So'z ma'nolarining ko'chish usullari



Yüklə 19,93 Kb.
səhifə2/3
tarix25.10.2023
ölçüsü19,93 Kb.
#130729
1   2   3
So\'zning ko\'chish ma\'nolari

Leksik omonimlar. Aytilishi, yozilishi va barcha grammatik shakllari bir xil, ma'nosi har xil so'zlar leksik omonimlar deyiladi. Misollar:

Ko'nglima har yonki boqsam, dog'i bor,

Har necha dadrimni desam, dog'i bor.

Gulcha tanga bori ishqing yor edi,

Biz son bo'ldi firoqning dog'i bor. (Lutfiy.)

1-misrada dog'i (yara), 2-misrada dog'i(yana), 4-misrada dog'i (tog') ma'nolarida qo'llangan.

Necha dedim ul sanamga, bormog'in,

Qilmadi ul tark oxir bormog'in,

Munchalik xudroylik ko'rg'azdi ul,

Aql hayrat qildi, tishlab bormog'in. (A. N.)

1 -misrada bormog'in (bermagan), 2-misrada bormog'in (borish odatini), 4-misrada bormog'in (barmoq) ma'nolarida ishlatilgan.

Qo'lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot,

Yaxshilik qil bolam, yomonlikni ot,

Nasihatim yod qilib ol farzandim

Yolg'iz yursa chang chiqarmas yaxshi ot.

1-misrada ot (nom), 2-misrada ot (tashla), 4-misrada ot (hayvonning bir turi).

Frazeologik omonimlar. Shakli bir xil iboralar frazeologik omonimlar hisoblanadi; Masalan, qo'l ko'tarmoq (ovoz bermoq), qo'l ko'tarmoq (taslim bo'lmoq), ko'zi yorimoq (farzand ko'nnoq), ko'zi yorimoq (tuzalmoq), bosh ko'tarmoq (kasaldan turmoq), bosh ko'tarmoq (g'alayon qilmoq).

Grammatik omonimlar Shakli bir xil, lekin har xil gram-matik vazifa bajaruvchi qo'shimchalardir. Ularni affiks omonimlar ham deb yuritiladi. Masalan, so'z yasovchi qo'shimchalar doirasida.



- m qo'shimchasi harakat natijasi oti yasaydi; bog'lam, to'plam; - m-egalik (so'z o'zgtartiruvchi) olmam, onam; loq (so'z yasovchi) o'tloq; loq (shakl yasovchi qizaloq bo'taloq) kabi.

Grammatik omonimlar ikki turga bo'linadi: Shakli bir xil, vazifasiga ko'ra farq qiladigan qo'shimchalardir. Grammatik omonimlar ikki turga bo'linadi.

l)Affiksal (qo'shimcha) omonimlar. Masalan, -chi qo'shim­chasi vazifasiga ko'ra shaxs oti yasaydi: ishchi, suvchi; modal shakl yoki qo'shimcha ma'no hosil qiladi; ayt-chi va boshqalar.

2) Sintaktik omonimlar. Masalan, -sa: payt ma'nosida: Kechqurun osh suzsak, bir nasiba kam.(G'.G'.) Shart: uy ozoda bo'lsa, ko'ngil ravshan bo'ladi. Tilda omonimlar quyidagi yo'llar bilan yuzaga keladi.




  1. Fonetik taraqqiyot natijasida har xil talaffuz qilinuvchiso'zlarning bir xil fonetik qobiqqa ega bo'lishi natijasida. Masalan:o'r - kesmoq, o'r - qir, tepalik, o'r - qaysar, o't - olov, o't -maysa. ko'kat, o't - harakat, o't - kishi a'zosi.


  2. Ko'p ma'noli so'zlarning semantiktuzilishidama'no muno-sabatining kuchsizlanishi sababli. Masalan, ko'k (osmon) ko'k(rang), ko:k (maysa), ko'k (ko'kat), ko'k (motam libosi), kun(sutkaning yorug' qismi), kun (quyosh), kun (tirikchilik) vaboshqalar.


  3. Ma'lum so'z asoslaridan yangi so'z yasalishi natijasida.Masalan, oylik ( maosh - ot turkumi), oylik (o'lchov, muddat -sifat turkumi).


4. Boshqa tildan o'zlashgan so'zning ilgari shu tilda mavjud bo'lgan boshqa so'z bilan talaffuz jihatidan mos kelib qolishi. Masalan, to'n (kiyim), ton (ohang), torn (kitob jildi), torn (uy usti) va boshqalar.




Yüklə 19,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə