Leksikologiya o'z va o'zlashma qatlam



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə1/7
tarix19.12.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#150576
  1   2   3   4   5   6   7
Leksikologiya.Tilning leksik qatlamlari9


Toshkent Renessans ta’lim universiteti axbarot tizmlari va tarmoqlari fakulteti 61 s -23 Att guruh talabasi Abdimannabov Sanjarning O’zbek tili fanidan tayyorlagan taqdimoti Tekshirdi: Toraboyeva Zilola
Leksikologiya.Tilning leksik qatlamlari
REJA:
Leksikologiya va uning asosiy vazifalari
So‘z va uning belgilari
Monosemantik va polisemantik so’zlar
So‘zning ma’no ko‘chish usullari
O‘z qatlam
O‘zlashma qatlam
O‘zbek tili leksikasining ijtimoiy - dialektal tarkibi
O‘zbek tili leksikasining tarixiy - funksional xususiyatlari
Uslubiy jihatdan o‘zbek tili leksikasi
Frazeologiya
Leksikografiya
Leksikologiya va uning asosiy vazifalari
Tildagi so‘zlarning jami uning leksikasini, ya’ni lug‘at boyligini tashkil etadi. Leksikologiya (yunoncha lexikos-lug‘atga oid va logos-ta’limot) tilshunoslikning lug‘aviy birliklar tarkibini tekshiradigan bo‘limidir.
Tilning lug‘at tarkibi va uni tashkil etuvchi so‘zlar bir qator umumiyliklarga ega. Ular quyidagilarda ko‘zga tashlanadi:
1) tildagi so‘zlar muayyan ma’no ifodalash xususiyatiga ega bo‘ladi. So‘zning ma’no xususiyatlari leksikologiyaning semosiologiya bo‘limida o‘rganiladi;
2) har qaday tilning taraqqiyoti jarayonida yuz beradigan o‘zgarishlar avvalo uning leksikasida o‘z aksini topadi. Chunki til jamiyat taraqqiyoti davomida yangi-yangi so‘zlar hisobiga boyib boradi, ayni paytda ba’zi so‘zlar eskiradi va iste’moldan chiqadi;
3) tilning lug‘at tarkbidagi so‘zlar iste’mol darajasiga ko‘ra chegaralangan yoki chegaralanmaganligi bilan ham farqlanadi. Xususan, ba’zi so‘zlar umumxalq iste’molida bo‘lsa (ota, ona, yurmoq, men, sen), ayrim so‘zlaning iste’mol darajasi chegaralangan bo‘ladi. Masalan, shevaga oid so‘zlarning hududiy chegaralanishi, shular jumlasidandir;
4) so‘zlar nutq uslubiga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra ham farqlanadi. Jumladan, ba’zi so‘zlar uslubiy betaraf bo‘lsa, ba’zilari esa nutq uslubining ma’lum turiga mansubligi bilan farqlanadi;
5) har bir so‘z tovush qiyofasi va ma’noga, ya’ni shakl va mazmunga ega. Shunga ko‘ra, so‘zlar omonim, paronim, sinonim, antonim munosabatlarni yuzaga keltiradi.Tilning eng muhim birliklaridan bo‘lgan so‘zlarga xos bu umumiyliklar leksikologiyaning asosiy tekshirish ob’yektidir.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə