Ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


  Davlat  ijtimoiy  sug‘urtasi  bo‘yicha  nafaqalar



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/81
tarix12.05.2022
ölçüsü5,72 Mb.
#86832
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   81
Ijtimoiy ta\'minot huquqi (Y.Tursunov)

12.2.  Davlat  ijtimoiy  sug‘urtasi  bo‘yicha  nafaqalar
 
tayinlash  va  to ‘lash
Davlat  ijtimoiy  sug'urtasi  bo‘yicha  tayinlanadigan  va  to ‘la- 
nadigan  n afaq alar  fuqarolarni  n afaq alar  bilan  ta 'm in la sh d a  
yetakchi  o ‘rin  tutadi.
Ijtimoiy  ta'm inotning  ushbu  shakli  fuqarolarga  0 ‘zbekiston 
Respublikasi  Konstitutsiyasida  nazarda  tutilgan  muhim  huquq- 
larning  amalga  oshirilishini  kafolatlaydi  (Konstitutsiyaning  39- 
moddasi).
Davlat  ijtimoiy  sug'urtasi  bo'yicha  nafaqalar  tayinlash  va 
t o ‘lashning  huquqiy  asosi  b o ‘lib,  0 ‘zbekiston  R espublikasi 
M ehnat  kodeksi  (XVI  bob,  282—294-m oddalar)1;  0 ‘zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  M ahkam asining  2000-yil  15-noyabrdagi 
,,0 ‘zbekiston  Respublikasida  Pensiya  ta'm inoti  tizimlarini  yanada 
takomillashtirish  chora-tadbirlari  to ‘g‘risida“gi  qarori;  2001-yil 
16-martda  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligida  ro‘yxatga 
olingan  „Majburiy  badallar  va  davlat  ijtimoiy  sug'urtasi  bo'yicha 
ajratmalami  Budjetdan  tashqari  Pensiya  jam g‘armasiga  hisoblab 
chiqarish  va  to ‘lash  tartiblari  to ‘g‘risida“gi  yo'riqnom a2;  0 ‘zbe- 
kiston  Respublikasi  Vazirlar  M ahkam asining  2001-yil  24-av- 
gustdagi  qarori  bilan  tasdiqlangan  „Yuridik  shaxs  boMmasdan 
tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug‘ullanuvchi  jismoniy  shaxslaming 
m ehnat  stajini  hisobga  olish  va  B udjetdan  tashqari  Pensiya 
jamg'armasiga  badallar  toMash  tartibi“  hamda  „D ehqon  xo‘jaligi 
a'zolari  ijtimoiy  sug‘urtasi  va  ijtimoiy  ta'm in o ti  to ‘g‘risida“gi 
N iz o m 3,  0 ‘zb ek isto n   R espublikasi  V azirlar  M ah k am asin in g  
2002-yil  25-yanvardagi  32-sonli  „Ayollar  va  o ‘sib  kelayotgan 
avlod  sogMigMni  m ustahkam lashga  d o ir  q o 'sh im c h a   c h o ra - 
ta d b irla r  to ‘g ‘risid a “gi  Q a ro ri4,  2007-yil  8-m aydagi  95-sonli 
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  „Aholi  bandligini  oshi- 
rish  hamda  m ehnat  va  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish  organlari
1  Q a r a n g :   0 ‘zbekiston  Respubiikasining  Mehnat  kodeksi,  T ,   „Ado- 
lat“ ,  2010-yii.
2  Q a r a n g :   O'zbekiston  Respublikasi  vazirliklari,  Davlat  qo'mitalari  va 
idoralarining  normativ  hujjatlari  Axborotnomasi  2001-yil,  6-son.
3  Q a r a n g :   0 ‘zbekiston  Respublikasining  qonun  hujjatlari  to ‘plami, 
2001-yil,  16-son,  109-modda.
*
  O'zbekiston  Respublikasi  Hukumatining  qarorlari  lo'plami.  2002-yil,  1- 
son,  5-modda.
1 1 4
www.ziyouz.com kutubxonasi


faoliyatini  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to ‘g‘risida“  2007-yil 
6-apreldagi  PQ-616-sonli  Qarorini  amalga  oshirish  chora-tadbir- 
lari  haqida“gi  Q aro ri',  2011-yil  7-apreldagi  107-sonli  „Fuqarolar- 
ning  davlat  pensiya  ta'm inoti  to ‘g‘risida“gi  0 ‘zbekiston  Respub- 
likasi  qonuniga  ham da  0 ‘zbekiston  Respublikasining  M ehnat 
kodeksiga  o ‘zgartish  va  qo‘shimchalar  kiritish  haqida“gi  ,,0 ‘zbe- 
kiston  Respublikasi  qonunini  amalga  oshirish  uchun  zarur  bo ‘l- 
gan  norm ativ-huquqiy  hujjatlarni  tasdiqlash  haqida“gi  Q arori1
 2 
va  boshqalar  muhim  o ‘rin  tutadi.
Davlat  ijtimoiy  sug‘urta  nafaqalari  tayinlanishi  va  to ‘lanishida, 
shuningdek,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  tomonidan 
2002-yil  14-mayda  ro‘yxatga  olingan  „Davlat  ijtimoiy  sug‘urtasi 
bo‘yicha  nafaqalar  tayinlash  va  to'lash  tartibi  to ‘g‘risida“gi  Nizom 
b ila n 3  va  boshqa  b ir  q ato r  m e'y o riy   hujjatlar  bilan  tartibga 
solinadi.
Davlat  ijtimoiy  s u g ‘urta$i  b o ‘yicha  nafaqalar
  tayinlanishi 
nafaqa  olishga  talabgor  fuqaroning  (yoki  uning  oila  a'zosini) 
m ehnat  faoliyati  bilan,  unga  ish  beruvchilar  tom onidan  yoki 
bevosita  o ‘zi  tom onidan  Budjetdan  tashqari  Pensiya  jam g‘armasiga 
ijtim oiy  sug‘urta  badallari  o ‘z  vaqtida,  to ‘liq  va  m untazam  
ravishda  to ‘lab  berilganligi  bilan  bogMiq.  Y a'ni,  ijtimoiy  sug‘urta 
badallari  toManmaydigan  ish  faoliyati  bilan  shug‘ullanish  yoki 
sug‘urta  badallarining  muntazam  toManmaganligi  oqibatida  ijtimoiy 
sug‘u rta  b o ‘yicha  n afaq alar  olish  huquqiga  ega  boMmaydi. 
„Sug‘urta  badallari  toManmagan  boMsa  nafaqa  ham  tayinlanmaydi“ 
degan  tamoyilga  amal  qilinadi.  Ammo,  0 ‘zbekiston  Respublikasi 
M ehnat  kodeksining  284-moddasi  ikkinchi  qismiga  ko‘ra:  „Ish 
b eru v ch in in g   davlat  ijtim oiy  sug‘urtasi  u ch u n   badal  toMa- 
maganligi  sug‘u rta  qilingan  xodim ni  davlat  ijtimoiy  sug‘urtasi 
mablagMari  hisobidan  ta ’m inlanish  huquqidan  m ahrum   qil- 
m a y d i“ .  K orx o n alar  ixtiyoriy  toM amagan  yoki  kechiktirgan 
sug‘urta  badallari  keyinchalik  majburiy  tarzda  undirib  olinadi.
Davlat  ijtimoiy  sug‘urtasi  bo ‘yicha  nafaqalar  ijtimoiy  sug‘urta 
qilingan  xodim larga,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  qonunchiligida
1  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Hukumatining  qarorlari  to‘plami.  2007-yil,  5- 
son,  25-modda.
2  O‘zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlari  to‘plami,  2011-yil,  14-son,
142-modda.
3 Q a r a n g :  
0 ‘z b e k i s t o n   R e s p u b l i k a s i   v a z i r l i k l a r i ,   d a v l a t   q o 'm i t a l a r i ,
id o r a la r i  m e 'y o r iy   h u jja tla r i  A x b o r o tn o m a s i.  2 0 0 2 -y il,  9 - s o n .
1 1 5
www.ziyouz.com kutubxonasi


k o ‘zda  tutilgan  h o llard a,  boshqa  fuqarolarga  ham  beriladi. 
Umumiy  qoidaga  ko'ra  xodim  ish  beruvchi  bilan  m ehnat  m uno- 
sabatlarida  (sinov  davrida  ham)  bo‘lgan  davrda  unda  nafaqa  olish 
huquqi  paydo  bo‘lsa,  beriladi.  Ayrim  hollarda  ishdan  bo‘shagan 
xodimlarga  ham  tayinlanishi  mumkin.
„Davlat  ijtimoiy  sug'urtasi  bo'yicha  nafaqalar  tayinlash  va 
to'lash  tartibi  to ‘g‘risida“gi  Nizomning  (keyingi  o ‘rinlarda  Nizom 
deb  yuritiladi)  1-bandiga  ko‘ra  Budjetdan  tashqari  Pensiya  jam - 
g‘armasi  mablag'lari  hisobidan  ijtimoiy  sug‘urta  bo‘yicha  quyidagi 
nafaqalar  beriladi:
—  homiladorlik  va  tug‘ish  davri  uchun;
—  bola  tug‘ilganligi  (suyunchi  puli)  uchun;
—  qo ‘shimcha  dam  olish 

Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə