Toshkent Renessans ta’lim universiteti axbarot tizmlari va tarmoqlari fakulteti agzamova nilufarning ozbek tili fanidan tayyorlagan taqdimoti tekshirdi: toraboyeva zilola



Yüklə 23,91 Kb.
səhifə1/5
tarix19.12.2023
ölçüsü23,91 Kb.
#150743
  1   2   3   4   5
Sohaviy ma’lumot-axborot hujjatlari1

Toshkent Renessans ta’lim universiteti axbarot tizmlari va tarmoqlari fakulteti agzamova nilufarning ozbek tili fanidan tayyorlagan taqdimoti tekshirdi: toraboyeva zilola


Sohaviy ma’lumot-axborot hujjatlari
Ma’lumot-axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi, ular ish yuritish jarayonida ayniqsa ko’p ishlatiladi. Bu guruh ariza, bayonnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma, tarjimai hol, bildirgi, tavsifnoma...
Tarjimai hol ma'lum bir shaxs tomonidan o'z shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilingan yozuvdir. Tarjimai hol bir xil andozaga ega emas, mufassal yoki muxtasar yozilishi mumkin. U muallif tomonidan mustaqil tuziladigan hujjatdir. Garchi u erkin (ixtiyoriy) tuzilsa-da, biroq tarjimai holda ayrim qismlarning bo'lishi shart.
Tarajimayi holning asosiy zaruriy qismlari :
Hujjatning nomi (Tarjimai hol).
Matn :
muallif familiyasi, ismi va otasining ismi ;
tug'ilgan yil, kun, oy va tug'ilgan joyi ;
v) millati, ijtimoiy kelib chiqishi;
g) ota-onasi haqida qisqacha ma'lumot (familiyasi, ismi va otasining ismi, ish joyi);
ma'lumoti (qaerda, qanday o'quv yurtini tugatganligi va ma'lumotiga ko'ra mutaxassisligi );
ish faoliyatining turlari ; yo) oxirgi ish joyi va lavozimi ; j) mukofot va rag'batlantirishlar ; z) jamoat ishlarida ishtiroki ;
oilaviy ahvoli va oila a'zolari ; y) pasport ma'lumotlari ; k) turar joyi (uy adresi), telefoni.
Sana.
Imzo.
Tarjimai hol oddiy qog'ozga, ayrim hollarda, ya'ni ishga, o'qishga kirishda maxsus bosma ish qog'ozlariga qo'lda yoziladi. Matnni bayon qilish shakli hikoya uslubida bo'lib, birinchi shaxs tilidan yoziladi.
Barcha ma'lumotlar davriylik (xronologiya) asosida, aniq sanalar bilan (iloji boricha yili, oyi, kuni ko'rsatilgan holda) beriladi. Barcha raqamlar arab raqamlarida ifodalanadi. Tarjimai hol shunday tuzilishi kerakki, u bilan tanishgan kishi muallifning hayot yo'li, faoliyati haqida muayyan tasavvurga ega bo'lsin.
Tavsifnoma ma'lum bir shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyati, shuningdek, uning o'ziga xos xislat va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjatdir.
Tavsifnoma muassasa ma'muriyati yoki jamoat tashkilotlari (agar ular mavjud bo'lsa) tomonidan xodimga bir qancha maqsadlar uchun (o'quv yurtiga kirishda, xorijiy mamlakatlarga ishlash va boshqa yumushlar uchun ketishda, lavozimga tayinlashda yoki shahodatlantirish va boshqa hollarda) beriladi.
Tavsifnomada xodimning jamoatchilik va xizmat faoliyati, uning ishchanligi va axloqiy sifatlari ham ko'rsatib o'tiladi.
Tavsifnomaning asosiy zaruriy qismlari quyidagilardan iborat:
Tavsiflanayotgan shaxs haqida asosiy ma'lumotlar:
ismi, otasining ismi va familiyasi ;
tug‘ilgan yili ;
v) millati;
g) partiyaviyligi ;
ma'lumoti ;
lavozimi ;
yo) ilmiy darajasi va unvoni.
Hujjat nomi (Tavsifnoma).
Matn.
Imzolar.
Sana.
Muhr.
Tavsifnoma matnini o'zaro mantiqan bog'langan uch tarkibiy qismga ajratib ko'rsatish mumkin.
Birinchi qismda shaxsning mehnat faoliyati, ya'ni mutaxassisligi, aynan shu korxona, tashkilot va boshqa joylarda qaysi muddatdan buyon ishlayotganligi, xizmat vazifasidagi o'zgarishlar va boshqalar haqida ma'lumot beriladi.
Ikkinchi qismda xodimning shaxsiy tavsifi, ya'ni ishga munosabati, mutaxassislik bo'yicha mahorati, siyosiy saviyasi, tashkilotchilik qobiliyati, jamoat ishlarida ishtiroki, oilaviy ahvoli, xulq-atvori, hatto ba'zida siyrati, jamoa a'zolariga munosabati, qanday mukofotlarga sazovor bo'lganligi va boshqa asosiy rag'batlantirishlari qayd etiladi. Xolis bo'lish uchun kamchiligi ham ko'rsatilib, istak bildiriladi.
Uchinchi qismda esa yuqorida bayon qilinganlardan xulosa chiqariladi va tavsifnoma qanday maqsadda yoki nima uchun berilayotganligi ko'rsatiladi.
Tavsifnoma matni uchinchi shaxs tilidan bayon qilinadi. Xodimni tavsiflashda «halol», «topshiriqlarni vaqtida bajaradigan», «mehnatsevar», «talabchan», «tashabbuskor», «tezkor», «printsipial», «intizomli» kabi sifatlardan foydalaniladi. Agar tavsifnoma jamoat tashkilotlari yig'ilishida tasdiqlangan bo'lsa shu yig'ilish
bayonnomasi raqami va sanasi havola bo'ladi. Qoidaga ko'ra tavsifnomaga ikki shaxs : muassasa (yoki bo'linma) boshlig'i va kasaba uyushmasi tashkilotining raisi imzo chekadi va ular imzosi yumaloq muhr bilan tasdiqlanadi.
Tavsifnoma xodimning qo'liga topshiriladi yoki uni shaxsan xabardor qilgan holda, tavsifnomani talab qilgan muassasaga jo'natiladi.
Tavsifnomalarning «ishlab chiqarish tavsifnomasi», «tavsifiy tavsiyanoma», «xizmat tavsifnomasi» kabi turlari mavjud bo'lib, ular ayrim xususiyatlari jihatidan o'zaro farqlanadi.
Rasmiy va shaxsiy ishonchnomalar. Tilxatning zaruriy qismlari va uni tuzuvchi shaxslar. Tushntirish xati turlari.
Ishonchnoma muayyan muassasa yoki ayrim shaxs o'z nomidan ish ko'rish uchun ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiradigan yozma vakolatli hujjatdir. Ishonchnomalar o'z mazmuniga ko'ra mol-mulkni boshqarish, pul va moddiy- buyum boyliklarini olish, sud hamda notarial idoralarida, shuningdek boshqa davlat va nodavlat idoralarda ish olib borish va boshqa ishlarni amalga oshirishni ifodalaydi.
«O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi»ning 134-moddasida ishonchnomaga quyidagicha ta'rif berilgan : «Bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxs (ishonchli vakil) ga uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat ishonchnoma hisoblanadi. Ishonchli vakil o'ziga ishonchnoma bilan berilgan vakolatlar doirasida ish olib boradi».Muayyan ish-harakatni bajarishga vakolat berish kim tomonidan (muassasa tomonidanmi yoki ayrim shaxs tomonidanmi) rasmiylashtirilishiga qarab, ishonchnomalar rasmiy (xizmat) va shaxsiy turlarga bo'linadi.
Rasmiy (xizmat sohasidagi) ishonchnomalar davlat muassasalari, kasaba uyushmasi, jamoa xo'jaligi, jamoat tashkilotlari muayyan lavozimli shaxsga uning muayyan tashkilot tomonidan ish yuritishga vakil qilinganini bildirish uchun beriladi. Bunday ishonchnomalar muassasa rahbari tomonidan imzolanishi va muhr bilan tasdiqlanishi kerak. Ayrim hollarda ishonchnoma qonun talabiga ko'ra notarial tasdiqdan o'tishi zarur bo'ladi.
Rasmiy ishonchnomalar, odatda, yuqori statistika idorasi tasdiqlagan tayyor, namunaviy shakldagi bosma ish qog'ozida rasmiylashtiriladi. Bunday bosma ish qog'ozlarida ishonchnomaning barcha zaruriy qismlarini to'g'ri va aniq rasmiylashtirish (to'ldirish) uchun maxsus o'rin va ko'rsatmalar mavjud. Bosma ish qog'ozlari bo'lmagan chog'da ishonchnomalar oddiy qog'ozga yoziladi va uning yuqori chap tomoniga ishonchnoma beruvchi muassasaning to'rtburchak muhri qo'yiladi.
Moddiy-buyum boyliklarini olish uchun ishonchnomalarni rasmiylashtirish va berish borasida alohida qoidalar belgilangan. Bunday ishonchnomalar belgilangan shakldagi bosma ish qog'ozlarida korxona rahbari va bosh hisobchisining imzosi bilan rasmiylashtirilib, faqat shu korxona xodimlariga berilishi mumkin.
Rasmiy ishonchnomaning zaruriy qismlari:
Ishonchnoma beruvchi muassasaning nomi.
Ishonchnoma tartib raqami va berilgan vaqti (sanasi). Ishonchnoma berilayotgan (ishonchnoma bildirilayotgan) shaxsning lavozimi va to'liq nomi (ismi, ota ismi, familiyasi).
Qimmatli buyumlar olinadigan (beradigan) muassasaning nomi.
Ishonchnomaning berilish sababi.
Ishonchnomaning amal qilish muddati.
Ishonchnoma berilayotgan shaxs imzosining namunasi.
Moddiy-buyum boyliklarini oluvchining shaxsiyatini tasdiqlovchi hujjatning nomi (pasport, guvohnoma).
Ishonchnomalarning ikkinchi xili shaxsiy, ya'ni ayrim shaxs tomonidan boshqa bir shaxsga muayyan ishni bajarish uchun ishonch bildirib berilgan yozma hujjatdir. Muayyan tashkilotdan pul yoki qimmatli buyum, zaruriy hujjatlarni olish, avtomobilni boshqarish, oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirish, mulkni boshqarish va boshqa xususiy ishlarni bajarish uchun ishonch bildiriladi.
Shaxsiy ishonchnomalarning eng ko'p tarqalgani pul (maosh, nafaqa va boshqalar) olish uchun yozilgan ishonchnomadir. Bunday yozma vakolat ba'zan vakolat beruvchining talabi, xohishi bilan notarial tasdiqlanishi ham mumkin, lekin uni majburiy notarial tasdiqdan o'tkazish shart emas. Ishonch bildiruvchi shaxsning imzosi u ishlayotgan yoki o'qiyotgan joy rahbariyati, u yotib davolanayotgan tibbiy muassasa ma'muriyati, harbiy qism qo'mondonligi va shu kabilar tomonidan tasdiqlanishi mumkin.

Yüklə 23,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə