Ta’lim jarayonlarida axborot texnologiyalarning tutgan o’rni



Yüklə 286,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix28.11.2023
ölçüsü286,18 Kb.
#135729
1   2   3
International Scientific Journal “Internauka”
 http://www.inter-nauka.com/ 
International Scientific Journal “Internauka”
 http://www.inter-nauka.com/ 
barobar unumli va vaqtdan yutish mumkun. Multimedia vositalari asosida bilim 
olishda 30% gacha vaqtni tejash mumkin bo’lib, olingan bilimlar esa xotirada uzoq 
muddat saqlanib qoladi. Agar o’quvchilar berilayetgan materiallarni kurish asosida 
qabul qilsa, axborotni xotirada saqlash 25-30%oshadi. Bunga qushimcha sifatida 
o`quv materiallari audio, video va grafika kurinishda mujassamlashgan xolda 
berilsa, materiallarni xotirada saqlab qolish 75% ortadi.

Multimedia vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish quyidagi 
afzalliklarga ega: 
a) berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o`zlashtirish 
imkoniyati bor; 
b) ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi 
yanada ortadi: 
v) ta’lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga 
erishish; 
g) olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq saqlanib, kerak bulganda 
amaliyotda qo`llash imkoniyatiga erishiladi. 
Informatika va axborot texnologiyalari fundamental fan sifatida kompyuter 
axborot tizimlari negizida istalgan ob’ektlar bilan boshqaruv jarayonlarini axborot 
jihatidan ta’minlashni barpo etish metodologiyasini ishlab chiqish bilan 
shug’ullanadi. Shunday fikr ham mavjudki, fanning asosiy vazifalaridan biri — 
axborot tizimlari nima, ular qanday o’rinni egallaydi, qanday tuzilmaga ega 
bo’lishi lozim, qanday ishlaydi, uning uchun qanday qonuniyatlar xos ekanligini 
aniqlashdir. Yevropada informatika sohasida quyidagi asosiy ilmiy yo’nalishlarni 
ajratib ko’rsatish mumkin: tarmoq tuzilmasini ishlab chiqish, kompyuterli 
integratsiyalashgan jarayonni ishlab chiqarish, iqtisodiy va tibbiy informatika, 
ijtimoiy sug’urta va atrof-muhit informatikasi, professional axborot tizimlari. 
Multimedia tizimining paydo bo’lishi ta’lim, fan, san’at, kompyuter 
treninglari, reklama, texnika, tibbiyot, matematika, biznes, ilmiy tadqiqot kabi bir 
qancha kasbiy sohalarda revolyutsion o’zgarishlar yuzaga kelishiga olib keldi.


International Scientific Journal “Internauka”
 http://www.inter-nauka.com/ 
International Scientific Journal “Internauka”
 http://www.inter-nauka.com/ 
Kompyuterlarni ta’lim tizimida qo’llash g’oyasi ancha ilgari paydo bo’lgan 
bo’lgan bo’lsada, ta’lim tizimining barcha sohalarida axborot texnologiyalarini 
qo’llash multimedia qurilmalari bilan jihozlangan kompyuterlar paydo bo’lgach 
to’liq ma’noda amaliyotga joriy etilib boshlandi.
Multimedia vositalarini ta’limda qo’llash quyidagilarga imkoniyat yaratadi:
• ta’limning gumanizasiyalashuvini ta’minlash;
• o’quv jarayonining samaradorligini oshirish;
• ta’lim oluvchining shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish (o’zlashtirganlik, 
bilimga chanqoqlik, mustaqil ta’lim olish, o’zini o’zi tarbiyalash, o’zini o’zi kamol 
toptirishga qaratilgan qobiliyatlilik, ijodiy qobiliyatlari, olgan bilimlarini 
amaliyotga qo’llay olishi, o’rganishga bo’lgan qiziqishi, mehnatga bo’lgan 
munosabati);
• ta’lim oluvchining kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
• kompyuter vositalari va axborot elektron ta’lim resurslari yordamida har 
bir shaxsning alohida (individual) ta’lim olishi hisobiga ochiq va masofaviy 
ta’limni individuallashtirish va differensiyalash imkoniyatlari sezilarli darajada 
kengayadi;
• ta’lim oluvchiga faol bilim oluvchi subyekt sifatida qarash, uning qadr-
qimmatini tan olish;
• ta’lim oluvchining shaxsiy tajribasi va individual xususiyatlarini hisobga 
olish;
• mustaqil o’quv faoliyatini olib borish, bunda ta’lim oluvchi mustaqil o’qib 
va rivojlanib boradi;
• ta’lim oluvchilarda, o’zlarining kasbiy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish 
uchun hozirgi tez o’zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarga moslashuviga yordam 
beradigan zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini hosil 
qilish.
Multimedia vositalari yordamida shaxsga yo’naltirilgan ta’limni amalga 
oshirish jarayoni zamonaviy, ko’ptarmoqli, predmetga yo’naltirilgan multimediali 
o’quv vositalarini ishlab chiqishni va foydalanishni talab etadi. Ular tarkibiga keng 



Yüklə 286,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə