Ta’lim tugrisida


Turkiston o’lkasida yangi usul maktablarining paydo bo’lishi



Yüklə 250,14 Kb.
səhifə32/59
tarix06.08.2023
ölçüsü250,14 Kb.
#120383
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   59
Ta’lim tugrisida-fayllar.org

60.Turkiston o’lkasida yangi usul maktablarining paydo bo’lishi.
XIX asrning o‘rtalarida Turkistonda boshlang‘ich ma’lumot bera­digan maktablar hamda o‘rta va oliy diniy ta’lim beradigan madra­salar mavjud edi. Maktablarning aksariyati diniy ta’lim beruvchi maktablar edi. Bu maktablar arab tilida Qur’oni o‘qishni o‘rgatish va har bir musul­mon uchun zarur bo‘lgan vazifalarni o‘rgatar edi. Shahar maktablarida diniy ta’limdan tashqari umumiy ta’lim elementlari - yozish va hisoblash o‘rgatilar edi, mashhur Shoirlarning She’r va g‘azallari ham o‘qitilar edi. Bunday maktab o‘quvchilar ba­davlat oilalar farzandlari bo‘lar edi. Ular o‘qishni tamomlab sav­do-sotiq, hunarmandchilik bilan Shug‘ullanar edilar, ba’zilari qo‘Shimcha ta’lim olib xattotlik bilan Shug‘ullanar, ba’zilari madrasaga kirib o‘qishni davom ettirardilar. Oliy diniy maktab bo‘lgan madra­salarda o‘rta asrga oid diniy falsafa, musulmon huquqlari, arab tili grammatikasi va mantiq ilmlaridan dars o‘tilgan. Madrasani tomonlaganlar imomlik qilish va qozixonalarda ishlash huquqiga ega bo‘lganlar. Maktab va madrasalarda asosan o‘g‘il bolalar o‘qitilar edi. Maktab va madrasalarda dars o‘zbek, arab va fors tojik tilla­rida olib borilar edi. Markaziy Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin mak­tab va madrasalarda ba’zi o‘zgarishlar yuz berdi. Musulmon maktabla­rida bosmaxonada chop etilgan darsliklar paydo bo‘ldi. Mustamlaka ma’muriyati mashg‘ulotlar o‘rta asr tartibida olib borilaetgan musulmon maktablari ishiga aralashmas edilar. Ammo rus tilini o‘qitishni rag‘batlantirish choralarini ko‘rar edilar. XX asr boshlarida madrasalarda rus tilini o‘qitilishi joriy qilinsin, de­gan ko‘rsatma berilgan.XX asr boshlarida Turkistonda madrasalar: Buxoroda- 80, Qo‘qonda-40, Samarqandda-22, Marg‘ilonda - 28, toshkentda - 17, Xiva xonligida -130 ta mavjud bo‘lib, ularda 400 dan 500 tagacha talaba­lar tahsil olar edi.
Turkiston o‘lkasida 1905-1906 yillarda 5290 ta maktab bo‘lib ularda 70955 talaba ta’lim olgan. 1860 yilda Markaziy Osiening ko‘pgina qismi Russiya tomonidan bosib olindi. 1965 yildan toshkent Turkiston general-gubernatorligiga qarashli erlarning markazi bo‘lib qoldi.O‘rta asr musulmon maktablarining isloh qilishdan bosh tortgan chorizm, ruslar o‘rnashgan erlarda ochilgan rus maktablarini Turkis­tonda maorif sohasida o‘z siesatining quroli qilib olishga harakat qildi. (Dastlabki rus maktabi toshkentda 1866 yilda ochilgan). Rus maktabiga ruslar bilan birga o‘qish uchun mahaliy aholi bolalari ham qabul qilinar edi. O‘quvchilarning 1-4 qismini mahaliy aholi bola­lari tashkil etar edi (jami 200ta) Bularning ko‘pchiligi ozod bola­lari bo‘lib, o‘zbek va tojik bolalari nihoyatda kam edi. Rus maktab­larida boylar va oq suyaklarning bolalarigina o‘qir edi. 1884 yil­da 19 dekabrdan sinab ko‘rish uchun birinchi rus tuzem maktabi mahaliy bolalarni o‘qitish uchun ochildi. 10 yildan so‘ng butunlay maktab­lar soni 4 taga ko‘paydi. 1904 yilga kelib ularning soni 57 taga etdi. Ularni 1830 ta o‘g‘il 104 ta qiz bolalar o‘qirdilar.Iqtisodiy jihatdan rivojlangan toshkent, Qo‘qon Shaharlarda hunar-texnika bilim yurtlari ochildib yangi tipdagi bilim yurtlari paydo bo‘ldi.



        1. Yüklə 250,14 Kb.

          Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə