Ta’lim tizimi barqarorligini ta’minlashda xalqaro tajriba va manbalarning o’rni



Yüklə 84,5 Kb.
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü84,5 Kb.
#151913
  1   2
TA’LIM TIZIMI BARQARORLIGINI TA’MINLASHDA XALQARO TAJRIBA VA MANBALARNING O’RNI


TA’LIM TIZIMI BARQARORLIGINI TA’MINLASHDA XALQARO TAJRIBA VA MANBALARNING O’RNI




Annotatsiya
Mazkur ta’limda tizimi va uni rivojlantirish, Finlandiya ta’lim tizimi, Amerika ta’lim tizimi, O’zbekistonda ta’lim tizimini rivojlanishi haqida ma’lumot berilgan.
Kalit so’zlar: Ta’lim, zamonaviy bilim, modernizatsiya, ta’lim texnologiyalari, sifatli ta’lim
Abstract
This article provides information about the educational system and its development, the Finnish educational system, the American educational system, and the development of the educational system in Uzbekistan.
Keywords: Education, modern knowledge, modernization, educational technologies, quality education
“Hammamizga ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu - ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorug’ istiqboli, birinchi navbatda, ta’lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog’liq”- Shavkat Mirziyoev.
Bugun yangi Oʻzbekiston jahon hamjamiyati safida oʻz oʻrniga ega boʻlib bormoqda. Mamlakatdagi har bir soha zamonga xos va mos tarzda rivojlantirilib, har bir sohada yangilanish nafasi ufurmoqda.
Jahonda ta’lim sohasini rivojlantirish masalasi dolzarb vazifalar sifatida e’tirof etilmoqda. Ta’lim har bir davlatning ma’naviy-madaniy hayoti va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini belgilab beruvchi asos hisoblanadi. Ta’lim paradigmasida har bir o’quvchining individual rivojlanish imkoniyatlarini hisobga olib, zamonaviy o’qitish
tizimida o’quvchilarda fanlarga oid kompetentsiyalarini shakllantirish, ularda mustaqil fikrlash, ijodkorlik, yaratuvchanlik, tashabbuskorlik, muloqotga tezda kirisha olish kabi xususiyatlarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa, o’z navbatida kompleks yondashuv asosida boshlang’ich ta’limdan boshlab o’quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlikni shakllantirishning metodik asoslarini takomillashtirish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda.
Bugungi kunda ta’lim sohasida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada o’quvchilarning qobiliyat va iqtidorlarini uzluksiz ta’limning boshlang’ich bo’g’inlaridan boshlash, aniqlash va rivojlantirish maqsadida xalqaro dasturlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, o’quvchilarining bilm olish darajasini takomillashtirish ustida tizimli hamda maqsadga yo’naltirilgan faoliyatni tashkil etish bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Shu jihatdan o’quvchilarni zamonaviy xorjiy tajribalar asosida bilm olish ko’nikmalarini rivojlantiruvchi ta’limiy jarayonni tashkil etishning pedagogik va metodik imkoniyatlarini yanada kengaytirish alohida ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini isloh qilishning ustuvor yo’nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg’or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida: “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” tasdiqlash to’g’risida O’zbekiston Respublikasi prezidenti SHavkat Mirziyoyev 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son farmoni tasdiqlandi. Ushbu konsepsiyadan kutilayotgan natijalar Oliy ta’lim sohasida davlat- xususiy sheriklikni rivojlantirish, davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari, nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari filiallari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta’lim bilan qamrov darajasining 50 foizdan yuqori bo’lishi ta’minlash, sohada raqobat muhitini yaratish. Oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o’tkazish, xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg’or standartlarini joriy etish bilan birga o’quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo’naltirilgan ta’limdan amaliy ko’nikmalarni shakllantirishga o’rgatuvchi ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich o’tish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, pullik xizmatlar ko’lamini kengaytirish va boshqa budjetdan tashqari mablag’lar hisobiga oliy ta’lim muassasalarida texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi, startap, akselerator markazlari tashkil etish hamda ularni tegishli tarmoq soha va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy tatqiq etuvchi va prognozlashtiruvchi ilmiy-amaliy muassasalar darajasiga olib chiqish, oliy ta’limning investitsiyaviy jozibadorligi oshirish, xorijiy ta’lim va ilm-fan texnologiyalarini jalb etish talaba-yoshlar ta’lim- tarbiyasi uchun qo’shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora tatbirlarni o’z ichiga olgan beshta tashabbus asosida rivojlantirish va boshqa maqsadli rejalar ko’zda tutilgan. [1] Ta’lim dunyodagi eng o’zgaruvchan jarayon bo’lib shaxsni balki jamiyatni ham shakllantiradi. Dunyoning qaysi burchagida bo’lishimizdan qat’iy nazar birinchi ta’limga e’tibor berishimiz kerak, chunki ta’lim bizga yangi bilimlar olish, oqilona fikrlash, hayotda taraqqiyot va dunyoni tushunishga yordam beradi. Ta’lim barcha mamlakatlarda mavjud va qadrlanadi.
Bugungi kunda rivojlangan davlatlarda ta’lim tizimida ko’plab yangicha isloxotlar amalga oshirilmoqda. O’zining ta’lim tizimi bilan yuqori o’rinlarni egallab kelayotgan Finlandiya ta’lim tizimi tajribasini misol tiriqasida keltirib o’tsak. Finlandiya o’zining ta’lim tizimi bilan boshqa davlatlardan ajralib turadi. Finlyandiyaning asosiy taʼlim toʻgʻrisidagi qonunida (1998-yil) Finlyandiya taʼlimining uchta asosiy maqsadi belgilab berilgan:

  1. oʻquvchilarga hayotda zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalarni berish

  2. jamiyatda rivojlanish va tenglikni targʻib qilish hamda

  3. butun mamlakat boʻylab taʼlim sohasida tenglikni taʼminlash.

Finlyandiya aholisi bugungi kunda 5,5 mln. kishini tashkil etadi va mamlakatda mavjud 2341 ta umumtaʼlim maktablarida taxminan 560500 nafar oʻquvchi tahsil oladi. Maktablarda haftasiga 5 kunlik oʻqish joriy etilgan. Barcha maktablar bir xil mavqega ega, bolalar qobiliyatiga koʻra turli sinf yoki ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga ajratib oʻqitilmaydi.
Finlyandiya taʼlim tizimining asosini quyidagi 7 ta tamoyil tashkil etadi deyish mumkin:

  1. Tenglik - Finlyandiyadagi barcha maktablar oʻquvchilarga bir xil sharoit va bir xil taʼlim tizimini taqdim etadi.

  2. Bepul taʼlim - bepul taʼlim berish bilan birgalikda oʻquvchilarga barcha oʻquv jihozlari va tushlik ham bepul taqdim etiladi.

  3. Individuallik - darslarni oʻzlashtirishi qiyin boʻlgan oʻquvchilar bilan oʻqituvchilar yoki yaxshi oʻzlashtirgan oʻquvchilar alohida shugʻullanishadi. Finlyandiyada oʻquvchilar qoʻshimcha darslarga qoldirilmaydi.

  4. Amaliylik - oʻquvchilarni imtihonga emas balki hayotga tayyorlash. Darslarda oʻquvchilar, masalan, viza kartadan qanday foydalanish, shartnomalar tuzish, saytlar yaratish, tikish, ovqat pishirish, marketing va sotuv ishlari bilan shugʻullanish kabi amaliy ishlar bilan shugʻullanadilar.

  5. Ishonch va oʻqituvchilar salohiyati - barcha maktablardagi oʻqituvchilar magistratura darajasiga ega boʻlishlari shart. Oʻquvchilarga uy vazifasi deyarli berilmaydi, ota-onalar farzandlari bilan uyda shugʻullanmaydi va oʻqituvchilarning oʻquvchilarni hayotga tayyorlashiga toʻliq ishonishadi.

  6. Ixtiyoriylik - dars jarayonida qay darajada ishtirok etish oʻquvchilar ixtiyorida. Oʻqituvchilar oʻquvchilarni darsga qiziqtira olmasalar oʻquvchilar sinfni

tark etishi yoki oʻzlari yoqtirgan boshqa biror mashgʻulot bilan shugʻullanishlari mumkin.

  1. Mustaqillik - fin taʼlim tizimida oʻqituvchilar oʻquvchilarni imkon qadar oʻzlari bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirishlari kerakligiga yoʻnaltiradi. Bilimlarni hayotda qanday tatbiq etish koʻnikmalari amaliy mashgʻulotlar yordamida shakllantiriladi. Oʻquvchilarning har qanday fikrlari inobatga olinadi va qoʻllab quvvatlanadi.

Bundan tashqari, fin jamiyatida mavjud yuqori saviyadagi kitobxonlik madaniyati ham oʻquvchilarning muvaffaqiyatiga bevosita taʼsir qiladi. Xulosa qilib aytganda, Finlyandiya taʼlim tizimining muvaffaqiyati fin xalqining qadriyatlari va madaniyat bilan chambarchas bogʻliq. Finlyandiya muvaffaqiyatidan saboq olish, taʼlim tizimini chuqur oʻrgangan holda undagi muhim jihatlarni oʻzimizga moslashtirgan holda foydalanishimiz zarur.
Oʻzining taʼlim tizimi bilan Amerika ham ko’plab talabalarni o’ziga jalb etadigan yetakchi davlatlardan biridir. U yerda sifatli ta’lim, dunyoga tanilgan professor-o’qituvchilar va zamonaviy infratuzilma va inshootlar mavjud. AQSH universitetlari ikki milliondan ortiq kurslarni taklif qiladi.Ta’lim tizimi boshlang’ich, o’rta maktab, oliy ta’limni o’z ichiga oladi. Oliy ta’limda bakalavriat va aspirantura mavjud. AQSH kredit tizimiga o’tgan bo’lib, unda o’qish dasturingizni yakunlash uchun 30kreditni to’plashingiz kerak.
AQSH maktablarida oʻqish uslubi boshqa mamlakatlarnikidan biroz farq qiladi. Ular nazariy bilimga emas, balki amaliy bilimga ko’proq e’tibor berishadi. Shuningdek, dunyodagi eng nufuzli ta’lim tizimlaridan birida ta’lim olish sizni yorug’likda turishingizga yordam beradi. Shuningdek, AQSh talaba ta’limiga dunyoning istalgan davlatiga qaraganda ko’proq pul sarflaydi. Bu AQSh ta’lim tizimining eng yaxshilaridan biri bo’lishining sabablaridan biridir. Amerika Qo’shma Shtatlarida savodxonlik darajasi taxminan 99 foizni tashkil qiladi. Fuqarolarni zarur boshlang’ich ma’lumotga ega bo’lish uchun yig’adigan qonun tufayli. Ushbu shtat qonunchiligini 6 yoshdan 8 yoshgacha bo’lgan 16 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan har bir talaba ta’lim olishi kerak. Xulosa shuki AQSh ta’lim tizimining afzalliklari uning talabalar tarkibidagi xilma-xilligi, ta’lim tizimidagi talablar, nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg’unligi hamda dunyo miqyosida tan olingan universitetlardir.
Xulosa qilib aytganda, Amerika va Finlyandiya davlatlari ta’limiga berilgan ustuvorlik uzoq yillardan beri o’quvchilarning xalqaro baholash dasturlarida yuqori natijalarga erishishining asosi bo’lib xizmat qilib kelmoqda. Finlandiya davlati o’quvchilari hamma tadqiqotlarda tabiiy fanlar bo’yicha - dunyoda ikkinchi, matematika bo’yicha esa, beshinchi o’rinni egallashadi. Biz bolani yo hayotga tayyorlaymiz, yo–imtihonga. Biz birinchisini tanladik, shiori Finlyandiya ta’limining yetakchi shiorilaridandir. Yoki Amerika ta’lim tizimidagi zamonaviy texnologiyalar bilan ishlashi dunyo bo’ylab yildan yilga ko’plab o’qituvchilarni qiziqtirib kelayotgani ushbu davlatlarning ta’lim tizimi o’rganib amaliyotga joriy qilish kerakligini anglatadi.

Yüklə 84,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə