Sohaviy xizmat yozishmalari



Yüklə 180,9 Kb.
səhifə1/3
tarix19.12.2023
ölçüsü180,9 Kb.
#150619
  1   2   3
Sohaviy xizmat yozishmalari5


Toshkent Renessans ta’lim universiteti axbarot tizmlari va tarmoqlari fakulteti 61 s -23 Att guruh talabasi Abdimannabov Sanjarning O’zbek tili fanidan tayyorlagan taqdimoti Tekshirdi: Toraboyeva Zilola

Sohaviy xizmat yozishmalari

  • Reja:
  • Xizmat yozishmalarining vazifasi.
  • Xizmat xatlarining turlari. So‘rov xati. Iltimos xati. Javob xati. Ilova xat.

  • Tasdiq xati. Eslatma xat. Da’vo xati. Talab xati. Axborot xati. Kafolat xati.

Muassasalar o‘rtasida xizmat aloqalari asosan rasmiy xatlar orqali amalga oshiriladi. Bunday yozishmalar orqali turli ko‘rsatmalar, so‘rovlar, javoblar, tushuntirishlar, xabar, taklif, iltimos, kafolatlar beriladi va qabul qilinadi. Xizmat xatlari quyidagi vazifalarni bajarishiga ko‘ra ikki turga ajraladi:
Javob xatni talab qiluvchi xatlar (da’vo xatlar, so ‘rov xatlar, iltimos xatlar kabi).
Javob talab qilmaydigan xatlar (tasdiq xat, ilova xat, eslatma xat, axborot xat, kafolat xat kabi).
Barcha xizmat xatlari rasmiy yozishma bo‘lgani uchun maxsus bosma ish qog‘ozlariga yoziladi. Oddiy qog‘ozga yozilgan taqdirda chap tomonining yuqori burchagiga muassasa nomi ko‘rsatilgan to‘rtburchak muhr qo‘yilishi lozim.
Xizmat xatlari ikki nusxada yoziladi va imzolanadi. Lavozimi aniq ko‘rsatilgan rahbar tomonidan imzolangan xatning birinchi nusxasi jo‘natilib, ikkinchisi muassasada qoladi.

Rasmiy xat matnini yozishda quyidagilarga e’tibor berish lozim:

  • Rasmiy xat matnini yozishda quyidagilarga e’tibor berish lozim:
  • xat qisqa bo‘lishi, qoidaga ko‘ra bir betdan oshmasligi kerak;
  • fikrlar aniq va ravshan ifodalanishi shart;
  • matnda ko‘chma ma’noli so‘z va iboralar ishlatilmasligi zarur;
  • gaplarning kesimi hujjat turi va mazmuniga muvofiq uchinchi shaxs birlik yoki birinchi shaxs ko‘plik sonda shakllantirilishi lozim;
  • matn sarlavhasi bir jumla shaklida ikki qatordan oshmasligi, «to‘g‘risida» yoki «haqida» ko‘makchilari orqali tugatilishi kerak («Institut sport maydonini ta ‘mirlash to‘g‘risida» kabi);
  • matnda xizmat xatining turi, nomi yozilmaydi, xatning qandayligi matn mazmunida aks etishi zarur.
  • Rasmiy xatlarda bayon qilingan fikr mantiqiy izchillikda ifodalanishi, yetarli dalillar bilan asoslanishi va xulosalanishi lozim. Zarur holatlarda o‘rinli taklif yoki e’tiroz bildirilishi mumkin. Ammo mutasaddi rahbarga nisbatan hurmat saqlanishi, murojaat odobiga amal qilinishi zarur. Shu maqsadlarda:

rahbarga murojaat shakli «Siz» so‘zini bosh harfda yozish orqali ifodalanadi (Sizga, Sizdan kabi);
fikriy bog‘liqlik «bu», «ushbu», «mazkur», «shu sababli», «shunga ko‘ra (muvofiq)» kabi so‘zlar yordamida ta’minlanadi;
taklif va e’tirozlar «bizningcha», «shartnomaga ko‘ra», «biroq», «shu bilan bir qatorda», «deb o‘ylaymiz» kabi so‘z va so‘z birikmalari orqali ifodalanadi.
Shaxsiy xatlar vazifasi va mazmuniga ko‘ra ikki turli bo‘ladi. Kundalik turmushda, asosan, oilaviy yoki do‘stona munosabatlarni ifodalovchi xat, maktub keng qo‘llanadi. Bunday xatlar rasmiy yozishmalardan hajmining cheklanmaganligi, shakliy mustaqilligi, matn mazmunining ichki kechinmalarga, hazil, qochiriq, gina, afsus, taklif, e’tiroz, minnatdorchilik kabilarning oddiy so‘zlashuv yoki badiiy uslubga yaqin ifoda shakliga xosligi bilan ajralib turadi. Salomnoma xatlari, sevgi maktublari, do‘stlik va hamkorlik munosabati yuzasidan yoziladigan xatlar ana shunday erkin uslubda yoziladi.
Shaxsiy xatning diplomatik yozishmalarga mansub turi ham mavjud.
Bular yarim rasmiy tusda bo‘lib, ularda davlat boshliqlari, diplomatik xodimlarning shaxsiy va oilaviy hayotidagi yangiliklar, sovg‘a taqdim etish, minnatdorchilik bildirish, rasmiy uchrashuvlarda ko‘rsatilgan masalalarni hal qilishga qaratilgan iltimoslar bildiriladi. Yuqoridagi shaxsiy xatlardan farqli ravishda bunda adabiy til me’yoriga to‘la amal qilinadi.

Yüklə 180,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə