Talabalarda ijtimoiy va kasbiy kompetentlikni rivojlantirish texnologiyasi



Yüklə 245,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix27.02.2023
ölçüsü245,42 Kb.
#101587
1   2   3   4
696-Текст статьи-1896-1-10-20210315

“Portfolio”
metodi. 
Ushbu 
metod 
talabalarning 
kasbiy 
va 
ijtimoiy 
kompetensiyalarning shakllanishini namoyon qiladigan materillar va ma’lumotlar 
to’plamidan iborat. Portfolio ularning ta’lim jarayonida erishgan natijalarini
olimpiadalar, tanlovlar, xalqaro va respublika miqyosidagi 
 
konferensiyalardagi 
yutuqlaridan iborat bo’ladi.
Imitatsion topshiriqlar metodi
. Imitatsion (taqlidga oid) topshiriqlar bo’lajak 
kasbiy faoliyatga maksimal darajada yaqinlashtirilgan vaziyatlarni hal etishga 
qaratilgan topshiriqlardan iborat bo’ladi. Bu metodning mohiyati talabalarga qo’yilgan
kasbiy vazifalarni mustaqil amalga oshirishi uchun shart-sharoit yaratish, kasbiy 
faoliyat muhitiga olib kirish orqali ularning ijtimoiy va kasbiy kompetensiyalari 
mavjudligining dalillarini namoyon qilishdadir. Keltirilgan dalillar talaba tomonidan 
kasbiy faoliyatga tegishli bo’lgan vazifalarning yechilishi jarayonini kuzatish natijasida 
to’plab boriladi.
Biz yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishimiz 
lozim.Tarixga nazar tashlasak, ona yurtimiz tuprog’ida qanchadan-qancha 
ma’rifatparvar siymolar, buyuk daholar yetishib chiqqanligini ko’ramiz. Biz kimning 
avlodlari ekanligimizni unutmasligimiz kerak. Vatanimizni kelajagi bizning qo’limizda. 
Birinchi prezidentimiz Islom Karimov o’z ma’ruzalarida ta’kidlagan quyidagi hikmatli 
so’zlari ham bejiz emas: “Kelajakda O’zbekiston yuksak darajada taraqqiy etgan 
iqtisodi bilangina emas, balki bilimdon, ma’naviy jihatdan yetuk farzandlari bilan ham 
jahonni qoyil qoldirishi lozim.” 


Inson qaysi kasb sohibi bo’lmasin o’z ishiga , mashg’ulotiga mehr bilan 
yondashsa, uning sirlarini mukammal egallaydi. O’z-o’zini anglaydi, shu sohada kamol 
topadi. Pedagog ham bolalarni sevsa, tarbiyalasa, o’zi ham ulg’ayadi, pedagogga oid 
sifatlar kasb etib boradi. Kelajak yoshlarni qo’lida deyapmiz, demak biz xalqning 
ertangi kunimiz. Biz interfaol darslar tashkil etilishini xohlaymiz. Bunda o’qituvchining 
notiqlik san’ati, chiroyli so’zlash mahorati bizning diqqatimizni jalb qiladi. O’qituvchi-
pedagoglarni hurmat qilamiz, chunki nihoyatda mas’uliyatli va sharafli kasb. Bu kasbda 
kompetentlik muhim ahamiyatga ega. Kompetentlikni shakllantirish bilan bir qatorda 
hozirgi kundagi asosiy vazifalarimizdan biri talabalarni shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy 
hayotida uchraydigan vaziyatlarda egallab turgan tipdagi malakalarini samarali 
ravishda qo’llashga o’rgatish, mustaqil holda fanga tegishli kerakli axborotlarni izlab 
topish, tahlil qilish natijasida zaruriy bilimlarni oshirishga oid materiallarni ajrata 
olish, ko’zda tutilmagan noaniq, muammoli vaziyatlar yuzaga kelganda ish beradigan 
malakalarga alohida ahamiyat berish hamda egallagan bilimlarini kundalik turmushi 
jarayonida qo’llay oladigan xususiyatlarni egallagan holda tarbiyalashdan iboratdir. 
Bo’lajak pedagoglarda bu xususiyatlarni tarbiyalashda o’z sohalariga doir barcha 
fanlarga oid bilim, ko’nikma va malakalarni dars jarayonlarida singdirish bilan 
birgalikda ularda kompetensiyalarni ham shakllantirish lozim.

Yüklə 245,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə