Leksikologiya o'z va o'zlashma qatlam


Uslubiy jihatdan o‘zbek tili leksikasi



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə6/7
tarix19.12.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#150576
1   2   3   4   5   6   7
Leksikologiya.Tilning leksik qatlamlari9

5. Uslubiy jihatdan o‘zbek tili leksikasi
Tilning lug‘at tarkibidagi so‘zlar nutqning biror uslubiga xoslangan bo‘lishi yoki nutq uslublariga betaraf bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra lug‘aviy birliklar ikki guruhga bo‘linadi: uslubiy betaraf so‘zlar va uslubiy xoslangan so‘zlar.
Uslubiy betaraf so‘zlar nutq uslublarining birortasiga xoslanmay, barcha uslublarda birdek qo‘llanilaveradigan lug‘aviy birliklardan tashkil topadi: havo, suv, daraxt, bir, ikki, hamma, biz, siz, turmoq, yugurmoq kabilar shular jumlasidandir.
Nutqning ayrim-ayrim ulublari uchungina xizmat qiladigan so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlar deyiladi. Bunday maxsus so‘zlar dastavval og‘zaki nutqda yoki yozma nutqda qo‘llanishiga ko‘ra ikkiga ajraladi. Masalan, hazar qilmoq, birlashmoq, hunar, o‘rin, arzimagan (kichik) so‘zlari ko‘proq og‘zaki nutqda qo‘llansa, ularning sinonimlari bo‘lgan jirkanmoq, uyushmoq, kasb, makon, juz’iy so‘zlari ko‘proq yozma nutqda qo‘llanadi.
Frazeologiya
Ikki yoki undan ortiq so‘zdan tarkib topgan va yaxlit bir ma’no ifo-dalaydigan til birligi frazeologik ibora deyiladi. Frazeologizmlar yaxlit-ligicha yoki muayyan so‘zning ko‘chma ma’noda qo‘llanishi asosida yuzaga keladi. Masalan, og‘zi qulog‘ida iborasi tarkibidagi so‘zlar bir butun holda ko‘chma ma’noda qo‘llanib, xursand tushunchasini ifodala-gan. Biroq qo‘l ko‘tarmoq birikmasida esa ko‘tarmoq so‘zining ko‘chma ma’noda ishlatilishi iborani vujudga keltirgan. Shu bois ular nutqning erkin sintaktik birliklaridan farqli ravishda, tilning turg‘un birikmalari hisoblanadi. Frazeologik iboralarning so‘zlar singari tilning lug‘aviy bir-liklari qatoridan o‘rin egallaydi. Bunga quyidagi omillar sabab bo‘ladi:
1.Frazeologizmlar ikki yoki undan ortiq so‘zdan tashkil topgan turg‘un birikmalar bo‘lsa ham, so‘zlar singari, odatda, yaxlit bir tushun-chani ifodalash uchun xizmat qiladi. Bu xususiyat ularni so‘zlar bilan sinonimik munosabatga kirisha olishini ta’minlaydi: Uchiga chiqqan-o‘taketgan, turgan gap-albatta, yeng ichida-xufiya, yashirin kabilar shular jumlasidandir.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə