar yirik,
chuqur strukturalangan va iyerarxik tuzilgan marketing
tadqiqoti xizmatisiz
muvaffaqiyatga erisha olmaydi.
O‘rta korxonalar son bo‘yicha kamtarroq, biroq ancha qattiq strukturalangan
xizmat tashkil qiladi. Kichik firmalar kamdan-kam
hollarda mustaqil marketing
xizmati bo‘limlarini tashkil qiladi, odatda bu majburiyatlar o‘rindoshlik asosida
xodimlardan biriga yuklatiladi.
Dostları ilə paylaş: