Ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/81
tarix12.05.2022
ölçüsü5,72 Mb.
#86832
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   81
Ijtimoiy ta\'minot huquqi (Y.Tursunov)

Homiladorlik  va  tug'ish  bo'yicha  nafaqa.
  Ishlayotgan 
ayollarga  70  kalendar  kunidan  iborat  homiladorlik  ta'tili  va  bola 
tug‘ilgach  56  kalendar  kuni  (egizak  bola  tug‘ilsa  yoki  tug'ish 
og‘ir  kechgan  hollarda  70  kalendar  kuni)  m iqdorida  hom ila- 
dorlik  va  tug‘ish  ta'tili  beriladi.  Ushbu  ta'til  davrida  ayoJning  ish 
joyi  (lavozim i)  saqlanib  qolinadi  ham da  ularga  ushbu  davr 
uchun  davlat  ijtimoiy  sug‘urtasi  mablag‘lari  hisobidan  nafaqa 
beriladi.
1 2 4
www.ziyouz.com kutubxonasi


„D avlat  ijtimoiy  sug‘urta  bo'yicha  nafaqalar  tayinlash  va 
toMash  tartibi  to ‘g‘risidagi  N izom “ga  muvofiq  homiladorlik  va 
tug‘ish  bo ‘yicha  nafaqani  tayinlash  va  to ‘lash  uchun  belgilangan 
tartibda  berilgan  mehnatga  layoqatsizlik  varaqasi  asos  bo‘ladi.
H om iladorlikning  30  haftasigacha  ro‘y  bergan  tug'uruqlar 
chog‘ida  homiladorlik  va  tug'ish  bo'yicha  mehnatga  layoqatsizlik 
varaqasi  D PM   tom o n id an   tirik  bola  tug'ilgan hollarda  126
kalendar  kuniga  beriladi,  bolaning  o ‘lik  tug'ilishi yoki  bolaning
tu g 'u ru q   sodir  boMgandan  keyin  dastlabki  168  soat  (7  kun)
davomida  vafot  etishi  hollarida  esa  mehnatga  layoqatsizlik  varaqasi 
70  kalendar  kuniga  beriladi.
Onaning  tug‘uruq  chog‘ida  yoki  tug‘uruqdan  keyingi  davrda 
vafot  etishi  hollarida  qolgan  kunlarga  bo‘lgan  mehnatga  layoqat- 
sizlik  varaqasi  yangi  tug‘ilgan  bolani  parvarish  qilishni  amalga 
oshirayotgan  shaxsga  beriladi.
Bevosita  tug‘uruqxonadan  yangi  tug‘ilgan  chaqaloqlami  far- 
zandlikka  olgan  yoki  ularga  vasiylik  qilishni  zimmasiga  olgan 
shaxslaiga  mehnatga  layoqatsizlik  varaqasi  bola  farzandlikka  olingan 
(vasiylik  tayinlangan)  kundan  boshlab  ellik  olti kun 
o ‘tgunga
qadar  beriladi.  Ikki  yoki  undan  ortiq  yangi  tug‘ilgan 
chaqa- 
loqlarni  farzandlikka  olish  (vasiylikning  tayinlanishi)  hollarida 
mehnatga  layoqatsizlik  varaqasi  yoki  maMumotnoma  bola  tug‘ilgan 
kunidan  boshlab  70  kalendar  kuniga  beriladi.
Homilador  ayol  homiladorlik  va  tug‘ish  ta'tilini  rasmiylash- 
tirish  uchun  o‘z  vaqtida  murojaat  qilmagan  hollarda  mehnatga 
layoqatsizlik  varaqasi,  agar  m urojaat  qilish  tu g ‘uruq  kunidan 
boshlab  6  oydan  kechiktirmay  amalga  oshirilgan  bo‘lsa,  murojaat 
qilish  kunidan  e'tiboran  beriladi.
Homiladorlik  va  tug‘ish  bo‘yicha  berilgan  vaqtincha  mehnatga 
layoqatsizlik  varaqasi  yo'qolgan  hollarda  nafaqa  uning  o ‘rniga 
takroriy  berilgan  vaq tin ch a  m ehnatga  layoqatsizlik  varaqasi 
(dublikat)  asosida  beriladi.
Homiladorlik  va  tug‘ish  bo'yicha  nafaqa  (shu  jumladan,  ho- 
mila  tushgan  hollarda)  vaqtincha  mehnatga  layoqatsizlik  varaqasida 
ko‘rsatilgan  barcha  davr  uchun  toManadi.
Ishni  vaqtinchalik  to ‘xtatish  yoki  ishlab  chiqarishdan  ajral- 
magan  holda  o ‘quv  yurtlarida  tahsil  olish  m unosabati  bilan 
berilgan  qo‘shimcha  ta'til  davrida,  homiladorlik  va  tug'ish  bo'yicha 
ta'til  berilgan  holda,  nafaqa  ko‘rsatilgan  davr  tugagandan  keyin 
ayol  ta'tilga  chiqishi  lozim  boMgan  kundan  boshlab  beriladi.
1 2 5
www.ziyouz.com kutubxonasi


Xodim  yillik  (asosiy  va  qo'shim cha)  ta'tilda  va  bolani  parva- 
rishlash  uchun  ta'tilda  bo ‘lgan  vaqtda  homiladorlik  va  tug‘ish 
bo'yicha  ta'til  berilganda,  nafaqa  homiladorlik  va  tug'ish  bo'yicha 
ta'tilning  vaqtincha  mehnatga  layoqatsizlik  varaqasida  ko‘rsatilgan 
barcha  kunlari  uchun  beriladi.  Bolani  parvarishlash  bo'yicha  ta'til 
davri  uchun  nafaqa  tarif  stavkasidan  (lavozim  m aoshidan)  va 
ta'til  boshlanishidan  oldingi  12  oy  mobaynida  olingan  mukofot- 
laming  o'rtacha  oylik  summasidan  hisoblab  chiqariladi  Bunda 
vaqtincha  mehnatga  layoqatsizlik  varaqasi  ochilgan  kuniga  bo‘lgan 
tarif  stavkasi  joylarda  belgilangan  tum an  koeffitsiyenti  va  usta- 
malami  hisobga  olgan  holda  olinadi.
Ish  haqi  toMash  to'xtatilib,  ishdan  (lavozimdan)  chetlash- 
tirish  oqibatida  ayol  ishlamagan  davrida  homiladorlik  va  tug‘ish 
bo‘yicha  ta ’til  uchun  m ehnatga  layoqatsizlik  varaqasi  berilgan 
holda  nafaqa  to ‘lanmaydi.  Agar  homiladorlik  va  tug‘ish  bo'yicha 
ta'til  ishga  qo'yilgandan  keyin  ham  davom  etadigan  bo‘lsa,  nafaqa 
u  ishga  chiqishi  lozim  b o ig an   kundan  boshlab  beriladi.
Homiladorlik  va  tu g ish   bo‘yicha  nafaqa  ish  haqining  100 
foizi  miqdorida  beriladi.
3. 

Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə