So'z ma'nolarining ko'chish usullari



Yüklə 19,93 Kb.
səhifə1/3
tarix25.10.2023
ölçüsü19,93 Kb.
#130729
  1   2   3
So\'zning ko\'chish ma\'nolari


So'z ma'nolarining ko'chish usullari

O'zbek tilida so'z ma'nolari to'rt xil usul bilan ko'chadi: 1) metafora. 2)vazifadoshlik,3) metonimiya 4)sinekdoxa,

Metafora gr. metaphora "ko'chirma" demakdir. So'z ma'nolarining predmet. narsa. hodisalarnmg tashqi shakliy o'xshashligi va ichki belgiga asoslamb ko'chishiga metafora deyiladi.

Bu usul bilan nom ko'chishi predmetlar, hodisalar orasidagi nisbiy o'xshashlikka ko'ra bo'ladi va ularning shakli rangi, harakati ikkinchi shunday predmat belgisi bo'lgan nomni oladi.

Metafora yo'li bilan ma'no ko'chishiga predmetlar uchun umumiy belgi tushunchada saqlanadi. Masalan. qozonning qulog'i odam qulog'iga, o'zining tashqi belgisi ko'rinishi bilan o'xshaydi.

Metofora ko'proq quyidagilarga: 1) odamning tana a'zolari (qo'l, oyoq, bet, yuz, lab, tish. ylka), 2) kiyimlar va ularning biror qismiga (yoqa. etak), 3)-h"ayvon. parranda va hasharotlarning biror a'zosi (qanot, dum, tumshuq, shox); 4)o'simlik va uning qismi (ildiz. tomir); 5) qurol (nayza, pichoq) nomlariga asoslanadi. Masalan: Qishlog'imiz tog'ning etagiga joylashgan. (H. G'.) Uyimiz daryo yoqasidadir.

Qish chalar cholg'usin, esar yellar I Ko'k va yerda qor kular, o'ynar (H.O.)

Lab bo'lib ko'ringan g'uncha ekan,

Yuzi bo'lib ko'ringan dil. (U.)

Vazifadoshlik ( funksiyadoshlik). Bir pedmetning vazifasini ikkinchi bir predmet bajarishi natijasida awalgining nomini keyingisi ifodalashi asosida ko'chishi vazifadoshlik deyiladi. Bu usul bilan ma'no ko'chish bir tomondan metaforaga o'xshasa ham, u metaforadan vazifa bajarish xususiyatiga asoslanishi bilan farq qiladi. Masalan,qanot (qush), qanot (samolyot), o'q (kamon), o'q (har xil qurollar o'qi, qalam (yozuv quroli). qalam (qoshga qo'yiladigan bo'yoq), o't bog'lagan qanotlar (H. 0.), qalam-qoshig'a tekizgil qalamni (Amiriy), aytilgan so'z, otilgan o'q (Maqol).

Metonomiya gr."meta" qayta. "anoma"-nom demakdir. Predmet. narsa. hodisalarning makon va zamondagi bog'lanishidan birining nomini ikkinchisiga ko'chirish asosida yuzaga keladigan ma'no metonomiya deyiladi.Bu usul bilan nom ko'cllishda tashqi, ichki belgidagi o'xshashlik hisobga olinmaydi balki ular orasidagi doimiy aloqaning mavjudligi hisobga olinadi, shunga ko'ra quyidagi ma'nolarni ifodalaydi:

1) o'rinmunosabati (ko'za, piyola. samovar) masalan, to'ldirib qo'y qadahlarni, yangrasin gulyor (qo'shiq);

2) joy, tashkilot so'zidagi doimiy aloqaga ko"ra (shahar,tashkilot):

Ko'zimning oldidan o'tadir g'amgin , Navoiy tobutin kcftargan Hirot. (A.O.)

3) muallif bilan asari orasidagi doimiy aloqa:Fuzuliyni oldim qo'limga

Majnun bo'lib yig'lab qichqirdi

Va Navoiy tushib yo'limga

Faryod bilan o'nudan turdi (H.O.)

4). Boshqa hodisalar bilan uzviy aloqa asosida ko'chadi:

O'n to'qqizga chiqasan bugun ,

Uzoqdaman. Yo'q menda toqat (H.O.)

Sinekdoxa. gr. " sinekdohe" birga anglamoq demakdir. Butun nomi bilan qismni yoki, aksincha, qism nomi bilan butunni ifodalash asosida so'z ma'nolarining ko'chishi sinekdoxa deyiladi. Sinekdoxa qisman o'rin anglatish munosabatiga ko'ra metonomiyaga kiradi. Bu usul bilan ma'no ko'chishini quyidagicha izohlash mumkiii. Odam a'zolari (qo'l, bosh) o"n qo'limga uzuk taqmg qizlarim (butun), besh qo'l barobar emas (maqol) gapida qo'l so'zi (butun nomi) barmoq ma'nosmi (butunning qismini) anglatadi. Chorva tuyoqlarini ko'paytiramiz (gazetadan). bar boshdan yuz litrdan sut sog'ib olamiz (radio eshittirishidan).

Sinekdoxa quyidagi munosabatlarga asoslanadi:


  1. Odam a'zolari: o'n qo'lni og'zingga solma.


  2. Kiyim va umng qismlari: liisobidan adashgan cho'ntagidanayrilar. (Maqol.)


  3. Predmet, narsa, qurol: xamir uchidan patir,o'roq-o'roqchi .


  4. Hayvon, parranda a'zolari: qizilishton (qush), tulki (tulkiterisi).


  5. Daraxt va mevasi: Namanganning oknasi hil-hil pishib-di.(Qo'shiq.)


So'zlarning shakl va ma'no munosabatlariga ko'ra turlari

O'zbek tili leksikasidagi so'zlar o'zaro turli munosabatda bo'ladi. Ayrim so'zlar ma'nolari jihatidan o'zaro teng bo'lsa, ba'zilari shakli jihatidan bir xil bo'ladi yoki ayrim so'zlar ma'nosiga ko'rabir-birlariniinkorqiladi. Shu xususiyatlariga ko'ra so'zlar bir necha guruhlarga bo'linadi; 1) omonim, 2)sinonim, 3) antonim, paronimlar.

Omonimlar gr. "homos" bir xil, "anoma" nom demakdir. Shakli bir xil, ma'nosi bar xil lug'aviy birliklar omonimlar deyiladi. Shakli bir xil deyilganda so'zlarning aytilishi va yozilishi aynan bir xil bo'lishi nazarda tutiladi.Masalan, ko'r ("ko'rmaydigan", "ko'rmoq"ma'nosidagi fe'l o'zagi), ter ("peshona teri - ot, "ter-moq" termoq fe'l o'zagi), yuz ("100", bet"), qirq ("40", kes"), olma("meva",fe'lning bo'lishsiz shakli) chang, ("cholg'u asbobi", "to'zon", chopO'yugur'Y'maydala") bog'("mevazor", bog'laydigan-narsa", tut (daraxt turi, "tut") kabi misollar;Sayru jahon ayla, go'zallikni ko'r, Kimki go'zal narsani ko'rmas u ko'r. (Habibiy.) .

Omonimlar o'z ma'no xususiyatlariga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi; 1) lug'aviy omonimlar; 2) grammatik omonim­lar. Lug'aviy omonimlar. Shakli bir xil so'z va iboralar lug'aviy omonimlar deyiladi. Bunday omonimlar ham ikki turga bo'linadi.

1) leksik omonimlar; 2) frazeologik omonimlar.




Yüklə 19,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə