Toshkent Renessans ta’lim universiteti axbarot tizmlari va tarmoqlari fakulteti agzamova nilufarning ozbek tili fanidan tayyorlagan taqdimoti tekshirdi: toraboyeva zilola



Yüklə 23,91 Kb.
səhifə4/5
tarix19.12.2023
ölçüsü23,91 Kb.
#150743
1   2   3   4   5
Sohaviy ma’lumot-axborot hujjatlari1

Dalolatnomaning zaruriy qismlari:

  • Dalolatnomaning zaruriy qismlari:
  • Idora, muassasa va tarkibiy bo'linma nomi.
  • Tuzilgan sanasi va joyi.
  • Tartib raqami va tasdiq belgisi (zarur hollarda).
  • Matn sarlavhasi.
  • Hujjat turi nomi (Dalolatnoma).
  • Hujjatni tuzish uchun asos (muassasa rahbarining buyrug'i, idoraning qarori yoki ko'rsatmasi kabilar).
  • Komissiya tarkibi (rais va a'zolar).
  • Ishtirok etuvchilar (guvohlar).
  • Dalolatnoma matni.
  • Ilovalar (har bir ilovaning necha betligi ko'rsatiladi).
  • Tuzgan va ishtirok etganlarning imzolari.
  • Ijro haqidagi belgi.

Har bir dalolatnomaning ushbu zaruriy tarkibiy qismlari qatoriga ayrim hollarda boshqa ma'lumotlarni ham ko'shish mumkin. Chunonchi, ishni qabul qilish-topshirish chog'ida tuziladigan dalolatnomalarda xodimlar tomonidan topshirilayotgan qimmatli buyumlar, hujjatlar sanab o'tiladi (ilovalar tarzida), topshirish vaqtidagi ish ahvoliga baho beriladi, bajarilmagan ishlar qayd etiladi va hokazo.
Dalolatnoma matni murakkab tuzilishga ega bo'lib, kirish va ta'kid (qayd, tasdiq) qismlaridan tashkil topadi
Kirish qismi quyidagi tartibga ega : asos (dalolatnoma yuqori idoralarning me'yoriy hujjatlari yoki muassasa rahbarining yozma buyrug'iga asosan tuziladi ishtirokchilarning shaxsiy tashabbusiga ko'ra tuziladigan dalolatnomalarda bu qism bo'lmasligi mumkin); tuzildi (kim tomonidan - yakka, xususiy shaxsmi yoki komissiyami); Ishtirok etganlar (asosiy tuzuvchilardan tashqarii guvoh sifatida hozir bo'lganlar yoki taklif etilganlar). Dalolatnoma tuzishda qatnashgan shaxslarni sanaganda, ularning lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyalari ko'rsatiladi. Agar dalolatnoma komissiya tomonidan tuzilsa, birinchi bo'lib komissiya raisi, keyin shu tartibda komissiya a'zolari ko'rsatiladi. Komissiya a'zolarining familiyalari, shuningdek, ishtirokchilarning familiyalari, odatda, alifbo tartibida yoziladi.
Dalolatnomaning ta'kid qismida komissiya tomonidan amalga oshirilgan ishlarning maqsad va vazifalari, mohiyat va xususiyatlari bayon etiladi, ishni amalga oshirishga asos hujjatlar ko'rsatib o'tiladi, aniqlangan holatlar qayd etiladi. Zaruriy hollarda dalolatnomaning ta'kid qismida aniqlangan holatlar yuzasidan xulosalar va takliflar qilinadi.
Dalolatnoma matni so'ngida uning necha nusxaligi ko'rsatiladi. Dalolatnoma, odatda, uch nusxada tuzilib, birinchisi - yuqori idoraga, ikkinchisi - muassasa rahbariga jo'natiladi, uchinchisi esa hujjatlar yig'majildiga solib qo'yish uchun topshiriladi.
Ma'lumotnoma bo'lgan voqea yoki mavjud holatlarni bildirish, axborot berish mazmunida ifodalaydigan hujjatdir. Ma'lumotnomalar, odatda, yuqori idora, mansabdor, xususiy va yuridik shaxslar hamda oddiy kishilarning ko'rsatmasi, talabi yoki iltimosiga ko'ra tuziladigan hamda biron-bir masalada iltimosni qondiradigan axborot va ma’lumotlarni o’zida aks ettiradi.
Ma'lumotnoma o'z xususiyati va mazmuniga ko'ra ikkiga : xizmat ma'lumotnomasi va shaxsiy ma'lumotnomaga bo'linadi.
Xizmat ma'lumotnomasi - muassasa faoliyatiga doir voqea- hodisalarni rasmiy ravishda aks ettiradi va tasdiqlaydi, axborot xususiyatiga ega bo'lgan -xil ma'lumotlarni o'z ichiga oladi, zarur hollarda esa raqamli jadvallar ko'rinishida tayyorlanadi. Taqdim etilayotgan ma'lumotlar ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat, xodim (shtat)lar soni, topshiriqlarning bajarilishi, moddiy-tovar boyliklarining saqlanishi, mehnat intizomining ahvoli haqida va boshqa xilma-xil masalalar to' g'risida hozirlanadi.
Rasmiy xizmat ma'lumotnomasida bosma ish qog'ozidagi yozuvlardan tashqari, yana quyidagi zaruriy qismlar bo'ladi:
Hujjat jo'natiladigan yuqori idora yoki mansabdor shaxsning nomi (bosma ish qog'ozining yarmidan o'ng tomonga yoziladi).
Hujjat nomi (Ma'lumotnoma).
Ma'lumotnoma matniga sarlavha (xat boshidan yoziladi).
Asosiy matn (ma'lumotnoma mazmuni).
Mansabdor shaxs (tuzuvchi yoki korxona rahbari) imzosi.
Moliyaviy masalalarni aks ettiruvchi rasmiy ma'lumotnomalarda bosh (katta) hisobchining imzosi va muhri bo'ladi.
Shaxsiy ma'lumotnoma - muassasalar tomonidan fuqarolarning turmushi va ish faoliyatidagi aksar voqea-hodisalar va holatlarni tasdiqlab beradigan hamda talab qilingan joylarga ko'rsatiladigan rasmiy hujjatdir. Masalan, muassasa xodimga uning qaerda, kim bo'lib va qancha maosh olib ishlashi haqida ; o'quvchi va talabaga esa qaerda o'qishi haqida ; fuqarolik holati hujjatlarini qayd qilish (FHHQ- ZAGS) va notarial idoralar hamda fuqarolar yig'inlari raislari shaxsning tug'ilganligi yoki vafot etganligi to'g'risida, nikohda bo'lganligi yoki ajralganligi haqida (hujjatlar yo'qolganda) ; tuman va shahar ijtimoiy ta'minot bo'limi shaxsning nogironligi, nafaqasining miqdori, avtomobilga ega emasligi haqida ; shifoxonalar kishining sog'lig'i (kasal emasligi) haqida ; mahalla qo'mitasi yig'inlari yoki uy-joy boshqarmalari shaxsning yashash joyi, egallab turgan uy-joyining maydoni yoki oila a'zolarining soni haqida ma'lumotnomalar beradi. Bulardan tashqari, ichki ishlar va adliya idoralari tomonidan ham fuqarolarga tasdiqlovchi, guvohlantiruvchi ma'lumotnomalar beriladi.

Yüklə 23,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə