Reja: I. Kirish



Yüklə 28,71 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü28,71 Kb.
#181583
Ratsional tengsizliklarni yechish (1)


Ratsional tengsizliklarni yechish


Reja:
I. Kirish.
II. Asosiy qism
1.Ratsional tengsizliklar haqida
2.Ratsional tengsizliklarni yechish
III. Xulosa

Davlatimiz rahbari Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan soha vakillariga yoʻllagan tabrik nutqida taʼkidlaganidek, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, taʼlim va tarbiyadir.


Shuning uchun ham, Oʻzbekistonda taʼlim tizimini kompleks rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash maqsadlariga katta kuch va mablagʻlar yoʻnaltirilmoqda. Maktabgacha taʼlim, maktab va oliy taʼlim tizimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatida sifat oʻzgarishlari roʻy bermoqda.


– Biz ustozni otaday ulugʻ deb bilgan, doimo ardoqlagan maʼrifatparvar xalqning vakillarimiz. Men ham oʻqituvchi, muallim deganda oʻzim uchun eng aziz va hurmatli boʻlgan, ziyoli va zamonaviy, samimiy va mehribon insonlarni tasavvur qilaman. Chunki hammamizga ham shu muallim saboq va taʼlim berib, mehribon ota-onalarimiz qatorida tarbiyalagan, – dedi davlat rahbari yigʻilish avvalida. – Bugungi kunda Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davri poydevorini yaratyapmiz. Bunda bizning eng yaqin koʻmakchilarimiz ustoz va murabbiylar, ilmiy va ijodkor ziyolilardir.


Har bir oila, har bir bola hayoti maktab bilan bogʻlangani, bu masala davlatning, jamiyatning eng muhim ishi ekani taʼkidlandi.


– Hammamiz aziz farzandlarimiz hayoti va taqdirini oʻqituvchi va murabbiylarga ishonib topshiramiz. Mana shunday beqiyos boylik posbonlari, kelajak bunyodkorlari boʻlgan bu moʻtabar zotlarga munosib hurmat-ehtirom koʻrsatishimiz kerak, – dedi Prezident


qoʻyildi.

Yangi metodikani samarali yoʻlga qoʻyish uchun barcha maktab oʻqituvchilari videoaloqa orqali xorijiy mutaxassislar ishtirokida oʻqitiladi. Eng muhimi, bu jarayonlarga pedagogika yoʻnalishidagi universitet va institutlar ham jalb qilinib, pedagog kadrlar tayyorlash metodikasi ham yangilanadi. Shuningdek, matematika, fizika, kimyo, biologiya va informatika fanlari boʻyicha chet ellardagi ilgʻor darsliklar chuqur oʻrganib chiqiladi.


Maktablarni taʼmirlash, obodonlashtirish, isitish kabi xoʻjalik masalalariga hokimlar shaxsan masʼul ekani eslatib oʻtildi. Shuningdek, oliy oʻquv yurtiga kira olmagan bitiruvchilarni muayyan kasb-hunar yoki tadbirkorlikka jalb etish muhim.


Shu bois kelgusi yildan boshlab 7-sinfdan oʻgʻil-qizlarning kasbga qiziqishlarini aniqlash va bosqichma-bosqich kasbga yoʻnaltirish amaliyoti joriy qilinishi belgilandi. Hududdagi sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish korxonalari maktablarga biriktiriladi.


Har bir maktab reytingini hamda shu asosda taʼlim sifati boʻyicha tuman, shahar va viloyatlar reytingini ishlab chiqish zarurligi aytildi. Reyting natijalariga qarab, maktab direktorlari va oʻrinbosarlari, oʻqituvchilar, hokimlar va ularning taʼlim boʻyicha maslahatchilari faoliyatiga baho beriladi.


Reytingda birinchi beshlikka kirgan maktab direktorlariga mahalliy byudjetdan ustama toʻlanadi. Xususan, maktab direktorlari va ularning oʻrinbosarlariga mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 3 baravaridan 12 baravarigacha ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar beriladi. Shu bilan birga, xalq taʼlimi boʻlimi rahbari va metodisti, maktab direktorlari, tuman reytingida birinchi va ikkinchi oʻrinni egallagan maktablarning 2 nafar ilgʻor oʻqituvchisiga kasaba uyushmalari hisobidan har yili sihatgohlarga ikki haftalik bepul yoʻllanma beriladi. Shuningdek, fidoyi pedagoglar boshqa yoʻllar bilan ham ragʻbatlantiriladi.


Oliy taʼlim sohasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish va qamrovni oshirish, har bir hududda kamida bittadan nodavlat oliy bilim yurti tashkil qilish muhimligi qayd etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta'limini rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig'ilishi boshlandi.

"Ta'lim-tarbiya – bu bizning kelajagimiz, hayot-mamot masalasi. Shu bois, bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo'q. Qanchalik murakkab bo'lmasin, maktab ta'limida poydevorni bugundan mustahkam qo'yishimiz kerak. Chunki biz ko'p vaqt yo'qotganmiz.


Agar kimda-kim maktab bu faqat Xalq ta'limi vazirligining ishi, deb o'ylasa, mutlaqo yanglishadi. Maktab ta'limi sohasidagi islohotlar vazirlik va idoralar, tarmoq rahbarlari, barcha darajadagi hokimlar, ilmiy tashkilotlar, ziyolilar, keng jamoatchilikning vazifasi bo'lishi shart va zarur. Shundagina kutilgan natijaga erishish mumkin", - dedi davlatimiz rahbari yig'ilish avvalida.

"Besh yillik yangi Taraqqiyot strategiyamizni e'lon qildik. Oldimizga yalpi ichki mahsulot va eksportni karra-karra oshirish, sanoatni va axborot texnologiyalarini keskin rivojlantirish, kambag'allikni qisqartirish bo'yicha ulkan marralarni oldik. Bu vazifalarni kim uddalaydi? Albatta, maktabda zamonaviy bilimlarni egallagan, raqobatbardosh yoshlar.


Umuman, respublika bo'yicha 10 ming 130 ta maktabni isloh qilish 6 milliondan ziyod o'quvchi, 500 mingdan ortiq muallim, umuman, jamiyatimizning barcha qatlamlari, har bir oilaning kelajagi bilan chambarchas bog'liq.


Shu bois, bizga sifatli ta'lim tizimi, zamon talablariga javob beradigan va barcha shart-sharoitlarga ega maktablar, ularda malakali pedagog-kadrlar, boshqaruvchilik va liderlik qobiliyatiga ega maktab direktorlari kerak.


Taraqqiyot strategiyasida to'rtinchi ustuvor yo'nalish ham, “Inson qadri uchun – 100 ta maqsad”ning 5 ta maqsadi hamda undagi 18 ta vazifalar ham bevosita maktab ta'limi bilan bog'liq", -dedi Shavkat Mirziyoyev.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’lim-tarbiya

jarayonida milliy meros, pedagogik qadriyatlardan samarali foydalanishning


ijtimoiy ahamiyati haqida. Prezidentimiz asarlarida g`oyaviy-tarbiyaviy ishlarni olib borish, bu ishlarni olib boruvchi kishilarni faollikka chaqiruvchi fikrlar


ham mavjud.


O`zbekiston Yoshlar ittifoqi jahon madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo`shgan


buyuk ajdodlarimiz merosiga hurmat, unga munosib bo`lish tuyg`usini


shakllantirish, bu bebaho boylikni chuqur o`rganish va keng targ`ib etishga


qaratilgan mazmundor, ta`sirchan loyihalarni amalga oshirishga tashabbus


ko`rsatishi nur ustiga nur bo`lur edi. Boy tarixiy ma`naviy meros, milliy va


umuminsoniy qadriyatlar uyg`unligi asosida O`zbekiston fuqarolarida milliy g`urur


va iftixor tuyg`ularini shakllantirish va yuksaltirish g`oyaviy-mafkuraviy sohada


olib borish zarur bo`lgan asosiy vazifadir. Tarixiy ma`naviy meros, milliy va diniy


qadriyatlarni tiklash va shu asosda milliy g`oya va mafkurani shakllantirish va


mustahkamlash masalasiga Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh


Assambleyasining 72-sessiyasida so`zlagan nutqida ham e`tibor qaratilgan.


Jamuyatimizda siyosiy faollik ortib bormoqda, barcha sohalarda chuqur


islohotlar amalga oshirilmoqda. Ulardan ko`zlangan maqsad - “Inson manfaatlari


hamma narsadan ustun” degan oddiy va aniq-ravshan tamoyilni amalga oshirish


ustuvor ahamiyatga ega bo`lgan demokratik davlat va adolatli jamiyat barpo


etishdan iborat”. Umuman olganda Prezident asarlarida tarixiy ma`naviy meros,


milliy va diniy qadriyatlar, barkamol insonni tarbiyalash masalalariga katta e`tibor


qaratilgan. Bugungi kunda jamiyat ma`naviyatini yuksaltirish sohasidagi eng asosiy


vazifa milliy g`oyani shakllantirish va odamlar ongiga singdirishdan iborat bo`lib,


milliy g`oyani shakllantirishda xalqimizning azaliy an`analariga, udumlariga, tiliga,


diliga, ruhiyatiga asoslanib, fuqarolarda kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabrtoqal, adolat, ma`rifat tuyg`ularini singdirish masalasiga katta e`tibor qaratilmoqda.


Milliy g`oya xalqning tub manfaatlarini ifoda etadigan, uni o`z oldiga qo`ygan


maqsadlari sari birlashtiradigan va safarbar etadigan g`oyadir. Milliy g`oya o`z tarixi


va taraqqiyotining tub burilish davrlarida har qanday millat va xalqning kelajagini


belgilaydi, unga yetishishning o`ziga mos yo`larini tanlab, ana shu jarayonga xos


ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy yo`nalishlar bilan barcha g`oyaviy tamoyillarni ham


belgilab oladi. Bunda butun millat uchun umumiy bo`lgan g`oyalar muhim ahamiyat kasb etib, agar milliy mafkuraning bosh g`oyasi ozod va obod Vatan, erkin va


farovon hayot barpo etishdan iborat bo`lsa, bosh g`oyaning mazmun va


mohiyatidan kelib chiqadigan Vatan ravnaqi, Yurt tinchligi, Xalq farovonligi, Komil


inson, Ijtimoiy hamkorlik, Millatlararo hamjihatlik, Diniy bag`rikenglik kabi


g`oyalar ana shunday umummilliy g`oyalar qatoriga kiradi. Muayyan ijtimoiy guruh


va qatlamning, millat yoki davlatning ehtiyojlarini, maqsad va intilishlarni, ijtimoiyma`naviy tamoyillarini ifoda etadigan g`oyalar, ularni amalga oshirish usul va


vositalari tizimiga mafkura deyiladi. Ijtimoiy hamkorlikka asoslangan, erkin


demokratik jamiyat barpo etishni ko`zlagan davlatlarda milliy mafkura aholining


barcha qatlamlarini jipslashtirishga, umummanfaat va yagona maqsad yo`lida


birlashishga chorlaydi. Dunyoviy va diniy g`oyalar bir-birini boyitib borgan


sharoitda taraqqiyot yuksak bosqichga ko`tariladi. Bunga insoniyat tarixida o`chmas


iz qoldirgan Imom Buxoriy va Muso Xorazmiy, Imom Moturidiy va Abu Rayxon


Beruniy, Imom G`azzoliy va Abu Nasr Forobiy singari mutafakkirlar yonma-yon


yashab faoliyat ko`rsatgan davr misol bo`la oladi. Ilmiy kashfiyotlar ham milliy


g`oya va mafkura rivojiga katta ta`sir o`tkazib, zamonaviy fan yutuqlari, jumladan,


kosmonavtika, kibernetika, elektronika, biologiya va tibbiyot, tabiiy va ijtimoiygumanitar fanlar odamlar tasavvurini keskin o`zgartirmoqda. Avni vaqtda yuksak


ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, globallashuv jarayonlar bir tomondan, inson aqlidrokining imkoniyatlariga, kelajakka ishonchni orttirayotgan bo`lsa, ikkinchi


tomondan, ekologik halokatlar, ma`naviy tanazzul kabi umumbashariy


muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Shuning uchun, ilm-fan va madaniyat


borasidagi yutuqlaridan oqilona foydalanish uchun ham jamiyatga sog`lom g`oya,


sog`lom mafkura zarurdir.


Milliy g`oyaning tarixiy ildizlari - xalqimizning tarixiy taraqqiyoti jarayonida


yaratilgan boy madaniy va ma`naviy merosi, milliy qadriyatlari, urf-odat va


an`analari, bayram va marosimlaridagi ozodlik, erkinlik to`g`risidagi qarashlari, otabobolarimizning mustaqillik yo`lida ko`rsatgan jasorati, bunyodkorlik ishlari hamda




ularni amalga oshirishda ma`naviy ruh bergan tafakkur tarzida namoyon bo`ladi.
Yüklə 28,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə