Pedagogika



Yüklə 240,5 Kb.
səhifə2/9
tarix17.03.2023
ölçüsü240,5 Kb.
#102766
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Sojida kurs ishi tayyor chqarwga

Kurs ishining maqsadi: o’quvchilarning ilmiy dunyo qarashini shakllantirishda interfaol metodlardan foydalanishning imkoniyatlarini aniqlash
Kurs ishining obyekti: o’quvchilarning ilmiy dunyo qarashini shakllantirishda interfaol metodlardan foydalanishning imkoniyatlarini aniqlash jarayoni
Kurs ishining predmeti: o’quvchilarning ilmiy dunyo qarashini shakllantirishda interfaol metodlardan foydalanishning imkoniyatlarini aniqlash mazmuni
Kurs ishining vazifalari:

  • Dunyoqarash va uning turlarini aniqlash;

  • O’quvchilarda ilmiy dunyoqarash shakllantirishda interfaol metodlardan foydalanish imkoniyatlarini aniqlash.
Kurs ishining metodlari:

      1. Tarixiy xronologik tahlil;

      2. Davlat va kasb-hunar kolleji me’yoriy hujjatlarini o’rganish;

      3. Pedagogik kuzatuv;

      4. So’rovnoma;
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Kurs ishi kirish qismdan boshlanib ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.

I.BOB.O’QUVCHILARDA ILMIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI


1.1.Dunyoqarash haqida tushuncha

Har bir kishining dunyoga nisbatan o’z qarashi, o’zi va o’zgalar, hayot va olam to’g’risidagi tasavvurlari, xulosalari bo’ladi. Ana shu tasavvurlar, tushunchalar, qarash va xulosalar muayyan kishining boshqa odamlarga munosabati va kundalik faoliyatining mazmunini belgilaydi. Shu ma’noda, dunyoqarash - insonning tevarak atrofini qurshab turgan voqelik to’g’risidagi, olamning mohiyati, tuzilishi, o’zining undagi o’rni haqidagi qarashlar, tasavvurlar, bilimlar tizimidir. Dunyoqarash - olamni eng umumiy tarzda tasavvur qilish, idrok etish va bilishdir. Dunyoqarashning bir kishiga yoki alohida shaxsga xos shakli individual dunyoqarash deyiladi. Guruh, partiya, millat yoki butun jamiyatga xos dunyoqarashlar majmuasi esa, ijtimoiy dunyoqarash deb yuritiladi. Ijtimoiy dunyoqarash individual dunyoqarashlar yig’indisidan dunyoga keladi, deyish mumkin. Bunda ijtimoiy dunyoqarashning umumiy va xususiy shakllarini hisobga olish lozim. Kundalik hayotiy tajribalar asosida jamiyatda, odamlarda oddiy, o’z-o’zicha rivojlanuvchi (stixiyali) mohiyatga ega bo’lgan qarashlar, tushunchalar, g’oyalar shakllanadi. Bu – dunyoqarashning o’z-o’zicha rivojlanuvchi (stixiyali) shakli hisoblanadi.


Uni ko’pincha hayotiy falsafa, deb ham ataydilar. Hayotiy falsafaning doirasi juda keng bo’lib, ongning sodda namoyon bo’lish shakllarini ham, oqilona va sog’lom fikrlarni ham o’z ichiga oladi. Hayotiy falsafa yoki oddiy amaliy dunyoqarashning o’ziga xos turini inson faoliyatining turli sohalaridagi bilim va tajribalar ta’sirida shakllanayotgan qarashlar tashkil etadi. «Har kimning o’z falsafasi bor» deyilganida ana shu hol anglashiladi. Demak, dunyoqarash o’zining kundalik ommaviy shakllarida chuqur va etarli darajada asoslanmagan stixiyali xarakterga ega. Shuning uchun ham ko’p hollarda kundalik tafakkur muhim masalalarni to’g’ri tushuntirish va baholashga ojizlik qiladi. Buning uchun olamni ilmiy tahlil qilish va bilish zarur. Dunyoqarashning tarixiylik tamoyili. Dunyoqarash muayyan davrda shakllanadi. Shu ma’noda, har qanday dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy mohiyatga ega bo’lib, kishilarning umri, amaliy faoliyati, hayoti, tabiatga ta’siri va mehnati jarayonida vujudga keladi. Har bir avrda ijtimoiy guruh, jamiyat va avlodning o’z dunyoqarashi mavjudligi ham bu tushunchaning tarixiy mohiyatga ega ekanini ko’rsatadi. Dunyoqarashning tarixiyligi yana shundaki, u ma’lum dialektik jarayonda takomillashib boradi. Uning shakllari o’zgaradi, tarixiy ko’rinishlari muttasil yangilanib turadi. Ma’lumki, insoniyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida dunyoqarash nihoyatda oddiy bo’lgan. Agar shunday bo’lmaganida, har qanday jism o’z hajmiga teng suyuqlik miqdorini siqib chiqarish xossasiga ega ekanini kashf etgan qadimgi zamonning buyuk olimi Arximed hammomdan yalong’och holda chiqib, «Evrika!», ya’ni «Topdim!», deya qichqirmagan bo’lar edi. Dunyoqarash jamiyat rivojiga mos ravishda asta-sekin takomillashib borgan. Taraqqiyotning keyingi davrlarida fan sohasida qilingan kashfiyotlar inson dunyoqarashi naqadar chuqurlashib, uning bilimlar doirasi kengayib ketganini ko’rsatadi.
Bunda vorislik an’anasi yaqqol ko’zga tashlanadi: har bir davrning dunyoqarashi, g’oyasi o’tmishda yaratilgan ma’naviy qadriyatlarning eng yaxshilarini, ilg’or va ijobiylarini o’zida saqlab qoladi. Shu asosda yangi tamoyillarga ega bo’lgan dunyoqarash ham takomillashib boradi. Oddiy bug’ mashinasidan kosmik raketalargacha bo’lgan fan-texnika taraqqiyoti bunga yaqqol misol bo’la oladi. Falsafiy dunyoqarash. Bu tushunchaning mazmuni insonning olamga, voqea va hodisalarga, o’zgalarga va ularning faoliyatiga, o’z umri va uning mazmuni kabi ko’pdan-ko’p tushunchalarga munosabati, ularni anglashi, tushunishi, qadrlashida namoyon bo’ladi. Falsafiy dunyoqarash kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy bilimlar, hayotiy kuzatishlar va ijtimoiy tarbiya ta’sirida shakllanadi hamda rivojlanadi. Fanda ijtimoiy borliqning barcha jihatlari ks etadi. Dunyoqarashning shakllanishida his-tuyg’u, aql-idrok va tafakkur ham muhim o’rin tutishi tabiiy. Uning shakllanishi kishilarning hissiy kechinma va kayfiyatlariga ham bog’liq bo’lib, inson kayfiyatida uning hayot sharoitlari, ijtimoiy ahvoli, milliy xususiyati, madaniy saviyasi, shaxsiy taqdiri, yoshi va hokazolar aks etadi. Muayyan davr dunyoqarashida zamon ruhi, ijtimoiy kuchlarning kayfiyati, intilishi ham o’z ifodasini topadi. Masalan, bugungi O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlash zarurati istiqlol dunyoqarashini shakllantirishga ulkan ta’sir ko’rsatmoqda. Falsafiy dunyoqarash murakkab tuzilishga ega. U muayyan bilimlar, kelajakka qaratilgan g’oya va maqsadlar, tabiiy va ijtimoiy fan yutuqlari, diniy tasavvurlar, qadriyatlar, ishonch, e’tiqod, fikr, hissiyot kabi tarkibiy qismlardan iborat. Bularning ichida e’tiqod muhim ahamiyat kasb etadi. U dunyoqarashning mazmunini tashkil etadigan asoslardan biridir. E’tiqod insonning o’z qarashlari va g’oyalari to’g’riligiga, orzu-umidlarining asosli ekaniga, faoliyati va xatti-harakatining umumiy maqsadlarga va talablarga mosligiga bo’lgan chuqur ishonchidan paydo bo’ladi. U insonning hissiyoti, irodasi va faoliyatini belgilaydi, ularni boshqaradi, shaxsni omilkorlikka, samarali faoliyatga undaydi. Falsafiy dunyoqarash tarkibida hissiyot va aql muhim o’rin tutadi. Hissiyot dunyoqarashning emotsional-ruhiy jihati bo’lib, dunyoni tushunish esa, dunyoqarashning aqliy shaklidir. Hissiyot – quvonch, shodlik, zavqlanish, hayot va kasb-kordan mamnunlik yoki norozilik, hayratlanish, xavotirlanish, asabiylashish, yolg’izlik, zaiflik, ruhiy tushkunlik, g’am-g’ussa, nadomat, o’z yaqinlari va vatani taqdirini o’ylash kabi xilma-xil shakllarda namoyon bo’ladi. Ana shular barchasining uyg’unligi dunyoni his etishga olib keladi.
Dunyoni his qilish esa, uni aqliy tushunishga, muayyan dunyoqarashning shakllanishiga asos bo’ladi. Inson aqli unga xos hissiyot va tasavvurlar asosida ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi va takomillashtiradi. Har bir kishiga xos hissiyot va fikr, bilim va e’tiqod, intilish va kayfiyat, orzu-umid va qadriyatlar dunyoqarash tarkibida yaxlitlashadi va olamni bir butun holda aks ettiradi. Bir butun, yaxlit dunyoqarashning shakllanishi bolalikdan boshlanib, inson hayotining oxirigacha davom etadi. Bu holat individual dunyoqarashning asosiy tamoyillaridan birini ifodalaydi. Falsafiy dunyoqarashning shakllanishida bilim g’oyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Bilimda dunyoqarashning barcha belgilari mavjud. Lekin, bilim va dunyoqarash aynan bir narsa emas. Olamni tushunish bilimlar paydo bo’lishi uchun asosdir. Bilim inson ongida hissiy va aqliy bilish jarayonida hosil bo’ladi, u dunyoqarashning asosi, uning uzviy qismidir. Bilim muayyan sharoitda biron bir hodisa yoki narsani baholashda qo’l keladi va aynan ana shu jarayonda dunyoqarashga aylanadi. Bunday baho berish jarayonida mudom muayyan manfaatlar asos qilib olinadi. Shuning uchun ham ijtimoiy dunyoqarash turli ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifoda etadi, gohida ularni amalga oshirish uchun kurash maydoni bo’lib qoladi. Biror partiya yoki guruh o’z maqsadlariga etishish yo’lida butun jamiyat uchun xos bo’lgan umumiy ijtimoiy dunyoqarash tarkibida ko’proq va salmoqliroq joy egallashga yoki uni o’z manfaatlari foydasiga o’zgartirishga harakat qiladi. Umuman, hayotda maqsadga erishishning eng oson va qulay yo’li o’zgalar dunyoqarashini jamiyat foydasiga o’zgartira olishdir. Falsafa azal-azaldan dunyoqarash bo’lgan. Chunki, uning o’zi hayot nima uchun berilgan, dunyoga kelishdan maqsad nima, umrni mazmunli o’tkazishning qanday yo’llari bor, degan talay savollarga javob topish zarurati tufayli vujudga kelgan.
Bu tizimni tashkil qilgan nisbatan mustaqil dunyoqarash shakllari o’zaro bog’liqlikda, aloqadorlikda harakat qiladi. Dunyoqarash tizimining rivojlanish darajasi jamiyat taraqqiyotiga mos keladi va uni ifodalab turadi. Bundan tashqari, har bir tarixiy davrda millatning rivojlanishi, uning mentaliteti va dunyoqarashida namoyon bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, dunyoqarash tizimi va ularning xususiyatlari muayyan inson, ijtimoiy guruh, tabaqa va butun millatning ma’naviy qiyofasini belgilab beradi. «Dunyoqarash» tushunchasi o’zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy g’urur, tarixiy xotira, ma’naviy barkamollik kabi tuyg’u va tushunchalar bilan uzviy bog’liq holda shakllanadi. Chunki, dunyoqarash aynan ana shu ruhiy-ijtimoiy hodisalar orqali oydinlashadi, umuminsoniy qadriyatlarning tarixiy bir bo’lagiga aylanadi. Falsafiy dunyoqarashning tarixiy shakllari insoniyat taraqqiyotining qonuniy natijasi bo’lib, jamiyat rivojlanishining ma’naviy mezoni sifatida namoyon bo’lgan.
Taraqqiyotning dastlabki bosqichlarida kishilarning tabiatga, o’zlarining ijtimoiy hayotiga bo’lgan munosabati turli rivoyat va afsonalarda o’z ifodasini topgan. Ular shu tariqa mifologik dunyoqarashni shakllantirgan. Yovuzlik va ezgulik o’rtasidagi kurashda yaxshilikning mudom tantana qilishi mifologik dunyoqarashning gumanistik mazmunidan dalolat beradi. Xususan, o’zbek xalqi tsivilizatsiyasi jarayonida yaratilgan rivoyat, afsona va boshqa janrlardagi og’zaki ijod namunalari millatimiz tarixda qanday ma’naviy qiyofaga ega bo’lganini hanuz ko’rsatib turadi. Ular bugungi kunda jahon ahlini ayratga solmoqda. Masalan, qadimiy merosimiz namunasi – «Avesto»da yaxshilik ramzi – Axuramazda va yomonlik timsoli – Axriman o’rtasidagi kurash tarixi misolida oxir-oqibatda ezgulik baribir g’alaba qozonadi, ya’ni yorug’lik zulmat ustidan g’alaba qiladi, degan g’oya asosiy o’rinni egallaydi va hayotbaxsh g’oyalar ilgari suriladi. Mifologik dunyoqarash qadimgi zamon kishilarining o’zlariga munosib hayot sharoitlarini yaratish ehtiyojlaridan kelib chiqqan. Ezgulik va haqiqat uchun kurash g’oyalarining ifodasi bo’lgan afsona va rivoyatlarda millatning muayyan ruhiy holati, kelajakka ishonchi, vatanga muhabbati, insoniy kamolotga intilishi badiiy vositalar, afsonaviy qahramonlar timsolida ifoda etilgan. Dunyoqarashning mifologik mohiyati bugungi fan-texnika taraqqiyoti, insonning aqliy salohiyati bag’oyat yuksalib ketgan davrda juda jo’n va ibtidoiy bo’lib ko’rinadi. Ammo afsona va rivoyatlar o’zining kuchli jozibasi, insonparvarlik g’oyalari bilan hozirgi kunda ham kishilarni ezgu fazilatlar ruhida tarbiyalashning ta’sirchan va samarali omili bo’lib qolmoqda. Diniy qarashlar. Muayyan dunyoqarash tarkibida diniy-ilohiy qarashlar o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ular insonning ilohga bo’lgan e’tiqodi bilan bog’liq bo’lib, vujudga kelishiga ko’ra, boshqa dunyoqarash shakllari kabi, muayyan asoslarga ega. Mifologik dunyoqarash afsonaviy kuchlarni e’tirof etish bilan bog’liq bo’lsa, diniy dunyoqarash ilohiy qudratlarga e’tiqod qo’yish bilan bog’liq. Shuning uchu ham bu dunyoqarash shaklini inson qalbidagi quyidagi holatlar belgilaydi: - emotsional-ruhiy holatlar; - iymon-e’tiqod; - iymon-e’tiqodning xatti-harakatlarda ifoda etilishi. Bular ayni paytda diniy dunyoqarashning asosiy tamoyillarini ham tashkil qiladi. Diniy dunyoqarash har bir davrda muayyan ijtimoiy vazifalarni bajarib kelgan. «Din, shu jumladan islom dini ham, ming yillar davomida barqaror mavjud bo’lib kelganining o’ziyoq u inson tabiatida chuqur ildiz otganidan, uning o’ziga xos bo’lgan bir qancha vazifalarni ado etishidan dalolat beradi.
Eng avvalo, jamiyat, guruh, alohida shaxs ma’naviy hayotining muayyan sohasi bo’lgan din, umuminsoniy axloq me’yorlarini o’ziga singdirib olgan, ularni jonlantirgan, hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalariga aylantirgan»3. Jamiyat hayotida har qanday, shu jumladan, diniy dunyoqarashning o’rni va ahamiyatini ham sun’iy ravishida mutlaqlashtirish, salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu hol ayniqsa, diniy fundamentalizm va ekstremizm insoniyat uchun jiddiy xavfga aylangan hozirgi davrda yaqqol namoyon bo’lmoqda. Hozirgi davrda fan, texnika, dunyoviy ilmlarning kuchayib ketishi bilan «Diniy dunyoqarash, tafakkurning, insonni o’rab turgan dunyoga, o’zi kabi odamlarga munosabatning yagona usuli bo’lmaganligini ham ta’kidlash zarurdir. Dunyoviy fikr, dunyoviy turmush tarzi ham u bilan yonma-yon va u bilan teng yashash huquqiga ega bo’lgan holda rivojlanib kelgan»4. Diniy dunyoqarashni teologiya deb ataladigan falsafiy fan o’rganadi. Teologiya olam va odam munosabati, umrning mazmuni, hayot va o’lim muammosi kabi masalalarni ilohiyot, diniy e’tiqod tushunchalari bilan bog’lab tahlil qilish hamda o’ziga xos mukammal tizimini yaratgan. Bugungi kunda diniy dunyoqarashning bir talay asosiy vazifalari orasida, uning hayot ziddiyatlarini bartaraf qilish bilan bog’liq regulyativ faoliyati nihoyatda muhimdir. Umuman, dinning barkamol avlodni tarbiyalashdagi o’rni va ahamiyati benihoyat ulkan va u tobora ortib bormoqda. Falsafiy dunyoqarashning asosiy yo’nalishlari. Dunyoqarash tizimi va unga xos nisbatan mustaqil yo’nalishlarning har birini falsafiy mulohazaning oydinlashgan (konkretlashgan) shakli sifatida qarash mumkin. Falsafiy dunyoqarash, sodda qilib aytadigan bo’lsak, insonning olam, odam va borliqqa munosabatini ifodalovchi bilimlar tizimidir.
Unga inson borlig’ining mohiyati nuqtai nazaridan yondashiladigan bo’lsa, moddiy yoki ma’naviy jihatlari nechog’lik mutlaqlashtirilishiga qarab, uning tarkibida materialistik va idealistik dunyoqarash yo’nalishlari mavjudligini ko’ramiz. Agar borliq va uning xossalariga mavjudlik, bog’liqlik, o’zgarish va taraqqiyot nuqtai nazaridan bildirilgan munosabatlarni umumlashtiradigan bo’lsak, uning tarkibida metafizik va dialektik, sofistik va sinergetik kabi qator dunyoqarashlar mavjudligini ko’ramiz. Bular sof nazariy-falsafiy masalalar bo’lib, ular to’g’risida «Olam va odam», «Dunyoni falsafiy tushunish» bo’limlarida maxsus to’xtalib o’tamiz. Falsafiy dunyoqarash borliq haqidagi ilmiy qarashlar tizimining o’z-o’zicha shakllangan (mexanik) yig’indisi emas, balki ularning umumiy qonuniyatlar asosidagi tizimidir. Falsafiy dunyoqarash tarkibida quyidagi tamoyillar nomoyon bo’ladi: - turli dunyoqarash shakllarining o’zaro aloqadorligi kuchaymoqda; - muayyan dunyoqarash shakllanish va rivojlanish jarayonida insonga munosabatning ahamiyati ortib bormoqda; - milliy dunyoqarash umuminsoniy dunyoqarash shakli va uning tarkibiy qismi sifatida yuzaga kelgan. O’quv predmetining asosiy vazifasi o’quvchilarni zamonaviy informatikaning ba`zi bir umumiy g’oyalari bilan tanishtirish, amaliyotdagi tadbig’ini va kompyuterlarning zamonaviy hayotdagi rolini ochib berishdan iborat.
Shunday ekan, o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish hamda o’tkazishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, o’qitish mazmuniga mos dasturiy ta’minotini ishlab chiqish, ularni o’quv jarayoniga joriy etish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Ushbu vazifalarni dolzarbligini e’tiborga olgan holda o’qitishda o’yinli texnologiyalardan foydalanish holatini o’rganish, tahlil etish, ulardan samarali foydalanish metodikasini, mos uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish zarur.
O’yinli texnologiyalardan foydalanishning asosini talabalarning faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyati tashkil etadi. O’yin olimlar tadqiqotlariga ko’ra mehnat va o’qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Psixologlarning ta’kidlashlaricha, o’yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o’zini namoyon qilish, hayotda o’z o’rnini barqaror qilish, o’zini o’zi boshqarish, o’z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi.O’yin bilish va uning bir qismi (kirish, mustahkamlash, mashq, nazorat) tarzida tashkil etiladi.
O’yinlar turli maqsadlarga yo’naltirilgan bo’ladi. Ular didaktik, tarbiyaviy, faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarda qo’llanadi. O’yinning didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy faoliyatida bilim, malaka va ko’nikmalarni qo’llash, umumta’lim malaka va ko’nikmalarni rivojlantirish, mehnat ko’nikmalarini rivojlantirishni kengaytirishga qaratilgan bo’ladi. O’yinning tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani tarbiyalash, muayyan yondashuvlar, nuqtai nazarlar, ma’naviy, estetik va dunyoqarashni shakllantirishdagi hamkorlikni, kollektivizmni, jamoaga kirishib keta olishni, kommunikativlikni tarbiyalashga qaratilgan bo’ladi. Didaktik tamoyillarni hisobga olgan holda, o’quvchilarga nafaqat faktlarning qat`iy ilmiy bayonini berish, balki o’qitishning turli qiziqarli metodlarini ham qo’llash lozim. Masalan, ko’pchilikka ma`lum va ommabob bo’lgan krossvord o’yini o’quvchilarda qiziqish o’yg’otishi tabiiydir. Qomusiy lug’atda ta`riflanishicha, uning atamasi inglizcha “kross” – kesishgan, “vord” – so’z degan ma`noni anglatib, ilk bor XX asr boshlarida kashf etilgan. Vaqt o’tishi bilan uning turlari ko’payib, chaynvord, chaynkrossvord, krosschaynvord, aylanma krossvord, diagonal krossvordlar o’ylab topildi. Ularning har biri shaklda so’zlarning joylashishi va bog’lanishi bilan farq qiladi.Krossvord ko’rinishidagi so’rov shakli o’quvchilar uchun har doim qiziqarli va o’ziga tortadigan metoddir. Mustaqil ijodiy faoliyatning bunday shaklidan foydalanilganda darsda faqatgina kuchli o’quvchilargina emas, balki kuchsiz o’quvchilar ham faol ishtirok etadilar.
Darslarda qiziqtirishdan foydalanishning boshqa shakllaridan, ya`ni rebus va boshqotirmalardan ham foydalanish yaxshi samara beradi.
Ushbu qiziqtiruvchi metodlardan foydalanganda, o’qituvchi darsni maqsadli tashkil qilishni rejalashtiradi, ya`ni krossvord, rebus, boshqotirmalarni fanning mazmuniga mos tayyorlaydi. Darsning maqsadini aniqlaydi va kutilayotgan natijani loyihalaydi.
Rebus, krossvordlar o’yinli texnologiyalarga sirasiga kiradi. “Rebus” so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, “So’zlar orqali emas, balki rasmlar orqali ifodalash” ma’nosini anglatadi. Bu - biror so’z yoki atamaning rasmlar, notalar, xarflar bilan birgalikda ifodalanishi orqali hosil qilingan jumboqdir.
Rebus – keng tarqalgan va eng mashxur o’yinlar sirasiga kiradi. U orqali maqollarni, she’r qismlarini, biror iborani yoki so’zni berkitish mumkin. Undan ilk bor Fransiyada XV asrda qo’llanilgan.
Eng birinchi rebuslar to’plami Etenom Taburo tomonidan Fransiyada 1582 yili chop etilgan. Keyinchalik Angliya, Germaniya, Italiyaga tarqalgan. Rossiyada birinchi rebuslar “Illyustrasiya” jurnalida 1845 yili chop etilgan.
Rebus — bu atamalarni ko’ngil ko’taruvchi xarakterda shifrlashdir. Masalan:

  • Rasmning chap qismidagi apostroflar soni rasm nomining chap tomonidan o’chiriladigan xarflar soniga mos keladi;

  • Rasmning o’ng yuqorisidagi apostroflar soni rasm nomining o’ng tomonidan o’chiriladigan xarflar soniga mos keladi;

- So’z o’rtasidagi xarflarni o’chirish uchun bu xarflar rasm ustida yozilib ustidan chiziladi;

  • So’zdagi belgini almashtirish: “2=d” 2 – xarfni “d” xarfiga almashtirish, “r=p” esa xarbir “r” belgi “p” belgiga almashtirish tushiniladi;

  • Rasm nomidagi belgilarning joylashgan o’rni tartib raqamini o’zgartirish orqali yangi hosil qilish mumkin;

  • Rasmni teskari qo’yish orqali so’z ham teskari o’kiladi.

“Informatika” fanidan talabalar bilimini nazorat qilish va baholash uchun quyidagi vazifalarni taklif etish mumkin:


Yüklə 240,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə