Leksikologiya o'z va o'zlashma qatlam


Hind tildan o‘zlashgan so‘zlar: barcha, bibi, paysa, tovus, chaqmoq



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə5/7
tarix19.12.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#150576
1   2   3   4   5   6   7
Leksikologiya.Tilning leksik qatlamlari9

1. Hind tildan o‘zlashgan so‘zlar: barcha, bibi, paysa, tovus, chaqmoq.

2. Xitoy tilidan o‘zlashgan so‘zlar: choy, lag‘mon, shiypon.

3. Qadimgi yunon tilidan: iqlim, marvarid, marmar, ark, billur.

O‘zbek adabiy tili leksikasining o‘zlashma so‘zlar qatlami asosini keyingi tarixiy bosqichlar mobaynida yaqin munosabatda bo‘lgan fors-tojik, arab, rus va boshqa xorijiy tillardan o‘zlashgan so‘zlar tashkil etadi. Ular quyidagilar misolida ko‘zga tashlanadi:

1. Fors-tojik tilidan o‘zlashgan so‘zlar: osmon, oftob, bahor, baho, barg, daraxt, gul, xona, shamol, dasta, mehribon, agar, ham va boshqalar.


4. O‘zbek tili leksikasining tarixiy - funksional xususiyatlari
Tilning lug‘at tarkibi tashkil etadigan so‘zlarning hayotiyligi faol yoki nofaolligiga bog‘liq. Zero, tildagi ba’zi so‘zlar kundalik hayotda iste’mol etilish bilan xarakterlansa, boshqa bir guruh so‘zlar kundalik aloqada juda kam qo‘llanadi. Shu bois so‘zlar tarixiy-funksional xususiyatiga ko‘ra faol va nofaol so‘zlarga ajraladi. Faol so‘zlar adabiy tilning zamonaviy me’yoriga xos so‘zlari bo‘lib, ular kundalik aloqada eng ko‘p ishlatilishi bilan ajralib turadi. Nofaol so‘zlar qatlami esa quyidagi uch turga bo‘linadi:1) tarixiy so‘zlar (istorizmlar), 2) eskirgan so‘zlar(arxaizmlar), 3) yangi so‘zlar (neologizmlar).
1. Tarixiy so‘zlar (istorizmlar). O‘tmishga oid narsa, hodisalarni ifodalagan, biroq hozirgi tilimizda o‘z sinonimiga ega bo‘lmagan so‘zlardir. Masalan: miri, paqir, (pul birliklari) qozi, qushbegi, yasovul, xalifa (mansab nomlari), omoch, yorg‘ichoq, charx kabilar.
2. Eskirgan so‘zlar(arxaizmlar). Hozirgi kunda mavjud bo‘lgan narsa va hodisalarning eskirib qolgan nomlaridir. Eskirgan so‘zlarning hozirgi tilda sinonimi mavjud bo‘ladi.
Masalan: budun, ulus, raiyat – xalq; handasa - geometriya; muarrix –
tarixchi; dudoq – lab; lang - cho‘loq, oqsoq.
3. Yangi so‘zlar (neologizmlar). Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va o‘zgarishlar natijasida vujudga kelgan narsa - hodisalarning yangi nomlaridir. Masalan, O‘zbekiston mustaqil bo‘lgandan so‘ng tilimizda paydo bo‘lgan faxriy - veteran, noib - deputat, tuman - rayon, tayyora - samolyot kabi so‘zlar yangi so‘zlardir. Yangi so‘zlarning nofaol so‘zlar qatoridan o‘rin egallashi sababi shundaki, ular paydo bo‘lgandan keng iste’moldagi so‘zlar singari barchaning nutqida birdek ishlatilavermay-di. Biroq vaqtlar o‘tishi bilan yangi so‘zlar ham keng iste’moldagi so‘zlar qatoridan o‘rin egallashi mumkin.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə