Leksikologiya o'z va o'zlashma qatlam



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə3/7
tarix19.12.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#150576
1   2   3   4   5   6   7
Leksikologiya.Tilning leksik qatlamlari9

Sinekdoxa narsa va hodisaning nomi bilan uning qismini atash yoki qismining nomi bilan shu qism mansub bo‘lgan butunni atash orqali yangi ma’no hosil qilish usulidir. Masalan: Tirnoq so‘zining farzand ma’nosida ishlatilishi (U tirnoqqa zor edi) qism nomi bilan butunni ifodalashnishidir. Qo‘l so‘zi bilan uning bir qismini, ya’ni barmoqning atalishi esa (Qo‘liga uzuk taqdi) butun nomi bilan qismning nomlanishidir. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning quyidagi gaplardagi ma’nolariga e’tibor bering: Rux samovar. Egamberdi, Sen darrov o‘t sol! (A.Qodiriy) Mirzo kechqurun samovarga chiqdi, ikkita choy ichdi (A.Qahhor). Devorlarda Tamara o‘z qo‘li bilan tikkan kashtalar osilgan edi (M.Muhammedov). U yenglariga chiroyli qizil kashtalar tikilgan ukraincha oq shoyi kofta kiygan edi (P.Tursun).
Vazifadoshlik narsa va hodisalarning bajaradigan vazifasidagi birlik, o‘xshashlik asosida nom ko‘chishidir. Masalan, chiroq so‘zi o‘tmishda moy shimdirilgan pilik yordamida yorug‘lik beruvchi moslamani anglatgan. Hozirda esa elektor yoritgichlar ham chiroq deb yuritiladi. Yoki tarixan qamish yoki patdan yasalgan yozuv quroli qalam deb atalgan. Hozir esa grafitli maxsus yasalgan yozuv quroli ham shu nom bilan yuritiladi. Vazifadoshlik asosida nom ko‘chish so‘zning ko‘p asrlik tarixiy taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lgani uchun ma’no ko‘chishning boshqa usullariga nisbatan ancha kam uchraydi.
O‘z qatlam. Ma’lumki, o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman, uyg‘ur qoraqalpoq singari tillar o‘zaro qarindosh tillar bo‘lib, ular birligi turkiy tillar guruhini tashkil etadi. Tilimizda faol qo‘llanadigan oyoq, qo‘l, ikki, uch, ol, kel, yaxshi, men, sen singari so‘zlar ko‘pchilik turkiy tillar uchun ham faol so‘zlar hisoblanadi. Barcha turkiy tillar uchun umumiy iste’molda bo‘lgan bunday so‘zlar umumturkiy so‘zlar deyiladi. O‘zbek tili leksikasining katta qismini umumturkiy qatlamga mansub so‘zlar tashkil etadi.
Tilimizda umumtukiy so‘zlarning quyidagi leksik-tematik guruhlari faol ishlatiladi: 1) inson tushunchasi bilan bog‘liq so‘zlar: kishi, el, yurt; 2) qarindoshlik tushunchalari bilan bog‘liq so‘zlar: ota, ona, opa, enaga, aka, uka, singil, qayin, qayinog‘a, yanga va boshqalar; 3) odam va hayvon tana a’zolari nomlari: barmoq, bag‘ir, bel, bo‘g‘iz, biqin, milk, miya, og‘iz va boshqalar. Muayyan tushuncha doirasida birlashuvchi bunday so‘zlar guruhi uyadosh so‘zlar deyiladi.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə