Талабалар (ЎҚувчилар) мустақил ўҚув фаолиятини ташкил этиш


Mustaqil ishlar xususiy-didaktik maqsadining to`rtinchi tipi



Yüklə 23 Kb.
səhifə2/2
tarix22.03.2024
ölçüsü23 Kb.
#182953
1   2
Mustaqil ishlar xususiy-didaktik maqsadining to`rtinchi tipi ijodiy faoliyatga omillar yaratishdir.
Bunday ishlarni bajarishdagi talabalarning bilish faolligi shundan iboratki, bunda talabalar muhokama qilinayotgan obyekt mohiyatiga tobora chuqur kirib boradi, zarur bo`lgan yangi, oldindan noma`lum bo`lgan g`oyalarni topish va yangi axborotlarni yuzaga keltirish tamoyillarini hal qilish uchun zarur bo`lgan yangi aloqalar munosabatlarni o`rnatadi. Bunda talaba vazifalarni bajarishning har bir bosqichida o`zi yaratishi lozim bo`lgan, uning uchun yangi bo`lgan harakatlar mohiyati, u yoki bu axborot xarakteri ustida bosh qotirishga majbur bo`ladi.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda mustaqil ishlarning quyidagi turlari qayd qilinadi:
- namunalar bo`yicha mustaqil ishlar;
- rekonstruktiv-yeariatiye;
- evristik (qisman, ijodiy);
- Tadqiqiy mustaqil ishlar
- ijodiy tadqiqot.
Namunalar bo`yicha mustaqil ishlar tipik vazifalarni, turli mashqlarni namuna asosida yechishdir. Ular materialni o`zlashtirishga omil bo`ladi, lekin talabalarning ijodiy faolligini o`stirmaydi;
Rekonstruktiv-variativ mustaqil ishlar nafaqat bilimlarning amaliy tavsifnomasini, balki bilimlar tuzilmasini qayta ishlab chiqishni, masala, muammoni yechishda mavjud bilimlarni jalb qilishni ko`zda tutadi.
Evristik mustaqil ishlar ma`ruza, laboratoriya, amaliy mashg`ulotlar, seminarlarda qo`yilgan ayrim masala, muammolarni hal qilish bilan bog`liqdir.
Tadqiqiy mustaqil ishlar tadqiqot muammosini ko`ra olish malakasini, uni mustaqil ifodalay olish, farazni belgilab olish, muammonining hal qilinish rejasini ishlab chiqish, uni hal qilishni mo`ljallaydi.
Ijodiy tadqiqot ishlar bunday ishlarda vazifa muammoli vaziyatning yuzaga kelishini taqozo qiladigan sharoit yaratishdan iborat bo`ladi. Talaba o`z faoliyatida tayyor namunalardan ozod masalaning hal qilinish yo`llarini qidiradi, tadqiq qiladi. Bunday ishlar sirasiga eksperiment qo`yish, jihozlar, maketlar va loyihalash bilan bog`liq bo`lgan vazifalar kiradi.
Shunday qilib, mustaqil ishlar o`qitishning eng muhim metodi bo`lib, unda talabalar mashg`ulotlarga tayyorlanish, olingan bilim, malaka va ko`nikmalarni mustahkamlash jarayonida ularning individual faolligi oshadi.
Mustaqil ishlarni samarali tashkil etishning asosiy shartlari quyidagilardan iborat:
- mustaqil ishlarning ilmiyligi, uning tadqiqiy xarakteri;
- mustaqil ravishda o`z bilimlarini yanada oshirib borishga bo`lgan ehtiyojning shakllanishi;
- mustaqil ishlar yeazifalarini individuallashtirish;
- mustaqil ishlarni tashkil etishga metodik rahbarlik qilish.
Oliy maktabdagi o`quv jarayoni mustaqil tahsilni tashqil etilishini ham ko`zda tutadi. Talabalarning mustaqil tahsili ularning o`z bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish, mavjud malaka va ko`nikmalarni takomillashtirish hamda ularning yangilarini o`zlashtirishga bo`lgan intilishi sifatida qaraladi.
Mustaqil tahsilning asosiy maqsadi talabalarning shaxsiy va kasbiy sifatlarini o`stirishdir.
Mustaqil tahsilning vazifalari: shaxsning intellektual imkoniyatlarini yangilash, ularning g`oyaviy-nazariy saviyasini oshirish, kasbiy mahorati va madaniyatini takomillashtirish.
Oliy maktabdagi o`quv jarayoni mustaqil tahsilga bo`lgan ehtiyojni shakllantirishga yo`naltirilgan bo`lishi va talabalarning o`z-o`zini baholay olishini, ularning tayyorgarligini, yangi bilimlarni egallashga bo`lgan ongli munosabatini aniqlab berishi kerak. Mustaqil tahsil bo`yicha mashg`ulotlarning izchilligini va maqsadga muvofiqligini ta`minlash maqsadida uning rejasi tuziladi.
Rejaga quyidagi talablar qo`yiladi:
- rejalashtirilayotgan ishlarning hajmi va oldinma-ketinligi;
- ularning bajarilish muddatlari;
- mustaqil faoliyatning har bir turiga maqsadli ko`rsatmalar berish.
Mustaqil tahsil jarayoni uning aniq shakli, vositalari va usullarini qamrab olishi shart.
Mustaqil tahsilning asosiy metodi adabiyotlar ustida individual ishlashdir. Bu metod axborotlar oqimida eng muhim axborotni topish, unga to`g`ri baho berish, ushbu axborotdan o`zining kasbiy faoliyatida foydalanish malakasini shakllantiradi. Qo`lga kiritilgan axborotlar asosida mustaqil mashq qilish metodlaridan foydalanish imkonini beradi. Bu metoddan foydalanish amaliy faoliyatida zarur bo`ladigan sifat ko`rsatkichlarini ta`minlaydi.
Shuningdek, mustaqil tahsilga amaliy ahamiyatga molik bo`lgan vazifalarni bajarish va audiovizual uskunalar bilan ishlash ham kiradi.
Mustaqil tahsilning muhim metodlaridan biri ularning muloqotidir. Mustaqil tahsilning pirovard maqsadi talabalarni ijodiy izlanishga, o`zi ustida ishlash, har tomonlama tadqiqot yuritishning mohiyatini anglashga tortishdir.
A d a b i y o t l a r :

  1. Rahmatullaev Sh. Hozirgi o`zbek adabiy tili. Toshkent, 1992.

  2. Rahmatullaev Sh. O`zbek tilining yangi alifbosi va imlosi. Toshkent, 1999.

  3. Jamolxonov H. Hozirgi o`zbek adabiy tili. Toshkent, 2005.

  4. Jamolxonov H. Grafika va orfografiya. Ma`ruzalar matni. Toshkent, 1999

  5. SHoabduraxmonov SH va boshqalar. Hozirgi o`zbek adabiy tili. Toshkent, 1980.

Yüklə 23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə