Pedagogika


Dunyoqarash va uning turlari



Yüklə 240,5 Kb.
səhifə4/9
tarix17.03.2023
ölçüsü240,5 Kb.
#102766
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Sojida kurs ishi tayyor chqarwga

1.2.Dunyoqarash va uning turlari
Falsafiy dunyoqarash o’zining nazariy asoslangani va puxta ishlangani bilan ajralib turadi. Shu ma’noda, u boshqa fan yoki faoliyat sohasi uchun umumiy uslub vazifasini ham bajaradi. Agar nazariya bilish jarayonining natijasi bo’lsa, usul (metod) shu bilimga erishish oki uni amalga oshirish yo’lini anglatadi. Falsafiy nazariya esa, bir vaqtning o’zida usul vazifasini ham bajara oladi. Tarixning burilish davrlarida o’zgarishlarning asosiy yo’nalishlari va maqsadlari nechog’li to’g’ri ekani falsafiy dunyoqarash tamoyillariga solishtirib aniqlanadi. Bunda muayyan falsafiy nazariya umumiy usul (metod) sifatida qabul qilinadi. Shu sababdan ham bunday davrlarda falsafiy nazariyalarga e’tibor kuchayadi, taraqqiyot yo’llaridan borish falsafiy modellarining ahamiyati ortadi. Masalan, bizning mamlakatimiz jahon hamjamiyatiga qo’shilish, demokratik davlat qurish borasida Islom Karimov tomonidan asoslab berilgan taraqqiyot yo’li – «O’zbek modeli»ni amalga oshirmoqda. Bu yo’lning asosiy mohiyati islohotlarni inqilobiy tarzda emas, tadrijiy ravishda olib borishni nazarda tutadi. Prezidentimiz, aynan shu yo’lni taklifetar ekan, asosiy e’tiborni uning mohiyat-mazmuni, tarixda qanday natijalar bergani kabi masalalarga qaratgan. Bunda taraqqiyotning mazkur yo’li aniq tarzda tasavvur etilgan. Ya’ni, uning tarixiy va zamonaviy jihatlari, umumbashariy va mintaqaviy xususiyatlari, mamlakatimizning buguni va kelajagi uchun naqadar ahamiyati har tomonlama o’rganilgan. Ana shu asosda kerakli xulosalar chiqarilgan va ularni hayotga tadbiq etishning asosiy yo’l-yo’riqlari ko’rsatib berilgan. Biz ana shu nazariyani, bir tomondan, taraqqiyotimizning o’zimizga xos va mos modeli deb ataymiz. Ikkinchi tomondan esa, uni mamlakatimiz hayotini tubdan o’zgartiradigan va uning kelajagini belgilab beradigan, milliy dunyoqarash, ong va tafakkur rivojida muhim o’rin tutadigan umumfalsafiy tayanch – metodologiya deb bilamiz. Chunki, uning tamoyillari taraqqiyotimizning asosiy yo’nalishlarini belgilaydi va shu bilan birga, bu jarayonga kuchli ta’sir ko’rsatadigan metodologik asos bo’lib xizmat qiladi. Inson ongli ijtimoiy mavjudot bo’lgani bois, uning dunyoqarashi muayyan ehtiyoj va manfaatlarga asoslanadi. Demak, har qanday dunyoqarash muayyan inson, ijtimoiy guruh yoki tabaqaning o’z ehtiyoj, manfaatlaridan kelib chiqqan holda borliqqa munosabatini ifodalovchi g’oyalar, nazariyalar, bilimlar majmuasi, ruhiy xolat va e’tiqod mujassami hamda ularning namoyon bo’lishidir. Falsafiy dunyoqarash, mohiyat-mazmuniga ko’ra, ma’naviy faoliyat bo’lgani bois, u borliqqa bo’lgan ongli, insoniy munosabatning muayyan yo’nalishlarini vujudga keltirgan. Masalan, kishilarning jamiyatdagi axloqiy munosabatlari – axloqiy dunyoqarashlarida, huquqiy munosabatlari – huquqiy, siyosiy munosabatlari – siyosiy, diniy munosabatlari – diniy, ekologik munosabatlari – ekologik dunyoqarash shakllarida o’z ifodasini topgan. Buni tizim tarzida izohlaydigan bo’lsak, quyidagicha ko’rinish kasb etadi:
1. Axloqiy.
2. Diniy.
3. Huquqiy.
4. Siyosiy.
5. Ekologik.
6. Estetik.
Dars o’tishning turli uslublari bor, shuningdek, darsning o’zining ham turlari xilma-xil bo’ladi.
Dars o’tishning an’anaviy uslublari quydagi reja-ssenariy bo’yicha kechadi:

  1. Tashkiliy qism – salom-alik, davomatni aniqlash, doskaning tozaligi, bo’r, lattaning borligiga ishonch hosil qilish va hokozo.

  2. O’tilgan mavzuni so’rash – O’qituvchi “Avvalgi darsda qanday mavzuni o’tgan ediik, uyga qaysi misol-masalalar berilgan ediқ”, degan savolni o’rtaga tashlaydi. O’tilgan mavzuni 4-5 o’quvchidan so’raladi. Ular, odatda, doska oldida javob bedradilar, shunda uy vazifasini bajargan daftarlarini o’qituvchiga ko’rsatish uchun o’zlari bilan birga olib chiqadilar.

O’qituvchi o’quvchilarning javobini eshitadadi va uy vazifalarini ko’radi, ularni baholaydi. O’quvchilar javoblari bo’yicha fikr mulohazalar aytiladi.

  1. Yangi mavzuni bayon qilish. Bundan oldin doskaga mavzu sarlavhasi yoziladi. Ba’zi o’qtuvchilar shu vaqtning o’zidayoq yangi mavzu darslikning qaysi paragrifida, nechanchi betlari ekanini, qaysi mashqlar uyga vazifa qilib berilishini, doskaning bir chetiga ( ko’pinch o’ng yuqori burchgiga) yozib qo’yadilar. So’ngra yangi mavzuni bayon qilish boshlanadi.

  2. Yangi mavzuni mustahkamlash. Yangi mavzuni o’quvchilar qanday tushunadilar, darsdan ko’zlangan maqsad erishildimi-yo’qmi ekanini aniqlash, mavzuning asosiy g’oyasini, “nuqtalari”ni mustahkamlash uchun o’qituvchi mavzuga oid savol berib ko’radi, mashqlar ishlatadi. Bunda tajribali o’qtuvchilar sinfning faolligini oshirish, mavzu o’quvchining ongiga singib olish uchun turli uslublardan foydalanadilar. Masalan, tarqatma matriallar berish, o’quvchilarni guruhlarga ajratish, har bir guruhga avvaldan tayyorlab kelingan topshiriqni berish va hokazo.

  3. O’qituvchi mashqlarni bajarish jarayonida sinfni aylanib, kim qanday ishlayotganini kuzatadi, zarur hollarda yordam beradi. “Savollar bormi?”- deb so’rab turadi.

  4. Darsni yakunlash, o’quvchilarning bilimini baholash. O’qituvchi mashqlarni bajarilishini va jovoblarni tahlil qiladi. Mavzuning o’quvchilarga “etib bormagan” joylarini aniqlaydi. Bu “joy”larini qayta tushuntirib, izohlab beradi. Doskada faol qatnashgan, savollarga javob bergan, topshiriqni bajargan o’quvchilar baholanadi.

Ko’p o’qituvchilarning kundalik dars o’tish rejalarini o’raganish, tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, o’qituvchilar yuqorida keltirilgan har bir bosqich uchun vaqt taqsimotini beradilar. Bu, ayniqsa, yosh o’qtuvchilar uchun foydali. Ko’rsatilgan vaqtdan birozv cheklanishlar biroz tabiiy hol.
Keyingi vaqtda dars o’tishning “yagi texnalogiyasi” , dars o’tishning nostandart – noan’anaviy uslubi, xususan, interfaol(interaktiv) uslubi degan iboralar eshitamiz.
Bunday uslublarni ilg’or o’qituvchilarning o’zlari kashf qilganlar va bu uslubdan ko’pgina o’qituvchilar foydalanib kelmoqdalar.
Dars o’tishning zamonaviy pedagagik uslublariga oid ko’plab qo’llanmalar chop etilgan.
“Biror navzu ustida qanday ishlanganda uning qancha foizi (protsenti) yodda saqlanadiқ” degan tabiiy savolga javob topish maqsadida o’tkazilgan tajribalar yakuni “anglash piramidasi” degan nomni oldi. Unga ko’ra mavzu bayonini;

      • faqat eshitganda uning 10-20%i;

      • eshitsa va mavzuga oid ko’rsatmali materiallar ko’rsa, uning 30- 50%i;

      • eshitsa mavzu bo’yicha amaliy mashg’ulot bajarsa, mavzuni o’rtoqlariga gapirib bersa, tushuntirsa uning 60-90%i yodda qoladi.

Albatta har bir o’qituvchining tajribasi, bilimi, qo’shimcha adabiyotlarning borligi, shaxsiy kutubxonasining boyligi, ko’p jihatdan, unga mavzuni qaysi uslub bo’yicha o’tishini “aytadi”.
Qisqacha bo’lsada dars o’tishning noan’anaviy, faollashtiruvchi yo’llariga to’xtaylik.
Ikkinchi tomondan, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish bilangina, o‘quvchilarning informatikani fan sifatida uning o‘ziga xos tomonlarini chuqur tushunishlariga erishish mumkin. Bundan tashqari, informatikani o‘qitish jarayonida amaliy faoliyatga tayyorlash vazifasini to‘g’ri hal etishga erishish uchun informatika kursining ilmiyligini oshirish lozim. Faqatgina to‘g’ri va chuqur xulosalar qila olsagina, o‘quvchilar har bir masalani echishga tanqidiy va ijodiy yondasha oladilar, yangi muammolar oldida o‘zlarini yo‘qotib qo‘ymaydilar va turli shart-sharoitlarda unumli faoliyat ko‘rsata oladilar. SHuningdek, amaliy ish o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytiradi va uni yangi faktlar bilan boyitishadi, hamda informatikadan bilim darajalarini oshiradi, chuqur, to‘liq va mustahkam bo‘lishini ta`minlaydi.
Umumiy o‘rta ta’lim DTS o‘quv jarayonida yangi pedagogik texnologiya, ta`lim dasturlari, umumdemokratik printsiplarda tashkiliy – boshqaruv funktsiyalarni rivojlantirish, o‘quvchilarga shaxs sifatida qarash, o‘quv-tarbiya jarayonini demokratlashtirish, ijtimoiylashtirish, ijtimoy muassa sifatida maktab huquqlarini kengaytirishni joriy qilishni nazarda tutib umumta`lim maktablarining asosiy yo‘nalishlarini aniqlaydi.
Maktabgacha tarbiya, umumo‘rta ta`lim, o‘rta maµsus, kasb-hunar ta`limi va undan keyingi ta`lim bosqichlarini o‘z ichiga olgan va informatika va dasturiy ta`minot bo‘yicha mutaxassis bo‘lmaganlarga mo‘ljallangan «Informatika» fani pedagogikamiz uchun yangi bo‘lgan nizom va qarashlar sistemasiga asoslangan:

  • kadrning butun «hayotiy tsikli» hisobga olinishi kerak;

  • informatika yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish dunyoning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda ta`lim mazmunidagi o‘zgarishlarni aks ettirishi kerak;

Yüklə 240,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə