Leksikologiya o'z va o'zlashma qatlam



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə2/7
tarix19.12.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#150576
1   2   3   4   5   6   7
Leksikologiya.Tilning leksik qatlamlari9

2. So‘z va uning belgilari. So‘z tilning muhim unsurlaridan biri bo‘lib, ma’lum ma’no doirasida birlashgan tovush va tovushlar majmuyidan tashkil topadi. Biroq har qanday tovushlar birligi so‘z yoki uning ma’nosini shakllantira olmaydi. Masalan, olma so‘zidagi tovushlar birligi meva tushunchasini ifodalagan holda, shu so‘zdagi tovushlarning mloa, oalm shaklidagi yig‘indisi hech qanday ma’noga ega emas. Ayni paytda, tovushlarning bunday birligini so‘z deyish ham mumkin emas. Shunday ekan, har qanday tovush va tovushlar yig‘indisi ma’no ifodalovchi vosita sifatida emas, ma’no tovush va tovushlar majmuyini shakllantiruvchi vosita sifatida muhim ahamiyatga egadir.
3. Monosemantik va polisemantik so‘zlar. Tildagi so‘zlar bir va birdan ortiq ma’noga ega bo‘lishi mumkin. Bir ma’nolilik hodisasi monosemiya, ko‘p ma’nolilik hodisasi esa polisemiya deb yuritiladi. Masalan, marmar, g‘oya, xulosa, taassurot kabi so‘zlar va ilm - fan sohalariga doir atamalar bir ma’noli so‘zlardir. O‘z va ko‘chma ma’nolari tufayli ikki yoki undan ortiq ma’noga ega bo‘lgan so‘zlar esa ko‘p ma’noli (polisemantik) so‘zlar deyiladi. Masalan: etak - choponning etagi, tog‘ning etagi.
So‘zning ma’no ko‘chish usullari. O‘zbek tilida polisemantik so‘zlar ma’no ko‘chishning to‘rt xil usuli mavjud: 1) metafora; 2) metonimiya; 3) sinekdoxa; 4) vazifadoshlik.
Metafora (yunoncha «ko‘chirma» so‘zidan olingan) biror narsa, belgi yoki harakatning nomi o‘zaro o‘xshashligi bo‘lgan boshqa narsa, belgi yoki harakatga ko‘chishidir. Masalan: U tarozining ikki pallasini ko‘zdan kechirdi (I.Rahim). Yormat tarvuzni kesdi. Bir pallasini o‘zi olib, ikkinchi pallasini Yo‘lchi va O‘roz oldiga qo‘ydi (Oybek). Birinchi misoldagi palla so‘zining o‘z ma’nosi taroziga nisbatan qo‘llaniladi. Uning tashqi ko‘rinishiga ko‘ra o‘xshashligi ikkinchi misolda tarvuz bo‘laklariga nisbatan ham qo‘llanishga sabab bo‘lgan.
Metonimiya (yunoncha «qayta nomlash», «nomini almashtirish») narsa yoki hodisalarning makon va zamonda o‘zaro bog‘liqligi, doimiy aloqadorligi asosida birining nomi ikkinchisiga ko‘chishidir. Bunda narsa, harakat va belgi o‘rtasidagi o‘zaro o‘xshashlik emas, balki doimiy aloqadorlikning mavjudligi birining nomini aytganda ikkinchisini anglash, nazarda tutish imkonini beradi.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə