Ta’lim metodlarini amalga oshirishda qo’yilgan talablar Mundarija: Kirish Asosiy qisim i-bob. Ta’lim metodlarini amalga oshirishda qo’yilgan talablar


II-BOB. TA’LIM METODLARINI TANLAB OLISH SHARTLARI



Yüklə 5,96 Mb.
səhifə5/7
tarix29.11.2023
ölçüsü5,96 Mb.
#141154
1   2   3   4   5   6   7
Ta’lim metodlarini amalga oshirishda qo’yilgan talablar.1111

II-BOB. TA’LIM METODLARINI TANLAB OLISH SHARTLARI
II.1 Ta’lim vositalari va ularning vazifalari
Ta’lim metodlarini tanlash. Pedagogika fanida, o‘qituvchilarning amaliy tajribasini o‘rganish va umumlashtirish asosida ta’lim metodlarini tanlashga o‘quvtarbiya jarayoni kechayotgan shart-sharoitlar va aniq holatlarga bog‘liq muayyan yondashuvlar vujudga keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda quyidagi holatlar inobatga olinishi lozim: • Ta’limning umumiy maqsadlari. • Fanning va o‘rganilayotgan mavzuning mazmuni hamda o‘ziga xosliklari. • Biror fanni o‘qitish metodikasining o‘ziga xosliklari. • Materialni o‘rganishga ajratilgan vaqt. • O‘quv mashg‘ulotining maqsadi, vazifalari va mazmuni. • O‘quvchilarning yoshi va bilish imkoniyatlari. • O‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi. • Ta’lim muassasasining moddiy ta’minlanganligi. • O‘qituvchining nazariy, amaliy va metodik tayyorgarligi, pedagogik mahoratni egallaganlik darajasi.
Ta’lim vositalari va ularning vazifalari. Ta’lim vositalari. Ta’lim metodlari ta’ lim vositalari bilan birgalikda qo‘llaniladi. Ta’lim vositalari - bu yangi bilimlarni o‘zlashtirish uchun o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan foydalaniladigan ob’yekt. Ta’lim vositalari katta ahamiyatga ega. Ta’limning barcha vositalari ta’lim maqsadlarini muvafaqqiyatli amalga oshiradi. Didaktik vositalar deganda, o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalar, namoyishli qurilmalar, texnik vositalar tushuniladi. Ta’lim vositalari o‘zida o‘quv-tarbiyaviy maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan moddiy yoki ma’naviy qadriyatlarni aks ettiradi. Odatda ular ta’lim metodlariga mos holatda foydalaniladi. Biroq agar metodlar «qanday o‘qitish» savoliga javob bersa, vositalar esa, «uning yordamida niamani o‘qitish» savoliga javob beradi. An’anaviy ravishda qo‘laniladigan ta’lim vositalariga darslik, rasmlar, jadvallar, nutq, o‘ quvustaxonasi jihozlari, laboratoriyalar, axborot vositalari, o‘quv jarayonini tashkil eti shva boshqarish vositalari kiradi. Didaktik vositalar metodlar singari ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funktsiyalarni bajaradi. Bundan tashqari o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini hosil qilish, boshqarish va nazorat qilish vazifalarini bajaradi. Didaktik vositalar audivizuallik tafsilotida motivatsion, axborot, ta’lim jarayonini boshqarish, optimallashtirish funktsiyalarini bajaradi. Fanni o‘qitish bilan bog‘liq holda ta’lim vositasi tanlanadi. O‘qituvchi o‘zining ixtiyori bo‘yicha ko‘rgazmali material, o‘quv qo‘llanmadan foydalanishi mumkin. Ta’lim vositasini qo‘llashning yana bir jihati albatta ta’lim jarayonining tarkibiy qismi sifatida aks ettirishidir. Ta’lim vositasini tanlab olish ta’lim metodini tanlab olish bilan bog‘liq. Agar ta’limning faol metodi(kitob bilan ishlash, mashqlar) foyda-lanilsa, u holda o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar va ta’limning texnik vositalaridan foydalaniladi. Aynan ta’limning aktiv-texnik vositalari amaliy metodlarda foydalaniladi. Ta’limning faollikni nisbatan kam talab etadigan metodlari(o‘quvchilar eshitadi, ya’ni hikoya, ma’ruza, tushuntirish, ekskursiya) ta’limning ko‘rgazmali vositalaridan foydalaniladi. Ta’limning ko‘rgazmali vositalari pedagogning o‘zi tomonidan tuzilgan bo‘lishi mumkin. Vositalarning istalgan turidan foydalanishda o‘lchov va mutanosiblikka e’tibor berish kerak. Masalan, ko‘rgazmali vositalarning soni etarli bo‘lmasligi bilimlarning sifatiga ta’sir ko‘rsatadi, bilishga qiziqishni pasaytiradi, obrazli idrok etishni rivojlantirmaydi. Ulardan haddan tashqari foydalanish o‘quvchilarning o‘rganilayotgan fanga engil-elpi qarashiga olib keladi. Murakkab mavzularni o‘rganishda 4-5 demonstratsiya optimal hisoblanadi. Ta’lim vositalari tasnifi aniq va yagona bo‘lishi mumkin emas. Ta’lim vositasining ahamiyatli tomoni ularning birgalikda qo‘llanilishidir va hech qachon bir-birini inkor etmaydi. O‘qituvchining vazifasi - dars jarayonini faollishtirish uchun ta’limning samarali vositasini tanlab olishdir. Ta’lim vositalarini tasniflashda turli asoslarga ko‘ra yondashish mumkin: - faoliyat sub’yektiga ko‘ra; - faoliyat ob’yektiga ko‘ra; - o‘quv axborotiga munosabatiga ko‘ra; - o‘quv jarayonidagi vazifasiga ko‘ra. Faoliyat sub’yekti bo‘yicha ta’lim vositalari o‘rgatish va o‘rganishga bo‘linadi. O‘rgatish vositalari. Masalan, namoyishli-tajriba qurollari. Bunday qurollar o‘qituvchi toionidan mavzuni tushuntirish va mustahkamlash uchun qo‘llaniladi. O‘rganish vositalari. Masalan, laboratoriya-praktikum qurollari. Bunday vositalar o‘quvchilar tomonidan yangi bilimlarni egallash uchun qo‘llaniladi. Didaktik vositalar o‘qituvchi va o‘quvchi uchun xosligiga qarab, ikkiga bo‘linadi. Birinchisiga ko‘ra, narsalar o‘qituvchi tomonidan ta’limning maqsadlarini samarali realizatsiyalash uchun qo‘llanilsa, ikkinchisi - bu o‘quvchilarning individual vositalari, darsliklar, daftarlar. Bundan tashqari didaktik vositalar o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyat turiga ko‘ra sport qurollari, botanika va geografiya maydonchasi, kompyuterlarga ham bo‘ linadi. Faoliyat ob’yektlari bo‘yicha ham ta’lim vositalari ikkiga bo‘linadi: Material ta’lim vositalari. Bu o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar, jadvallar, maketlar, modellar, o‘quvtexnik vositalar, mebel, o‘quv-laboratoriya qurilmalari, ko‘rgazmali vositalar bo‘lishi mumkin. Ideal ta’lim vositalari - bular pedagog va o‘quvchilar yangi bilimlarni egallashda qo‘llaydigan vositalar: chizmalar, sxemalar, diagrammalar, tasviriy, san’at, nutq, xat va boshqalar. Ideal vositalar - bu «fikrlar haqidagi fikrlar»: o‘qituvchi ularni o‘rgatish uchun belgilangan shaklda ko‘rsatishi zarur. Masalan, materializatsiya - abstrakt simvollar tarzida ko‘rsatiladigan vosita(grafiklar, jadvallar, chizmalar), verbalizatsiya - nutq bayoni tarzida ko‘rsatiladigan vosita(tahlil, muhokama qilish, dalil keltirish). Material va ideal vosita bir-birini to‘ldiradi. Material vosita qiziqish va diqqatni uyg‘otish, amaliy harakatlarni amalga oishirish bilan bog‘liq bo‘lsa, ideal vositalar - mantiqiy muhokama. Materialni tushunti-rish, nutq madaniyati, yod olish bilan bog‘ liq. O‘quv axborotiga munosabatiga ko‘ra ta’lim vositalari yangi materialni o‘rganish vositalari, takrorlash, mustahkamlash, umumlashtirish vositalari, bilimlarni nazoart qilish vositalari, o‘quv jarayonini tashkil eti shva boshqarish vositalari va axborot vositalariga bo‘linadi. O‘quv jarayonidagi vazifasiga ko‘ra ta’lim vositalari kommunikatsiya (muloqot) va o‘quv ishlari vositalariga tasnif etiladi. O‘quv ishi vazifa, muammo, masalalarni hal etish, turli mashqlarni bajarish jarayonidir. Ta’lim - kommunikatsiya (muloqot) o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘quv faoliyati sanaladigan kommunikativ-faoliyatli jarayon. Kommunikatsiya - bu kodlash (o‘qituvchi nutqidagi atamalarda), uzatish (yozilish) va o‘quvchilarning axborotni qabul qilishi (tushunish va dastlabki eslab qolish). Didaktik vositalar his qilish, sezish uchun foydalanishiga ko‘ra ham tasnif qilinadi. Bunday bog‘liqlikka ko‘ra didaktik vositalar vizual (ko‘rish) - haqiqiy(original) narsalar yoki turli obrazli ekvivalentlari, diagrammalar, kartalar; audial(eshitish) - radio, magnitofon, musiqa asboblari; audioizual(ko‘rish-eshitish) - ovozli filmlar, televidenie, kompyuterlar, didaktik mashinalar, elektron darsliklar. Ta’limning texnik vositalari. TTV - bu o‘zida o‘quv- axborotlarini ekranli-ovozli aks ettiruvchi asbob va moslamalardir. Ularga quyidagilar kiradi: o‘quv kinofilmlari; diafilmlar; kompyuterlar; magnitofon tasmalari; radioeshittirish; teleko‘rsatuvlar. Ta’limning texnik vositalarini quyidagi turlarga ajratish mumkin: axborot; aralash(kombinatsion); trenajyor; bilimlarni nazorat qilish vositalari; audiovizual vositalar. Ta’ limning texnik vositalari quyidagi funktsiyalarni bajaradi: • ta’limning sifati va samaradorligini oshiradi; • o‘quv jarayonining jadallashuvini ta’minlaydi; • o‘quvchilarni idrok qilishga yo‘naltiradi; • o‘quvchilarda bilimlarni egallashga nisbatan katta qiziqish hosil qiladi; • dunyoqarashni, ishonchni, o‘quvchilarning axloqiy qiyofasini shakllantirishga yordam beradi; • o‘quv ishiga nisbatan o‘quvchilarda emotsional munosabatni oshirishni ta’minlaydi; • bilimlarni nazorat, o‘zini-o‘zi nazorat qilishni ta’minlaydi. Tushunchalar tahlili metodi Tushunchalar Tushunchalar mazmuni Hikoya o‘qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo‘lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo‘li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishi. Didaktik o‘yin o‘rganilayotgan ob’yekt, hodisa va jarayonlarni modellashtirish asosida o‘quvchining bilishga bo‘lgan qiziqishi va faollik darajasini rag‘batlantiruvchi o‘quv faoliyati turi. Ayni vaqtda o‘yin ham ijtimoiy faoliyat ko‘rinishi sanaladi. Tushuntirish o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo‘llaniladi. Undan odatda, nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni o‘rganishda foydalaniladi. Ta’limning texnik vositalari TTV - bu o‘zida o‘quv- axborotlarini ekranli-ovozli aks ettiruvchi asbob va moslamalardir. Ularga quyidagilar kiradi: o‘quv kinofilmlari; diafilmlar; kompyuterlar; magnitofon tasmalari; radioeshittirish; teleko‘rsatuvlar. Ta’lim metodlari o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari yig‘indisi tushuniladi. Ta’lim usullsri ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Metodlar bilan usullar munosabati o‘zaro bir-biriga bog‘langan. Usul va metod butun va qism sifatida birbiriga bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o‘quv vazifasining bir qismi hal qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi vazifalarini amalga oshirishda to‘plangan tajribani hamda oliy ta’limni rivojlantirishning jahon tendensiyasini hisobga olgan holda bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va fanlar dasturlarining yangi avlodini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. “Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar” (bundan keyin OT DTS deb ataladi):
kadrlar tayyorlash sifatiga, ta’lim mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablarni;
ta’lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va yetarli bilim darajasi hamda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan umumiy malakaviy talablarni;
o‘quv yuklamasining hajmini;
ta’lim muassasalari faoliyati va kadrlar tayyorlash sifatini baholash tartibotlari hamda mexanizmini belgilaydi.



Yüklə 5,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə