Ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


  Harbiy  xizmatchilarga  pensiya  tayinlash  va  toMash



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/81
tarix12.05.2022
ölçüsü5,72 Mb.
#86832
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   81
Ijtimoiy ta\'minot huquqi (Y.Tursunov)

11.5.  Harbiy  xizmatchilarga  pensiya  tayinlash  va  toMash
0 ‘zbekiston  Respublikasi  M udofaa  vazirligi,  Ichki  ishlar 
vazirligi,  Milliy  xavfsizlik  xizmati  va  boshqa  harbiy  tuzilmalaming 
harbiy  xizmatchilariga  (ofitserlar,  praporshiklar,  m ichm anlar  va 
boshqa  m uddatdan  tashqari  harbiy  xizmatdagi  harbiy  xizm at-
1 0 6
www.ziyouz.com kutubxonasi


chilar)  sobiq  Ittifoqning  bugungi  kunda  0 ‘zbekiston  Respubli- 
kasida  amalda  boMib  turgan  „Harbiy  xizmatchilarning  pensiya 
ta'm in o ti  to ‘g‘risida“gi  qonunga  muvofiq  quyidagi  pensiyalar 
tayinlanadi:
a)  uzoq  yillik  harbiy  xizmat  pensiyasi;
b)  harbiy  xizmat  nogironlik  pensiyasi;
d) 
harbiy  xizmatchi  vafot  etgan  taqdirda  uning  qaramog‘ida 
bo'lib  kelgan  mehnatga  yaroqsiz  shaxslarga  tayinlanadigan  boquv- 
chisini  yo‘qotganlik  pensiyasi.
Yuqorida  eslatib  o ‘tilgan  qonunda  ushbu  pensiyalami  olish 
huquqiga  ega  bo'lgan  shaxslar  doirasi,  pensiya  tayinlash  asoslari 
va  shartlari  ko'rsatib  qo ‘yilgan.
Harbiy  xizmatchi  va  uning  oila  a'zolarini  pensiya  bilan  ta’min- 
lash,  pensiyani  tayinlash  hamda  toMash  tegishli  harbiy  organ- 
laming  pensiya  boMimlari  tom onidan  qonun  hujjatlarida  belgilab 
qo'yilgan  tartib  hamda  muddatlarda  amalga  oshiriladi.
1.  Harbiy  xizmatchilarga  uzoq  yillik  xizmat  qilganlik  pen- 
siyasini  tayinlash:
„Harbiy  xizmatchilaming  pensiya  ta'm inoti  to ‘g ‘risida“gi  qo- 
nunning  13-moddasiga  ko‘ra  uzoq  yillik  xizmat  pensiyasini  olish 
huquqiga  quyidagilar  ega  boMadilar:
a)  ofitserlar,  praporshiklar,  m ichm anlar,  m uddatdan  tash- 
qari  xizmatni  o'tayotgan  harbiy  xizmatchilar,  Ichki  ishlar  vazir- 
ligi,  Milliy  xavfsizlik  xizmati  va  boshqa  harbiy  organlaming  bosh- 
liqlari  hamda  oddiy  xizmatchilar  tarkibidan  boMgan  shaxslari  — 
kamida  20  yil  va  undan  ko‘p  xizmat  qilgan  boMsalar;
b)  ofitserlar,  praporshiklar,  michmanlar,  o ‘rta,  katta  va  oliy 
boshliqlar  tarkibiga  kiruvchi  Ichki  ishlar  vazirligi,  Milliy  xavfsiz- 
lik  xizmati  va  boshqa  harbiy  organlaming  xodimlari  -   50  yosh  va 
undan  keyin  ushbu  harbiy  xizmatdan  yoshi  tufayli  yoki  kasal- 
ligi,  sh tatlar  soni  qisqartirilganligi  yoxud  salom atligi  ahvoli 
cheklanganligi  oqibatida  harbiy  xizmatdan  bo'shatilgan  boMsalar 
hamda  xizmatdan  bo'shatilgan  kunga  kelib  kamida  12  yil-u  6  oy 
harbiy  xizmat  muddatiga,  kamida  25  yil  umumiy  mehnat  stajiga 
ega  boMsalar.
2.  U zoq  yillik  xizm at  pensiyasining  m iqdori  quyidagicha 
boMadi:
a)  20  yillik  harbiy  xizmat  davri  uchun  pul  toMovlarining  40 
foizi,  yoshi  yoki  kasalligi  tufayli  xizmatdan  bo‘shatilgan  harbiy 
xizm atchilarga  esa  —  yillik  toMovlaming  45  foizi;  20  yildan
107
www.ziyouz.com kutubxonasi


ortiqcha  harbiy  xizm atning  har  bir  yili  uchun  tegishli  oylik 
to ‘lovining  3  foizi,  ammo  uning  75  foizidan  ortiq  bo‘lmagan 
miqdorda;
b)  kamida  12  yil-u  6  oy  xizmat  qilgan,  um umiy  m ehnat 
staji  25  yildan  kam  bo‘lmagan  50  yoshdan  oshgan  harbiy  xiz- 
m atchilar,  ichki  ishlar  organlari,  Milliy  xavfsizlik  xizmati  va 
boshqa  harbiy  organlar  xizmatchilari  uchun  um um iy  25  yillik 
ish  staji  uchun  harbiy  xizmatchi  oyligining  40  foizi  va  25  yildan 
ortiqcha  har  bir  to ‘liq  mehnat  staji  yili  uchun  1  foizdan  qo‘- 
shimcha  haq  miqdorida  pensiya  tayinlanadi;
d)  harbiy  xizmatchilaming  eng  kam  pensiyasi  miqdori  pen- 
siyalaming  rasman  belgilangan  eng  kam  miqdoridan  kam  bo‘l- 
masligi  kerak;
e)  harbiy  xizmatchilaming  pensiyalariga  ulaming  qaramog'ida 
mehnatga  yaroqsiz  oila  a'zolari  borligi,  ular  I  guruh  nogironi 
yoki  80  yoshdan  oshgan  qariya-pensionerlar  ekanligi  hisobga 
olingan  holda  ustamalar  qo‘shib  berish  nazarda  tutilgan.
3.  Harbiy  xizmatchilarga  nogironlik  pensiyasini  tayinlash  va 
pensiya  oiishga  quyidagilar  haqli  boMadilar:
a)  agar  nogironlik  harbiy  xizmat  burchini  o 'tash   paytida 
yuz  bergan  bo‘lsa;
b)  harbiy  xizmatdan  bo'shatilganlaridan  so‘ng  uch  oy  o ‘t- 
masdan  yuz  bergan  bo‘lsa;
d)  nogironlik  keyinchalik  yuz  bergan  b o ‘lsa-d a,  am m o 
uning  sabablari  harbiy  xizmatni  o ‘tash  davrida  olingan  yara- 
lanish,  kontuziya  yoki  jarohatlar  oqibatida  yuz  bergan  bo‘lsa.
Nogironlik  gumhlari,  sabablari  va  yuz  berish  vaqti  TM EK 
tom onidan  qonun  hujjatlarida  ko'rsatilgan  tartibda  belgilanadi. 
Nogironlik,  uning  sabablariga  koTa  urush  nogironi  va  harbiy 
xizmat  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan  nogironlikka  boMinadi.
4.  H arbiy  xizm atchilarga  quyidagi  m iqdorda  nogironlik 
pensiyasi  tayinlanadi:
a)  I—II  guruh  um sh  nogironlariga  ular  oylik  pul  toMov- 
larining  75  foizi;
b)  III  guruh  urush  nogironlariga  —  oylik  m aoshining  50 
foizi;
d)  boshqa  nogironlarga:  I—II  gum hlar  uchun  55  foiz,  III 
gumh  nogironlari  uchun  esa  30  foiz  oylik  maoshi  miqdorida;
108
www.ziyouz.com kutubxonasi


e) 
harbiy  xizm atchilarning  nogironlik  pensiyalariga  qonun 
hujjatlarida  belgilab  qo'yilgan  miqdorda  ustamalar  qo'shib  beriladi 
(„Harbiy  xizmatchilarning  pensiya  ta ’minoti  to ‘g‘risida“gi  qonun- 
ning  27-moddasi).
5.  Harbiy  xizmatchilaming  oila  a'zolari  boquvchisini  yo‘qot- 
ganlik  pensiyasini  olishga  quyidagi  hollarda  haqli  bo‘ladilar:
a)  agar  boquvchi  harbiy  xizmatni  o'tash  davrida  vafot  etgan 
bo‘lsa;
b)  agar  boquvchi  harbiy  xizm atdan  bo ‘shatilgach  uch  oy 
ichida  vafot  etsa;
d)  agar  boquvchi  xizmatdan  bo'shatilgach,  3  oydan  so‘ng 
vafot  etgan  bo‘lsa,  am m o  uning  oMimiga  xizmatni  o‘tash  davrida 
yuz  bergan  yaralanish,  kontuziya  va  boshqa  jaro h atlar  sabab 
boMgan  boMsa;
e)  vafot  etgan  pensioner  harbiy  xizmatchi  pensiya  olayotgan 
davrda  yoki  pensiya  toMash  to'xtatilganidan  so‘ng  5  yil  o ‘tmasdan 
vafot  etgan  boMsa;
f)  harbiy  harakatlar  davrida  bedarak  yo'qolgan  harbiy  xiz- 
m atchilarning  oila  a'zolari  vafot  etgan  harbiy  xizm atchi  oila 
a'zolariga  tenglashtiriladilar.
6.  Harbiy  xizmatchi  oila  a'zosi  sifatida  boquvchisini  yo‘qot- 
ganlik  pensiyasini  olish  huquqiga  uning  qaram o g 'id a  b o ‘lib 
kelgan,  mehnatga  yaroqsiz  quyidagi  shaxslar  haqli  sanaladilar:
a)  marhum  harbiy  xizmatchining  18  yoshga  toMmagan  bola- 
lari,  uka-singillari,  nabiralari,  18  yoshga  yetgan  boMsa-da  nogi- 
ron  farzandlari,  uka,  singillari,  nabiralari  (agar  ularning  m eh- 
natga  yaroqli  ota-onalari  boMmasa);
b)  60  yoshdan  oshgan  otasi,  55  yoshdan  oshgan  onasi  yoki 
bu  yoshga  yetmasdan  nogiron  boMsalar;
d)  marhum ning  8  yoshga  yetmagan  farzandlarning  parvari- 
shi  bilan  band  boMgan  va  ishlamayotgan  xotini  (eri),  ota-onasi, 
bobosi,  buvisi,  opa-singillari  yoshidan  qat'i  nazar;
e)  marhumning  bobosi  va  buvisi  agar  qonun  bo‘yicha  ulami 
boqishga  majbur  boMgan  boshqa  qarindoshlari  boMmasa;
f)  ota-onasidan  mahrum  boMgan  harbiy  xizmatchining  yetim 
bolalariga,  ular  toMiq  davlat  ta'm inotida  boMgan  hollarda  ham 
pensiya  100  foiz  toManadi.  Boshqa  yetim  bolalar  (harbiy  xiz- 
matchi  bolalari)  davlat  ta'm inotida  boMganlarida  esa  pensiyaning 
25  foizi  toManadi;
109
www.ziyouz.com kutubxonasi


g)  harbiy  xizmatchining  xotini  (eri)  yangi  nikohga  kirganida 
ham  boquvchisini  yo'qotganlik  pensiyasi  olish  huquqini  saqlab 
qoladi;
h)  o ‘gay  ota-o n a  vafot  etgan  harbiy  xizm atchining  o ‘gay 
farzandini  kamida  5  yil  tarbiyalagan  yoki  moddiy  ta'm inlagan 
bo ‘lsa,  boquvchisini  yo ‘qotganlik  pensiyasi  olishga  haqli  oila 
a'zolari  tarkibiga  kiradi;
i)  farzandlikka  oluvchilar  va  farzandlikka  olinuvchilar  um u- 
miy  asoslarda  boquvchisini  yo'qotganlik  pensiyasi  olishga  haqli 
bo'ladilar.

Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə