Pedagogika



Yüklə 240,5 Kb.
səhifə1/9
tarix17.03.2023
ölçüsü240,5 Kb.
#102766
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Sojida kurs ishi tayyor chqarwga




NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
SIRTQI BO’LIMI
PEDAGOGIKA” KAFEDRASI

O’QUVCHILARNING ILMIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHNING SAMARALI USULLARI”


mavzusidagi
KURS ISHI
Bajardi: Sirtqi 4-kurs PP 405-guruh talabasi
Mirzayeva Sojida__________
Rahbar: “Pedagogika” kafedrasi
o‘qituvchisi Voxidova N_________


TOSHKENT-2023
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………….............3

I.BOB.O’QUVCHILARDA ILMIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI


1.1.Dunyoqarash haqida tushuncha...........................................................................6
1.2.Dunyoqarash va uning turlari………………………………………….…...…16

IIBOB.TA’LIM JARAYONIDA ZAMONAVIY INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING ROLI


2.1.Interfaol metodlar nima ?.......................…………………………………...…21
2.2.O’qitishda interfaol metodlardan foydalanish……………..…………………25
XULOSA……...……………………………………………………………….....33
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………….….38

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi: Barchamizga ma’lumki, XXI asr – globallashuv davri, texnika asri deyiladi.. Bugungi kunda fan va texnika jadal suratda rivojlanib bormoqda, bu esa yangi texnologiyalardan foydalanib dars o‘tishni taqozo etadi. Kelajagimiz bo‘lgan yoshlarni yuksak madaniyatli, o‘tkir bilimli qilib tarbiyalashda har bir pedagog xodim o‘zini mas’ul shaxs ekanligini bilgan holda, dars samaradorligini oshirib borishi, yangi texnologiyalardan unumli foydalanishi dolzarb masala hisoblanadi.
Bugungi kunda mamlakatda ma'nan yetuk, barkamol yosh avlodni tarbiyalash davlat siyosati darajasiga ko'tarilib, bu borada kelajak bunyodkori bo'lgan yoshlar qalbi va ongiga kirish uchun turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash olib borilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Yosh avlodni tarbiyalash azaldan muhim va dolzarb bo'lib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda hayot haqiqatan ham hayot masalasidir". Ta'limning asosiy vazifasi o'quvchilarni bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirish bo'lsa, tarbiya yosh avlodda jamiyatda qabul qilingan odob-axloq qoidalariga mos keladigan e'tiqodni, axloqiy malaka va ko'nikmalarni, ehtiyoj va intilishlarni tarkib toptirishdan iborat. Tarbiya bilan shug'ullanadigan har bir mutaxassis birinchi navbatda, o'z faoliyatini va unda ko'zda tutilgan maqsadni aniq tasavvur eta olishi, bu maqsadning muhimligini tushunishi lozim. Demak, qanday odamni tarbiya qilish darkor, tarbiya natijasida inson qanday bo'lishi kerak, degan savollarni avvaldan tasavvur etish bu jarayonda juda muhimdir. Jamiyatimizning ustuvor vazifalaridan biri ham barkamol avlodni tarbiyalashdan iboratdir. Zero, ma'naviy barkamol insonlargina buyuk kelajakni yarata oladilar. Mamlakat xavfsizligini bugungi va ertangi kunini hal qiluvchi kuchi bo'lmish o'sib, unib kelayotgan yoshlarni har tomonlama mafkuraviy qurollantirishni zamonnaning o'zi talab qilmoqda. Agar bu tushuncha qurollantirish emas , balki qurollanmog'i kerak deyilsa , bevosita ularni o'z holiga tashlab qo'ygan va ko'ziga "yaltirab" ko'ringan narsani o'zlashtirishga sharoit yaratilgan bo'ladi . Shunday ekan , yoshlarda turli xil yot va zararli g'oyalarga qarshi kurashish uchun mafkuraviy immunitetni yanada rivojlantirish ularni turli xil g'oyaviy va mafkuraviy tahdidlardan asrash, jamiyatda mafkuraviy immunitet hosil qilish orqali taraqqiyot qonunlarini chuqur aks ettiradigan sog'lom , barkamol avlodlarni tarbiyalab voyaga yetkazish lozim. Shundagina istiqbolda ma'naviy barkamol insonni, sog'lom avlodni tarbiyalashga erishish mumkin. Zero, ma'naviy barkamol insonlargina buyuk kelajakni yarata oladilar. Respublikada ma'naviy-ma'rifiy ishlarning bugungi holati uzluksiz ta'lim tizimi ishtirokchilari: o'qituvchilaming o'zaro munosabatlarga kirishishi, pedagogik faoliyatni oqilona tashkil etish yo'llarini o'rganishni, umumiy o'rta ta'lim maktablari, litsey, kollej o'quvchilari, Oliy ta'lim tizimida tahsil oluvchi talabalarimng qobiliyatlari, iqtidori, bilimlarni o'zlashtirish hamda tarbiyalanganlik darajasini tashxis qilish yo'llari, vositalarim aniqlash; ta'lim-tarbiyaviy bosqichlararo uning uzviylik va uzluksizligini ta'minlaydigan metodikani yaratish, o'quv jarayonini tashkil etish hamda mazmunini boyitish zarurligini ko'rsatadi. Shakllanib borayotgan demokratik huquqiy davlatning yoshlarga nisbatan amalga oshirayotgan siyosati yigit va qizlarga o'z qobiliyat va iste'dodini yaxshiroq ro'yobga chiqarishda, yangilanish va taraqqiyot jarayonlariga faolroq qo'shilishga yordam berishdan iboratdir. Ta'lim sifati va samaradorligini oshirishning muhim omillaridan biri o'quvchilarga ta'lim va tarbiya sifatini oshirishdir. O'quvchilar bilan ta'lim sifati va samaradorligini oshirishda esa shubhasiz, pedagogik diognostika muhim o'rin tutadi. Ta'lim va tarbiya yoshlar dunyoqarashi va xulq-atvorini shakllantirishning muhim jarayoni bo'lganligi sababli, ta'lim muassasasining har bir pedagogning eng ta'sirli texnologiyalarini topish va ulardan foydalanish imkoniyatlarini hisobga olish zarur. Xalqlar manfaatlarini o'zaro hurmat qilish, do'stlik va birodarlikka daxldor bo'lgan ma'naviy-ma'rifiy merosdan foydalanish, turli mavzularda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni muntazam o'tkazib borish yoshlarning mafkuraviy immunitetini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. Ta’limda axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llaganda o’quvchi eshitish, ko’rish, ko’rganlari asosida mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda darslarni interfaol usullarda tashkillashtirish uchun ma’lum bir shart – sharoitlar mavjud. Shunday ekan, axborot kommunikatsion ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish hozirgi zamon yutuqlariga asoslangan holda davr talabiga mos keladigan pedagogic mahoratning nazariy amaliy asoslarini hamda uning shakllanish jarayonini yaratish eng dolzarb vazifalardandir.

Yüklə 240,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə