Ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/81
tarix12.05.2022
ölçüsü5,72 Mb.
#86832
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   81
Ijtimoiy ta\'minot huquqi (Y.Tursunov)

  PENSIYA  TO ‘LASHNING
 
UM UM IY   QOIDALARI
11.1.  Pensiya  toMashning  umumiy  tartibi.
Ishlayotgan  pensionerlarga  pensiya  to ‘lash.
Pensiyadan  ushlab  qolishning  cheklanishi
Tayinlangan  pensiyalami  to ‘lash  tartibi  „Fuqarolam ing  dav- 
lat  pensiya  ta'm inoti  to ‘g ‘risida“gi  qonunda,  shuningdek,  2011- 
yil  8-sentabrdagi  252-sonli  qarori  bilan  tasdiqlangan  „D avlat 
pensiyalarini  tayinlash  va  to ‘lash  tartibi  to ‘g‘risidagi  N izom “da 
belgilab  berilgan.
Ishlam aydigan  pensionerlarga  pensiyalarni  ular  istiqom at 
qilib  turgan  joydagi  ijtimoiy  ta'm inot  bo‘limlari  to ‘laydi.
Pensionerga  hisoblab  ch iq arib   q o ‘yilgan  pensiya,  uning 
tom onidan  o ‘z  vaqtida  talab  qilib  olinmagan  bo'lsa,  pul  pen- 
siyani  olish  maqsadida  murojaat  etilganidan  oldingi  uch  yildan 
oshmagan  davr  uchun  to ‘lanadi.
Pensiyani  tayinlovchi  yoki  to ‘lovchi  tashkilotning  aybi  bilan 
o ‘z  vaqtida  olinmay  qolingan  pensiya  puli  o'tgan  davr  uchun 
muddati  cheklanmagan  holda  to ‘lanadi.
Nogironlik  pensiyasini  oluvchi  shaxs  uzrsiz  sabablaiga  koTa 
belgilangan  muddatda  qayta  tibbiy  ko'rikdan  o‘tish  uchun  TMEKga 
borm agan  hollarda  unga  pensiya  to ‘lash  to 'x ta tib   q o ‘yiladi. 
Keyinchalik  uni  yana  nogiron  deb  tan  olingan  taqdirda  to ‘xtatib 
qo ‘yilgan  kundan,  lekin  k o ‘pi  bilan  o ‘tgan  bir  oy  mobaynida 
pensiya  to ‘lash  davom  ettiriladi.
Uzrli  sabablarga  koTa  qayta  tibbiy  koTikdan  o'tish  muddati 
o'tkazib  yuborilsa,  TM EK  uni  ana  shu  davr  mobaynida  nogiron 
bo‘lgan  deb  hisoblasa,  pensiya  to ‘lovi  to ‘xtatib  qo ‘yilgan  kundan 
boshlab  to  qayta  tibbiy  koTikdan  o ‘tish  kunigacha,  o'tgan  uch 
yil  uchun  davom  ettiriladi.  Bunda  nogiron  qayta  tibbiy  koTikdan 
o ‘tkazish  chog'ida  nogironlikning  boshqa  gumhiga  (yuqori  yoki 
past  gumhga)  o ‘tkazilgan  boTsa,  pensiya  ko‘rsatib  o ‘tilgan  vaqt 
uchun  awalgi  gumh  bo‘yicha  toTanadi.
Uzrsiz  sabablarga  koTa  qayta  tibbiy  koTikdan  oTishga  kel- 
magan  nogironga  pensiyani  toTash  to ‘xtatilganiga  besh  yildan 
ortiq  vaqt  oTmagan  boTsa,  ilgari  tayinlangan  pensiyani  toTash 
nogironlik  belgilangan  kundan  boshlab  davom  ettiriladi.  Agar 
besh  yildan  ortiq  vaqt  oTgan  boTsa,  pensiya  yana  um um iy 
asoslarda  tayinlanadi.
1 0 0
www.ziyouz.com kutubxonasi


C hin  yetim   (ota-o n asid an   ju d o   b o ‘lgan)  bolalarga  to ‘)iq 
davlat  ta'm inotida  turgan  davri  mobaynida  eng  kam  oylik  ish 
haqining  100  foizi  miqdorida  pensiya  to'lanadi.
O ta-onasining  biridan  ajralgan  va  to ‘liq  davlat  ta'm inotida 
bo‘lgan  bolalarga  eng  kam  oylik  ish  haqining  50  foizi  miqdorida 
pensiya  toManadi.
Shu  davrdagi  to ‘lanishi  lozim  bo'lgan  pensiya  puli  bolaning 
nomiga  jam g'arm a  bankida  ochilgan  omonatga  o'tkazib  qo‘yiladi.
Pensioner  vafoti  munosabati  bilan  olinmay  qolingan  pensiya 
puli  meros  tarkibiga  kiritilm asdan,  boquvchisini  yo‘qotganlik 
pensiyasi  bilan  ta'm inlanadigan  shaxslar  doirasiga  kiruvchi  oila 
a'zolariga  to'lanadi.  Pensioner  bilan  u  vafot  etgan  kunigacha 
birgalikda  yashagan  oila  a ’zolari,  ular  boquvchisini  yo‘qotganlik 
pensiyasi  bilan  ta 'm in la n a d ig a n la r  doirasiga  kirm aganliklari 
taqdirida  ham  bu  pulni  olish  huquqiga  ega  bo‘ladilar.
Pensioner  vafot  etgan  oy  uchun  olinmay  qolingan  pensiya 
puli  oila  a’zolariga  o ‘sha  oy  uchun  va  u  vafot  etgunga  qadar 
o‘tgan  kunlari  uchun  to‘lanadi.
Oilaning  bir  necha  a ’zoslari  murojaat  etgan  taqdirida  pen- 
siyaning  ularga  tegishli  summasi  o ‘zaro  teng  taqsimlanadi.
Pensioner  vafot  etgan  taqdirda  uning  oilasiga  yoki  pensioner- 
ning  dafn  marosimini  o ‘tkazgan  shaxsga  ikki  oylik  pensiya  miq- 
dorida,  eng  kam  oylik  ish  haqining  ikki  hissasidan  oz  boMmagan 
miqdorda  dafn  etish  nafaqasi  toManadi.
Nafaqa  pullari  pensioner  vafot  etganidan  keyin  6  oy  ichida 
murojaat  etgan  oila  a’zolariga  toManadi.
Qariyalar  va  nogironlar  uylarida  (pansionatlarida)  yashovchi 
yolg‘iz  pensionerlarga  pensiya  ularning  ta'm in o ti,  sarf-xarajati 
uchun  olingan  holda  tayinlangan  pensiyaning  kamida  10  foizi, 
urush  nogironlariga  esa  kam ida  20  foizi  toManadi.  In tern at 
uylarida  yashovchi  pensionerlar,  ruhiy  bemorlarga  pensiya  toMan- 
maydi.
Yoshga  doir  pensiya  —  pensiya  olish  huquqi  paydo  boMgan 
va  murojaat  etilgan  kundan  nogironlarga  nogironlik  belgilangan 
kundan  boshlab  murojaat  qilingan  boMsa,  boquvchisini  yo‘qot- 
ganlik  pensiyasi  esa  marhum  vafot  etgan  (pensiya  olish  huquqi 
paydo  boMgan)  kundan  boshlab  olti  oy  ichida,  boshqa  hollarda  — 
ariza  berilgan  kundan  boshlab  tayinlanadi  hamda  ishlamaydigan 
pensionerlarga  ular  doimiy  istiqomat  qilib  turgan  joydagi  ijtimoiy 
ta ’minot  boMimlari  tom onidan  toManadi.
101
www.ziyouz.com kutubxonasi


Pensiya  va  nafaqa  faqat  pensioneming  yoki  nafaqa  oluvchining 
yashash  joyida  (ro'yxatdan  o'tgan  manzilda)  to ‘lanadi.  Shu  sababli 
topshiriqnoma  va  ro‘yxat  pensiya  yoki  nafaqa  oluvchining  yashash 
joyidagi  aloqa  bog‘lamasi  (pochtamt)  uchun  haqiqiy  hisoblanadi.
Pensiya  va  nafaqalami  to'lash  to ‘lov  hujjatlarida  ko'rsatilgan 
qat’iy  belgilangan  m uddatlarda  amalga  oshiriladi.  Oylik  to ‘lash 
muddati  pensioneiga  birinchi  to ‘lash  paytida  m a'lum   qilinadi.
Pensiya  va  nafaqalami  to ‘lash  muddati  dam  olish  kuniga  yoki 
bayram  kuniga  to ‘g‘ri  kelganda  respublika  banki  bilan  kelishib, 
joriy  oy  davomida  belgilangan  to ‘lash  muddatidan  uch  kun  oldin 
amalga  oshiriladi.
Pensiya  birinchi  marta  to ‘langanda  pensiya  oluvchi  tom onidan 
topshiriqnoma  pasporti  asosida  toMdiriladi,  pensiya  puli  miqdorini, 
pensiya  olingan  kunni  ko'rsatib,  imzo  qo'yadi,  pasport  ma’lu- 
motlari  pochta  xodimi  tomonidan  tekshirib  ko‘riladi.
Agar  pensiya  yoki  nafaqa  pulini  oluvchi  imzo  qo‘ya  olmasa 
(savodsiz,  salomatlik  holati  b o ‘yicha),  u  boshqa  kishini  yoki 
qarindoshini  chaqirishi  kerak  (ijtimoiy  ta'm inot  va  aloqa  bog‘la- 
masi  xodimlaridan  tashqari).  U  pul  olishga  qo‘l  qo‘yadi  va  o ‘z 
pasportining  raqami,  seriyasi,  kim  tom onidan  va  qachon  beril- 
ganligini  k o ‘rsatadi.  Pochtachi  bu  m a'lum otlarni  ko'rsatilgan 
hujjat  bilan  solishtirib  tekshiradi.
Pensioner,  nafaqa  oluvchi  pensiya,  nafaqa  olish  vakolatini 
Doshqa  kishiga  ishonch  qog'ozi  orqali  berishi  mumkin,  bunda 
shonchnoma  notarial  tartibda  yoki  oluvchi  yashaydigan  joydagi 
m ahalla,  qishloq  (posyolka),  ovul  fuqarolari  yig‘inida  yoki 
ish o n ch n o m an i  bergan  p e n sio n e r  dav o lan ay o tg an   davolash 
muassasalari  tomonidan  tasdiqlanishi  kerak.
Pensiya  va  nafaqani  ijtim oiy  ta 'm in o t  va  pochta  aloqasi 
xodimlariga  ishonchnoma  bo‘yicha  to'lash  qat’iyan  taqiqlanadi.
Chet  elga  doimiy  yashash  uchun  chiqib  ketishdan  oldinroq 
tayinlangan  pensiyalar  tum an  (shahar)  ijtimoiy  ta'm inot  bo‘li- 
miga  chiqib  ketish  to ‘g‘risida  ariza  berilgan  kundagi  holatga  ko‘ra 
pensiya  miqdori  hisobidan  chet  elga  chiqib  ketish  oldidan  6  oyligi 
oldindan  to'lanadi.
Bu  fuqarolaming  chet  elda  bo‘lgan  vaqtida,  agar  davlatlararo 
bitimlarda  (shartnom alarda)  o ‘zga  qoidalar  nazarda  tutilm agan 
b o ‘lsa,  m eh n atd a  m ayiblanish  yoki  kasb  kasalligi  oqibatida 
tayinlangan  pensiyalargina  toManadi.
1 0 2
www.ziyouz.com kutubxonasi


0 ‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  M ahkamasining  1994-yil 
23-iyundagi  qarori  bilan  „M ehnatda  mayiblanish  va  kasb  kasalligi 
tufayli  tayinlangan  pensiyalami  boshqa  mamlakatlarga  o ‘tkazish 
tartibi  to ‘g‘risida  N izom “  tasdiqlangan.
Pensiyalar  to ‘lash  sohasida  Mustaqil  davlatlar  ham do‘stligi 
a'zosi  bo‘lgan  davlatlar  o ‘rtasida  1992-yil  13-martda  o‘zaro  bitim 
tuzilgan  b o ‘lib,  bitim   asosida  bu  sohadagi  o ‘zaro  ham korlik 
tartibga  solinadi.
Pensiyalar  va  ular  qo'shib  beriladigan  ustama  haqlardan  soliq 
olinmasligi  belgilangan.

Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə