Ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


  Pensiyani  qayta  hisoblash



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/81
tarix12.05.2022
ölçüsü5,72 Mb.
#86832
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   81
Ijtimoiy ta\'minot huquqi (Y.Tursunov)

10.4.  Pensiyani  qayta  hisoblash
Pensioner 
pensiya  miqdorini  qayta  hisoblab  chiqish  uchun 
asos  paydo  bo'lgan  taqdirda  pensiyaning  tayinlangan  turi  miqdo- 
rini  qayta  hisoblab  chiqish  to ‘g‘risidagi  ariza  bilan 
yashaydigan 
joy  bo‘yicha  Pensiya  jamg‘armasiga  istalgan  vaqtda  murojaat  qilishi 
mumkin  va  Pensiya  jamg  armasi  bo‘limi  tom onidan  besh  kun 
muddatda  ko'rib  chiqiladi.
1  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Axborotnomasi.  2007-yil,  12- 
son,  639-modda.
96
www.ziyouz.com kutubxonasi


Pensiya  miqdorini  qayta  hisoblash  rad  etilgan  taqdirda  Pensiya 
jam g‘armasi  b o ‘limi  tegishli  qaror  chiqarilgandan  keyin  besh 
kundan  kechikmay  rad  etish  sabablarini,  qabul  qilingan  qaror 
yuzasidan  shikoyat  qilish  tartibini  ko'rsatgan  holda  pensionerga 
rad  etish  to ‘g‘risidagi  bildirishnom ani  berishi  yoki  yuborishi 
hamda  ayni  bir  vaqtda  taqdim  etilgan  hujjatlarni  hujjatlar  olin- 
ganligi  to ‘g‘risidagi  tilxat  bilan  pensionerning  qo'liga  qaytarishi 
shart.
Quyidagi  holatlar  tayinlangan  pensiya  miqdorini  qayta  hisob- 
lab  chiqish  uchun  asos  bo‘lib  xizmat  qiladi:
a)  pensioner  tomonidan  pensiya  hujjatlar  yig'majildida  mav- 
jud  bo‘1magan  va  pensiya  miqdoriga  ta'sir  ko‘rsatadigan  qo‘shim- 
cha  hujjatlar  taqdim  etilishi;
b)  nogironlik  guruhining  o‘zgarishi;
d)  boquvchisini  yo'qotganlik  pensiyasini  oluvchi  oila  a'zolari 
sonining  o'zgarishi;
e)  ustama  haq  olish  huquqining  paydo  bo‘lishi;
0   eng  kam  oylik  ish  haqi  miqdorining  o‘zgarishi;
g)  daromadlarning  indeksatsiya  qilinishi.
Oilaning  voyaga  yetmagan  a'zosi  (boquvchisini  yo‘qotganlik 
pensiyasi)  yoki  belgilangan  tartib d a  huquqiy  layoqatsiz  deb 
e'tiro f  etilgan  shaxsning  nomidan  pensiya  miqdorini  qayta  hisob- 
lash  to ‘g ‘risidagi  ariza  uning  ota-o n asi  yoki  qonuniy  vakili 
yashaydigan  joy  bo‘yicha  Pensiya  jam g‘armasi  bo'limiga  berilishi 
mumkin.
Pensiya  jamg'arm asi  bo‘limi  pensiya  miqdorini  qayta  hisob- 
lash  to ‘g‘risidagi  masalani  shaxs  tegishli  ariza  bilan  murojaat 
qilganda  ko'rib  chiqadi.
Pensiya  jam g‘armasi  bo‘limi  tom onidan  barcha  zarur  hujjat- 
lar  bilan  birga  pensiya  miqdorini  qayta  hisoblash  to‘g‘risidagi  ariza 
qabul  qilingan  sana  pensiya  m iqdorini  qayta  hisoblash  uchun 
murojaat  qilingan  kun  hisoblanadi.
Quyidagi  hollarda  pensiya  miqdorini  qayta  hisoblash  to ‘g‘risida 
ariza  berish  talab  qilinmaydi:
—  qonun  hujjatlariga  muvofiq  eng  kam  oylik  ish  haqining 
miqdori  o ‘zgarganda;
—  tayinlangan  pensiya  m iqdori  kam ayishiga  olib  kelgan 
holatlar  yuz  berganda;
7 —  Ijtimoiy  ta'm inot  huquqi
97
www.ziyouz.com kutubxonasi


—  oilaning  16  yoshdan  18  yoshgacha  bo'lgan  a'zolaridan  biri 
ta ’lim  muassasasidan  berilgan  uning  o‘quvchi  ekanligi  haqidagi 
m a'lum otnom ani  taqdim  etgan  taqdirda,  boquvchisini  yo'qotgan- 
lik  pensiyasini  oluvchi  oila  a'zolari  soni  o'zgai^anda;
—  nogironlik  guruhi  o ‘zgarganda.
Pensiya  m iqdorini  qayta  hisoblash  to ‘g‘risida  kom issiya 
tom onidan  qaror  qabul  qilingandan  so ‘ng  pensiya  m iqdorini 
qayta  hisoblash,  pensioner,  barcha  zarur  hujjatlar  bilan  birga, 
tegishli  ariza  bilan  m urojaat  qilinsa  kelgusi  oyning  birinchi 
kunidan  boshfab  amalga  oshiriladi.  Ish  haqining  eng  kam  miqdori 
o ‘zgargan  taqdirda  pensiya  miqdorini  qayta  hisoblash  ish  haqining 
m iq d o ri  o 'z g a rish i  u c h u n   asos  b o ‘lgan  n o rm a tiv -h u q u q iy  
hujjatda  ko'rsatilgan  sanadan  boshlab  amalga  oshiriladi.
Pensiya  m iqdori  kam ayishiga  olib  kelgan  h o la tla r  yuz 
berganda  (boquvchisini  yo ‘qotganlik  pensiyasini  oluvchi  oila 
a'zolari  soni  o ‘zgarishi,  nogironlik  guruhining  o ‘zgarishi),  qayta 
hisoblash  ushbu  h o latlar  boshlangan  oydan  keyingi  oyning 
birinchi  kunidan  boshlab  amalga  oshiriladi.
Pensiya  tayinlangandan  keyin  ega  bo‘lingan  mehnat  staji  va 
ish  haqi  hisobga  olingan  holda  pensiya  miqdorini  qayta  hisoblash 
amalga  oshirilmaydi.
Pensiya  miqdorini  qayta  hisoblash 
0 ‘zbekiston  Respublikasi 
V azirlar  M ahkam asi  to m o n id a n   belgilanadigan  ta rtib d a   ish 
haqining  yakka  tartibdagi  koeflitsiyenti  qo ‘llangan  holda  amalga 
oshiriladi.
KALIT  S O ‘ZLAR.
 
Pensiyalarni  hisoblash  qoidalari.  Pensiyani  hisob- 
lash  uchun  o'rtacha  ish  haqini  aniqlash.  O'rtacha  ish  haqini  aniqlashda 
hisobga  olinadigan  va  hisobga  olinmaydigan  daromadlar.  Ish  haqi  haqidagi 
hujjatlar.  Ish  haqining  yakka  tartibdagi  koeffitsiyentlari.  5  yildan  kam 
ishlagan  fuqarolar  o‘rtacha  ish  haqini  hisoblash.  Ish  haqining  bazaviy 
miqdori  va  uni  aniqlash.  Ish  staji  uchun  qo'shimcha.  Pensiyaga  ustamalar.

Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə